Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2024 31.12.2020 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2649-4
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2024
Hujjat 22.02.2024 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish va ularga malaka toifalari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 31-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2649-4]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2024-yil 5-fevraldagi 5-sonli ““Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish va ularga malaka toifalari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2649-9, 22.02.2024-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-iyuldagi PF-6035-son “Koronavirus pandemiyasini yumshatish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va salomatligini saqlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni va 2020-yil 7-apreldagi PQ-4666-son “Tibbiy-sanitariya sohasida kadrlarni tayyorlash va uzluksiz kasbiy rivojlantirishning mutlaqo yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2014-yil 18-dekabrdagi 21-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2649, 2015-yil 19-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 3-son, 32-modda) bilan tasdiqlangan Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish va ularga malaka toifalari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq 2021-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazir A. XADJIBAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 23-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
140-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelishildi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N. XUSANOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 23-noyabr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi raisi R. IZAMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 11-dekabr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vaziri T. IShMETOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 23-dekabr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi K. RAFIKOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 14-dekabr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2020-yil 23-dekabrdagi 140-son buyrugʻiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish va ularga malaka toifalari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida”gi, “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-maydagi PQ-4310-son “Tibbiyot va farmatsevtika taʼlimi va ilm-fani tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi, 2020-yil 7-apreldagi PQ-4666-son “Tibbiy-sanitariya sohasida kadrlarni tayyorlash va uzluksiz kasbiy rivojlantirishning mutlaqo yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 276-son “Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi, 2009-yil 18-dekabrdagi 319-son “Tibbiyot xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish va ularga malaka toifalarini berish tartibini belgilaydi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 2-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Malaka toifasini olish “Oliy hamshiralik ishi” mutaxassisligiga ega boʻlgan hamshiralar, oʻrta tibbiyot yoki farmatsevtika xodimlari uchun ixtiyoriy boʻlib, ularning murojaatiga koʻra amalga oshiriladi. Shifokorlar har 5 yilda malaka toifasini olish boʻyicha majburiy attestatsiyadan oʻtkaziladi. Shifokorlarga qulaylik yaratish va attestatsiyani shaffof oʻtkazilishini taʼminlash uchun attestatsiya jarayoni audio va videoyozuvlarda qayd etib boriladi, shuningdek onlayn tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining rasmiy veb-saytida translatsiya qilinadi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“8. Malaka toifasi “Oliy hamshiralik ishi” mutaxassisligiga ega boʻlgan hamshiralar, oʻrta tibbiyot yoki farmatsevtika xodimining murojaatiga koʻra asosiy va oʻrindosh ish joyidagi mutaxassisliklardan bittasi boʻyicha yoki ularning har biri boʻyicha alohida berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shifokorlarga malaka toifasini olish boʻyicha attestatsiya majburiy boʻlib, asosiy va oʻrindosh ish joyidagi mutaxassisliklarning har biri boʻyicha malaka toifasini olishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda tibbiyot yoki farmatsevtika xodimi tegishli mutaxassislik boʻyicha mazkur Nizomda belgilangan talablarga javob berishi kerak.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 10-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Attestatsiya “Oliy hamshiralik ishi” mutaxassisligiga ega boʻlgan hamshiralar, oʻrta tibbiyot yoki farmatsevtika xodimi uchun ixtiyoriylik, shifokorlar uchun majburiylik, davriylik, xolislik va oshkoralik prinsiplari asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, viloyatlar sogʻliqni saqlash boshqarmalari va Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi (bundan buyon matnda attestatsiyadan oʻtkazuvchi organlar deb yuritiladi) huzurida tashkil etiladigan ixtisoslashtirilgan attestatsiya komissiyalari (bundan buyon matnda attestatsiya komissiyalari deb yuritiladi) tomonidan oʻtkaziladi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. 13-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“13. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzurida tashkil etiladigan attestatsiya komissiyalari tarkibiga Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi, oliy tibbiyot taʼlim muassasalari, ixtisoslashtirilgan ilmiy hamda ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari, ilmiy-tadqiqot institutlari, davolash-profilaktika muassasalari, tarmoq kasaba uyushmasi respublika kengashi vakillari kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududiy sogʻliqni saqlashni boshqarish organlari huzurida tashkil etiladigan attestatsiya komissiyalari tarkibiga hududiy sogʻliqni saqlashni boshqarish organi, Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining hududiy boshqarmalari, oliy tibbiyot taʼlim muassasalari, ixtisoslashtirilgan ilmiy hamda ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari filiallari, ilmiy-tadqiqot institutlari, davolash-profilaktika muassasalari, hududiy kasaba uyushma birlashmalari kengashlari vakillari kiritilishi mumkin.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi xatboshidagi “2019-yil 6-maydagi PQ-4310-son “Tibbiyot va farmatsevtika taʼlimi va ilm-fani tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining 6-ilovasida belgilangan” degan soʻzlar “2020-yil 7-apreldagi PQ-4666-son “Tibbiy-sanitariya sohasida kadrlarni tayyorlash va uzluksiz kasbiy rivojlantirishning mutlaqo yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining 4-ilovasida belgilangan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“tibbiy yoki farmatsevtik maʼlumoti (oliy, oʻrta maxsus, internatura, klinik ordinatura, magistratura, ilmiy daraja, qayta tayyorlash) toʻgʻrisidagi diplom (hujjat) nusxasi;”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻn birinchi xatboshi “tavsifnoma” degan soʻzdan keyin “(1 varaqdan oshmasligi lozim)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻn ikkinchi xatboshi “hisobot bilan birga” degan soʻzlardan keyin “(6 varaqdan oshmasligi lozim)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. 23 va 24-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“23. Ariza va unga ilova qilinadigan hujjatlar attestatsiyadan oʻtkazuvchi organning elektron pochta manzili orqali ham taqdim etilishi mumkin. Bunda talabgor attestatsiyaga ishtirok etish uchun kelganida elektron pochta orqali joʻnatilgan hujjatlarining qogʻoz nusxalarini taqdim etishi talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron shaklda taqdim etilgan ariza va unga ilova qilinayotgan har bir hujjat alohida fayl koʻrinishida boʻlishi hamda har bir fayl oʻlchami 10 mbdan oshmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatlar “PDF” formatida skaner qilingan holda yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Attestatsiya oʻtkazish uchun vrach va farmatsevt talabgorlardan qoʻshilgan qiymat soligʻi bilan bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida toʻlov undiriladi. Attestatsiyadan oʻtkazish uchun birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari tibbiyot xodimlari, “Oliy hamshiralik ishi” mutaxassisligiga ega boʻlgan hamshiralar, oʻrta tibbiyot va oʻrta farmatsevtika xodimlaridan toʻlov undirilmaydi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. 25-bandning ikkinchi xatboshisidagi “2019-yil 6-maydagi PQ-4310-son “Tibbiyot va farmatsevtika taʼlimi va ilm-fani tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining 6-ilovasida belgilangan” degan soʻzlar “2020-yil 7-apreldagi PQ-4666-son “Tibbiy-sanitariya sohasida kadrlarni tayyorlash va uzluksiz kasbiy rivojlantirishning mutlaqo yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining 4-ilovasida belgilangan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. 29-band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Talabgorlar attestatsiyaga pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat asosida kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Attestatsiya savollari komissiya raisi va masʼul kotibning imzolari bilan tasdiqlangan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Savollarga tayyorlanish uchun talabgorlarga 15 daqiqagacha vaqt ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Savollarga tayyorlanish jarayonida talabgorlarga quyidagilar taqiqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uyali telefon, boshqa aloqa va telekommunikatsiya vositalari, kitob yoki shpargalkalardan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa talabgorlar bilan suhbatlashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgorga attestatsiya natijasi eʼlon qilinmaguncha xonadan tashqariga chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgorning mazkur qoidaga amal qilmasligi uni attestatsiyada qatnashishdan chetlashtirish uchun asos boʻladi. Ushbu holatda masʼul kotib tomonidan mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq shaklda dalolatnoma rasmiylashtiriladi va komissiya aʼzolarining kamida uch nafari tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Attestatsiyada qatnashishdan chetlashtirilgan talabgor olti oy davomida keyingi attestatsiyalarga qoʻyilmaydi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. 30-band quyidagi mazmundagi toʻqqizinchi — oʻn birinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Respublika miqyosida favqulodda vaziyatlar yoki karantin tartibi eʼlon qilingan davr mobaynida attestatsiya quyidagi tartibda oʻtkaziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hujjatlar faqat elektron shaklda qabul qilinadi hamda talabgorga hujjat qabul qilinganligi, attestatsiya kuni va soati toʻgʻrisida xabar yuboriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
attestatsiya ogʻzaki imtihon shaklida masofadan turib (onlayn rejimda) oʻtkaziladi. Attestatsiya jarayoni audio va videoyozuvlarda qayd etib boriladi. Bunda talabgorga mutaxassisligi boʻyicha oʻn ballik tizimda baholanadigan 5 ta savol beriladi va savollarga tayyorlanish uchun 15 daqiqa vaqt ajratiladi. Talabgor tomonidan toʻplangan ballar mazkur Nizomning 31-bandiga muvofiq baholanadi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. 31-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Agarda attestatsiya komissiyasi yetarli ball toʻplay olmagan shifokorlar boʻyicha malaka toifasi berishga noloyiq deb topish toʻgʻrisida qaror qabul qilsa, unda ular Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazida oʻz hisobidan navbatdan tashqari bir oylik malaka oshirishi va attestatsiya oʻtkazilgan kundan boshlab toʻqqiz oy oʻtgach umumiy asoslarda qayta attestatsiyadan oʻtishi lozim boʻladi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. 34-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“34. Bayonnomaga asosan, attestatsiya tugagan kundan boshlab oʻn kun ichida attestatsiya yakunlari boʻyicha attestatsiya oʻtkazuvchi organ rahbarining buyrugʻi qabul qilinadi hamda malaka toifasi berilgan talabgorlarga Malaka toifasi berilganligi toʻgʻrisida sertifikat (bundan buyon matnda sertifikat deb yuritiladi) rasmiylashtiriladi. Bunda barcha tibbiyot va farmatsevtika xodimlari uchun (birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari tibbiyot xodimlari, “Oliy hamshiralik ishi” mutaxassisligiga ega boʻlgan hamshiralar, oʻrta tibbiyot va oʻrta farmatsevtika xodimlaridan tashqari) mazkur Nizomning 3-ilovasiga, birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari tibbiyot xodimlari, “Oliy hamshiralik ishi” mutaxassisligiga ega boʻlgan hamshiralar, oʻrta tibbiyot va oʻrta farmatsevtika xodimlari uchun mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shakldagi sertifikat beriladi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sertifikatning elektron shakli hisobga olish seriyasi, QR-kodi va tartib raqamiga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron hamda qogʻoz shaklda berilgan sertifikatlar teng yuridik kuchga ega hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron shaklda berilgan sertifikatning qogʻoz shakli talabgorning arizasiga koʻra, qatʼiy hisobda turadigan blanklarda elektron sertifikatni rasmiylashtirgan organ rahbarining imzosi va muhri bilan tasdiqlangan holda berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shifokorlar birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalaridan boshqa tibbiyot muassasalarida faoliyat yuritganda mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda sertifikat olish uchun umumiy asoslarda attestatsiyadan oʻtishi lozim boʻladi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. 35-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“35. Sertifikat berilganligi uchun birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari tibbiyot xodimlaridan qoʻshilgan qiymat soligʻi bilan bazaviy hisoblash miqdorining ellik foizi miqdorida, “Oliy hamshiralik ishi” mutaxassisligiga ega boʻlgan hamshiralar, oʻrta tibbiyot va oʻrta farmatsevtika xodimlaridan qoʻshilgan qiymat soligʻi bilan bazaviy hisoblash miqdorining yigirma foizi miqdorida toʻlov undiriladi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. 3-ilova mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 1-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 2 va 3-ilovalariga muvofiq tahrirda 4 va 5-ilovalar bilan toʻldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi hamda Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish va ularga malaka toifalari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish va ularga malaka toifalari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎
‎MALAKA TOIFASI BERILGANLIGI TOʼGʼRISIDA

‎SERTIFIKAT

AA 000000 ‎ ‎

‎‎‎‎Ushbu sertifikat ____________________________________________________________________________ ga ‎

‎‎‎‎(familiyasi, ismi, otasining ismi)‎‎

‎‎_______________________________________________________________________________________ ning

‎‎(attestatsiya oʼtkazuvchi organ nomi)
‎‎‎‎‎

‎‎‎‎20__ -yil “___”_____________ dagi _______________ -son buyrugʼi bilan ____________
‎‎________________________________________________________________________ mutaxassisligi boʼyicha

‎‎‎‎(mutaxassislik nomi)‎

‎‎_____________________________________________________________ malaka toifasi berilganligini tasdiqlaydi.‎

‎‎(malaka toifasi turi)

Berilgan sana: ‎

Amal qilish muddati: ‎

‎20 ___ yil “___” __________ ‎‎

‎20 ___ yil “___” __________ ‎‎

‎‎Sertifikatni rasmiylashtirgan organ rahbari:

___________‎

_______________‎

(imzo‎‎)‎

‎(F.I.O.)‎

Mazkur sertifikat Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini attestatsiyadan oʼtkazish va ularga malaka toifalari berish tartibi toʼgʼrisidagi nizomga (roʼyxat raqami 2649, 2015 yil 19 yanvar) muvofiq shakllantirilgan barcha tibbiyot va farmatsevtika xodimlari uchun (birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari tibbiyot xodimlari, “Oliy hamshiralik ishi” mutaxassisligiga ega boʼlgan hamshiralar, oʼrta tibbiyot va oʼrta farmatsevtika xodimlaridan tashqari) berilgan sertifikatning elektron nusxasi hisoblanadi. Elekton hujjatning nusxasida koʼrsatilgan maʼlumotlar toʼgʼriligini tekshirish uchun toifareestr.uz portaliga oʼting yoki mobil telefon yordamida QR-kodni skaner qiling. ‎‎
‎Diqqat! Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini attestatsiyadan oʼtkazish va ularga malaka toifalari berish tartibi toʼgʼrisidagi nizomga (roʼyxat raqami 2649, 2015 yil 19 yanvar) muvofiq elektron va qogʼoz shaklda berilgan sertifikatlar teng yuridik kuchga ega hisoblanadi.”.

QR-kod‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish va ularga malaka toifalari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish va ularga malaka toifalari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎
‎MALAKA TOIFASI BERILGANLIGI TOʼGʼRISIDA

‎‎ SERTIFIKAT

AA 000000 ‎ ‎

‎‎‎Ushbu sertifikat ____________________________________________________________________________ ga ‎

‎‎‎‎(familiyasi, ismi, otasining ismi)‎‎

‎‎_______________________________________________________________________________________ ning

‎‎(attestatsiya oʼtkazuvchi organ nomi)
‎‎‎‎‎

‎‎‎‎20__ -yil “___”_____________ dagi _______________ -son buyrugʼi bilan ____________
‎‎________________________________________________________________________ mutaxassisligi boʼyicha

‎‎‎‎(mutaxassislik nomi)‎

‎‎_____________________________________________________________ malaka toifasi berilganligini tasdiqlaydi.‎

‎‎(malaka toifasi turi)

Berilgan sana: ‎

Amal qilish muddati: ‎

‎20 ___ yil “___” __________ ‎‎

‎20 ___ yil “___” __________ ‎‎

‎‎Sertifikatni rasmiylashtirgan organ rahbari:

___________‎

_______________‎

(imzo‎‎)‎

‎(F.I.O.)‎

Mazkur sertifikat Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini attestatsiyadan oʼtkazish va ularga malaka toifalari berish tartibi toʼgʼrisidagi nizomga (roʼyxat raqami 2649, 2015 yil 19 yanvar) muvofiq shakllantirilgan birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari tibbiyot xodimlari, “Oliy hamshiralik ishi” mutaxassisligiga ega boʼlgan hamshiralar, oʼrta tibbiyot va farmatsevtika xodimlari uchun berilgan sertifikatning elektron nusxasi hisoblanadi. Elekton hujjatning nusxasida koʼrsatilgan maʼlumotlar toʼgʼriligini tekshirish uchun toifareestr.uz portaliga oʼting yoki mobil telefon yordamida QR-kodni skaner qiling.
‎ Diqqat! Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini attestatsiyadan oʼtkazish va ularga malaka toifalari berish tartibi toʼgʼrisidagi nizomga (roʼyxat raqami 2649, 2015 yil 19 yanvar) muvofiq elektron va qogʼoz shaklda berilgan sertifikatlar teng yuridik kuchga ega hisoblanadi.”.

QR-kod‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish va ularga malaka toifalari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish va ularga malaka toifalari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎Imtixon jarayonidan chetlashtirish haqida
‎DALOLATNOMA

‎‎‎20___ yil “______” ____________

‎‎Biz, quyida imzo chekuvchilar shuni tasdiqlaymizki, talabgor __________________________________________________________________________________________

‎‎(talabgorning F.I.O.)

‎‎quyidagi cabablarga (keraklisi tagiga chiziladi) koʻra imtixondan soat _____:_____ da chetlatildi:

‎

‎‎uyali aloqa vositalari, boshqa aloqa va telekommunikatsiya vositalari, kitob yoki shpargalkalardan foydalandi;

‎

‎‎boshqa talabgorlar bilan suhbatlashdi;

‎

‎‎attestatsiya yakuniga yetmasdan xonadan tashqariga chiqdi.

‎‎Natijada talabgor tomonidan Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish va ularga malaka toifalari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 29-bandi talablari buzildi.

‎‎Komissiya aʼzosi

_______________‎‎

__________________________ ‎‎

(imzo)‎‎

(F.I.O.)‎‎

‎‎Komissiya aʼzosi

_______________‎‎

__________________________ ‎‎

(imzo)‎‎

(F.I.O.)‎‎

‎‎Komissiya aʼzosi

_______________‎‎

__________________________ ‎‎

(imzo)‎‎

(F.I.O.)‎‎

”.‎

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 10/20/2649-4/1699-son)