Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining 2019-yilgi hisoboti toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining 2019-yilgi hisoboti tasdiqlansin.
2. Ushbu Qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga yuborilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikerining birinchi oʻrinbosari A. SAIDOV
Toshkent sh.,
2020-yil 23-aprel,
232-IV-son