29.12.2020 yildagi 812-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 29.12.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtotransport vositalarini yollash va ijaraga berish faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, elektromobillar va mototransportlardan foydalanish, shuningdek, velosipedda mamlakat boʻylab harakatlanishni rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtomototransport vositalarini yollash va ijaraga berish boʻyicha xizmat koʻrsatish sohasini yanada rivojlantirish, elektromobillardan foydalanishni qoʻllab-quvvatlash, velosipedda harakatlanishni ommalashtirish va targʻib qilish, veloinfratuzilmani va ichki turizmni rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Xalqaro amaliyotga muvofiq, jismoniy shaxslarga, shu jumladan chet el fuqarolariga avtomototransport vositalarini ijaraga va prokatga berish boʻyicha xizmatlarni koʻrsatish faoliyati karshering deb eʼtirof etilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin. Bunda avtomototransport vositalari ularni ijaraga va prokatga berish xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxslarga mulk huquqi asosida tegishli boʻlishi, shuningdek, keyinchalik uchinchi shaxslarga avtomototransport vositalarini ijaraga va prokatga berish xizmatlarini koʻrsatish uchun jismoniy shaxslar tomonidan ularga berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 2021-yil 10-yanvardan boshlab karshering tashkilotlariga notarial rasmiylashtirmasdan va ichki ishlar organlarida roʻyxatdan oʻtkazmasdan yoʻlovchilar avtotransporti va mototransport vositalarini jismoniy va yuridik shaxslarga 30 kungacha muddatga qisqa muddatli ijaraga berish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
karshering tashkilotlarining avtomototransport vositalari Transport vazirligi va Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan talablarga muvofiq maxsus taniqlik belgiga ega boʻlishi shart;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomototransport vositalarini qisqa muddatli ijaraga berish boʻyicha faoliyat Iqtisodiy faoliyat turlarining umumdavlat tasniflagichiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) karshering tashkilotlaridan avtomototransport vositalarini ijaraga olgan shaxslar tomonidan yoʻl harakati qoidalari buzilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning mavjudligini aniqlash maqsadida karshering tashkilotlariga Ichki ishlar vazirligi Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasining “Maʼmuriy amaliyot” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kirish imkoniyatini taqdim etilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) karshering tashkilotlaridan avtomototransport vositalarini ijaraga olgan shaxslar tomonidan yoʻl harakati qoidalari buzilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “Maʼmuriy amaliyot” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga tezkorlik bilan kiritish boʻyicha ishlarni kuchaytirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Transport vazirligi va Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoidabuzar mijozlarning xatti-harakatidan, shu jumladan ular tomonidan yoʻl harakati qoidalari buzilganligi uchun karshering tashkilotlarining huquqlarini himoya qilishning huquqiy kafolatlarini kuchaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
karshering tashkilotlarining avtomototransport vositalarini toʻxtash joylariga yetkazish, joylashtirish va saqlash sharoitlarini yaratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Oʻzavtosanoat” AJ xalqaro konsalting tashkilotlari va xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda 2021-yil 1-fevralga qadar loyihalarni amalga oshirish aniq muddatlari, ishlab chiqarish quvvati, moliyalashtirish miqdori, davlat tomonidan beriladgan koʻmaklar va boshqa maʼlumotlarni nazarda tutgan “Oʻzavtosanoat” AJ korxonalarida faqat elektr dvigatel orqali harakatlanadigan yengil avtomobillar va mototransport vositalarini ishlab chiqarish konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqsin hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2021-yil va keyingi yillarga moʻljallangan Davlat budjetini shakllantirishda faqat elektr dvigatel orqali harakatlanadigan avtomototransport vositalari respublika hududida xarid qilinganda va (yoki) vaqtinchalik olib kirilganda ularni ichki ishlar organlarida roʻyxatdan oʻtkazishda avtomototransport vositalari egalari (ulardan foydalanuvchilar) tomonidan toʻlanadigan yigʻimlarni bekor qilishni nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Transport vazirligi, “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda xalqaro amaliyotni oʻrganish asosida zamonaviy texnologik tizimlardan foydalangan holda faqat elektr dvigatel orqali harakatlanadigan avtomototransport vositalariga xizmat koʻrsatish boʻyicha zaryadlash terminallarini oʻrnatishni tashkil qilish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi va Ichki ishlar vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda ikki oy muddatda butun mamlakat boʻylab oʻrnatilgan mototransport vositasi va velosipedda harakatlanishi taqiqlovchi yoʻl belgilarini tanqidiy tahlil qilsin hamda tegishli harakat yoʻnalishlari boʻylab mazkur belgilarni olib tashlash choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Ichki ishlar vazirligi, Transport vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi bilan birgalikda bir oy muddatda aholi orasida mototransport vositalarining afzalliklari va arzonligi toʻgʻrisida keng axborot-tushuntirish ishlarini tashkillashtirish boʻyicha media-reja ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi mamlakatda velosiped transporti, veloinfratuzilma, veloshering (baykshering) faoliyatini (ijaraga berish) rivojlantirishni rejalashtirish boʻyicha vakolatli davlat organi etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Jismoniy tarbiya va sport vazirligi ushbu bandning birinchi xatboshisida belgilangan vazifalarning amalga oshirilishida har tomonlama koʻmak koʻrsatsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Moliya vazirligi, Qurilish vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2021-yil 1-fevralga qadar, shu jumladan quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasida velosiped transportini rivojlantirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturini (keyingi oʻrinlarda — Dastur) tasdiqlash toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
velosipedda va boshqa shaxsiy vositalarda harakatlanish imkonini beruvchi toʻsiqsiz va xavfsiz muhitni (tartibga solinadigan va solinmaydigan yoʻl kesishmalari, Yoʻl harakati qoidalariga zarur oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, veloyoʻlkalar, veloyoʻllar, veloshosse, svetoforlar, yoʻl belgilari, velosipedlarni toʻxtatib qoʻyish joylari, velosipedlarni saqlash uchun ishonchli sharoitlar va boshqalar), shu jumladan davlat-xususiy sheriklik mexanizmlari orqali yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turistik shaharlar, dam olish zonalari, qoʻriqxonalar va mamlakatimizning boshqa madaniy meros obyektlarini bogʻlovchi velosipedlar magistrallari milliy tarmogʻini bosqichma-bosqich barpo etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaharlar va hududlarni velosipedlashtirish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini baholash va ularni har yili monitoring qilish uchun mezonlar (indikatorlar) joriy etish (bir yilda velosipedlar ishtirokida yuz bergan yoʻl-transport hodisalari soni, aholining muayyan soniga nisbatan velosipedchilar soni, toifalar boʻyicha velosiped yoʻlkalari, velochorrahalar, velosiped qoʻyish joylari va ulardagi toʻxtab turish joylari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
velosipedda harakatlanish, velosiped transporti va shaxsiy harakatlanish vositalarining inson salomatligini mustahkamlovchi transport turi, shuningdek, ekologik toza harakatlanish vositasi sifatida ommalashtirish va targʻib qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
velosipedda harakatlanishni, shu jumladan velosipedlar va ularning butlovchi buyumlarini xarid qilishda davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholida velosipedchilik madaniyatini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Butunjahon velosiped kuni va Yevropa harakat haftaligiga bagʻishlangan yirik velomarafonlar, velosipedda yoʻl bosib oʻtish va boshqa tadbirlarni oʻtkazish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi oʻn kun muddatda Oʻzbekiston Respublikasida velosiped transporti va veloinfratuzilmani rivojlantirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqishga hamda velosiped transportini ommalashtirish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish va doimiy monitoring qilishga masʼul boʻlgan organlar va tashkilotlar vakillari orasidan ishchi guruhi tashkil etilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasining Fransiyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi S.M. Rustamboyev Dastur loyihasini tayyorlash doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiquvchilarga velosiped transporti va veloinfratuzilmani, ayniqsa koronavirus pandemiyasi davrida rivojlantirish boʻyicha fransuz tajribasi bilan tanishishda koʻmaklashsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fransuz hukumati bilan Oʻzbekistonda velosiped transporti va veloinfratuzilmasini, shu jumladan velosiped ishlab chiqaruvchilarni va ushbu sohada xizmatlar koʻrsatuvchi boshqa kompaniyalarni jalb qilish orqali rivojlantirish borasida ikki tomonlama yaqin biznes va ishchi aloqalarini oʻrnatish masalasini koʻrib chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi oilaviy poliklinikalar hamda profilaktika inspektorlarini velosipedlar bilan jihozlash choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga quyidagilarni kiritsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yengil avtomobillar va mototransport vositalarini qisqa muddatli ijaraga berish tartibi toʻgʻrisidagi yangilangan nizom loyihasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida takliflar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi A.A. Abduxakimov va transport vazirining vazifasini bajaruvchi I.R. Mahkamov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 29-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
812-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2020-y., 09/20/812/1678-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2022-y., 09/22/278/0439-son)