Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
“Xalqaro xususiy huquq boʻyicha Gaaga konferensiyasi Ustavini (Gaaga, 1951-yil 31-oktabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-625-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2020-yil 11-fevralda kiritilgan “Xalqaro xususiy huquq boʻyicha Gaaga konferensiyasi Ustavini (Gaaga, 1951-yil 31-oktabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-625-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2020-yil 18-fevral,
106-IV-son