18.12.2020 yildagi SQ-194-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yilda davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi faoliyati va huquqni qoʻllash amaliyotining holati toʻgʻrisidagi axboroti haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yilda davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi faoliyati va huquqni qoʻllash amaliyotining holati toʻgʻrisidagi axborotini eshitib, bu borada muayyan ishlar amalga oshirilganini qayd etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jumladan, davlat organlarining norma ijodkorligi faoliyatida 2020-yilning oʻn bir oy davomida vazirlikka huquqiy ekspertizadan 2 478 ta normativ-huquqiy hujjat loyihasi kelib tushgan. Ulardan 2 310 tasi huquqiy ekspertizadan oʻtkazilgan va 168 ta loyiha oʻtkazilmasdan qaytarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joriy yilda mamlakatimiz tarixida ilk bor amaldagi qonunosti hujjatlari yalpi xatlovdan oʻtkazildi. Hukumatning 2,5 mingdan ortiq oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qarorlari tanqidiy qayta qoʻrib chiqilib, tegishli hujjatlarni bekor qilish boʻyicha takliflar Vazirlar Mahkamasiga kiritildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biroq, bugungi kunda Milliy bazada 30 mingdan ortiq qonunchilik hujjatlari jamlangan boʻlsa, ularning 95 foizini qonunosti hujjatlari tashkil etadi. Oʻz navbatida, milliy qonunchilikda qonunosti hujjatlarining koʻpligi qonunlarning yuridik kuchini qadrsizlanishiga sabab boʻlmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻtkazilgan tahlillar natijalariga koʻra, har bir soha boʻyicha oʻrtacha 4-5 ta qonun, 40 dan ortiq qonunosti hujjatlari qabul qilinganligi aniqlandi. Ayrim qonunosti hujjatlari matnlarining aksariyat qismi qonunlardagi normalarni aynan takrorlaydi. Davlat organlari faoliyatini tartibga soluvchi hujjatlarning koʻpligi, qonunosti hujjatlari sonining sunʼiy oshishiga sabab boʻlmoqda. Jumladan, Qishloq xoʻjaligi vazirligi boʻyicha 93 ta, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi boʻyicha 82 ta, Xalq taʼlimi vazirligi boʻyicha 83 ta normativ-huquqiy hujjat qabul qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlarining huquqni qoʻllash amaliyoti borasida 2020-yilning oʻn bir oyi davomida 19 ta sohada huquqni qoʻllash amaliyoti oʻrganilgan. Natijada 14 ta normativ-huquqiy hujjat loyihasi va 13 ta tahliliy maʼlumotnoma tegishli tartibda Hukumatga kiritilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi faoliyati hamda huquqni qoʻllash amaliyoti sohasida oʻz yechimini kutayotgan muammolar va ularni bartaraf etish choralarini koʻrish zarur. Jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eng muhim ijtimoiy munosabatlarning qonun hujjatlari bilan emas, balki qonunosti hujjatlari bilan tartibga solish amaliyoti mavjudligiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunlarda amalga oshirishning huquqiy mexanizmlari bilan taʼminlanmagan qator havolaki normalar kiritilishiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida umumiy tusdagi, harakatsiz va huquqni qoʻllash amaliyotiga taʼsir etmaydigan qonun hujjatlari saqlanib qolayotganligiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari oʻz vakolatlari doirasiga kiradigan masalalarni ham Hukumat darajasida hal qilishga intilishlariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini puxta ishlab chiqish va ularni moliyaviy, iqtisodiy hamda huquqiy ekspertizadan oʻtkazishda jiddiy kamchiliklarga yoʻl qoʻyilayotganligiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va qabul qilish, shuningdek ularning ijrosini monitoring qilish jarayonlariga yetarlicha eʼtibor qaratilmayapti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida bayon etilganlarga hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 321-moddasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yilda davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi faoliyati va huquqni qoʻllash amaliyotining holati toʻgʻrisidagi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (R. Davletov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-avgustdagi PF-5505-son Farmoni bilan tasdiqlangan Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish Konsepsiyasida belgilangan vazifalar bajarilishini tahlil qilish, davlat idoralari tomonidan ushbu yoʻnalishda qabul qilinayotgan meʼyorlar barqarorligini taʼminlash borasida olib borayotgan ishlarini davom ettirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlarining norma ijodkorligi faoliyati va huquqni qoʻllash amaliyotini hududlar va sohalar kesimida kompleks tahlil qilsin, bunda uslubiy koʻmak koʻrsatish orqali samaradorlikni oshirish choralariga alohida eʼtibor qaratsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amaldagi qonunchilik hujjatlarini yalpi xatlovdan oʻtkazib, ularning sonini qisqartirish, umumiy tusdagi va huquqni qoʻllashga taʼsir etmaydigan qonun hujjatlarini qayta koʻrib chiqish hamda normativ-huquqiy hujjatlarni inkorporatsiya va konsolidatsiya qilish orqali kompleks tizimlashtirish ishlarini jadallashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda aholi tomonidan eng koʻp kelib tushayotgan murojaatlar tahlilidan kelib chiqib, aniq sohalar boʻyicha oʻrganishlarni oʻtkazish uchun alohida manzilli reja ishlab chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi qarori bilan tasdiqlangan Normativ-huquqiy hujjatlarni ijrochilarga yetkazish hamda normalari va qoidalarini aholiga tushuntirish sxemasining vazirlik va idoralarning hududiy boʻlinmalari tomonidan amalda ijrosi taʼminlanayotganligi holatini tahlil qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda hududlardagi adliya organlari ijro hokimiyati tomonidan qonunga zid xatti-harakatlar boʻlmasligi va 2021-yilda hokimlar tomonidan barcha hududlarda yerni olib qoʻyishga butkul barham berish maqsadida aniq manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda qonun ijodkorligi va huquqni qoʻllash amaliyoti samaradorligini oshirishda ilmiy ekspertiza institutini keng joriy etish masalasini oʻrganib chiqsin. Bu borada tanlovlar va ilmiy grantlar asosida akademik doira vakillarini hamda olimlarni jalb etishni nazarda tutsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda mamlakatimizda qurilish, sogʻliqni saqlash, oliy taʼlim va davlat xaridlari sohasini korrupsiyasiz sohaga aylantirishda sohalarga oid qonunchilikni chuqur tahlil qilib, korrupsiyaga oid normalarni bartaraf etish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlarining tartibga soluvchi taʼsirini baholash hamda qonun hujjatlaridagi tizimli kamchiliklarni aniqlash maqsadida sud, huquqni qoʻllash va nazorat amaliyotining statistik hisobi hamda tahlili natijalari boʻyicha idoralararo axborot almashish mexanizmlarini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash uchun Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasini amalga oshirish boʻyicha komissiyaga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga kiritilgan qonun loyihalari yuzasidan ilmiy xulosa berish amaliyotini joriy qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining norma ijodkorligi jarayonidagi rolini kuchaytirish maqsadida ilgʻor xorijiy mamlakatlar tajribasining tahlili asosida aniq takliflarni kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi monitoringini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (R. Davletov) 2021-yilning 20-martiga qadar ushbu Qarorning ijro etilishi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga axborot taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Umarov) zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 18-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SQ-194-IV-son