Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
TIBBIYOT-SANITARIYA BIRLAShMASI TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 29-apreldagi 366-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Tibbiyot bosh boshqarmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Tibbiyot-sanitariya birlashmasi ilovaga muvofiq tarkibda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiyot-sanitariya birlashmasiga aylantirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiyot-sanitariya birlashmasi toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlansin (ilova qilinmoqda).
3. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi shtat jadvaliga qoʻshimcha ravishda vazirning oʻrinbosari — Tibbiyot-sanitariya birlashmasi boshligʻi lavozimi kiritilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Istiqbolni belgilash va statistika davlat qoʻmitasi mazkur qarorning ilovasida qayd etilgan sogʻliqni saqlash va sanatoriy-kurort davolash muassasalarida ovqatlanish, dori-darmonlar uchun xarajatlarning hozirgi vaqtda amal qiluvchi hisob-kitob meʼyorlarini hamda moddiy-texnika taʼminoti sharoitlarini saqlab qolsinlar.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston SSR Vazirlar Kengashi Ishlar boshqarmasining Tibbiyot-sanitariya birlashmasi toʻgʻrisida” 1991-yil 9-iyuldagi 184-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1992-yil 19-noyabr,
541-son
Tibbiyot-sanitariya birlashmasi tarkibiga kiruvchi boʻlinmalar
ROʻYXATI
Tibbiyot-sanitariya birlashmasi apparati
Markaziy klinik kasalxona, Pochta koʻchasi, 40
Birlashgan markaziy klinik kasalxona, Ashxobod koʻchasi, 3
Poliklinika, Frunze koʻchasi, 3
Markaziy poliklinika va kechiktirib boʻlmaydigan tez yordam stansiyasi, Jukovskiy koʻchasi, 67
Xoʻjalik hisobidagi markaziy dorixona, Jukovskiy koʻchasi, 67
Yaltadagi “Oʻzbekiston” sanatoriysi
Kislovodskdagi “Oʻzbekiston” sanatoriysi
Sochidagi “Oʻzbekiston” sanatoriysi
Toshkent viloyatidagi “Qibray” sanatoriysi
Sanepidstansiya, Jukovskiy koʻchasi, 65
BOShQA MUASSASALAR
Markazlashtirilgan avtobaza
Esentuki shahridagi qurilish direksiyasi
Bolalar bogʻchasi, Jukovskiy koʻchasi, 67
Bolalar bogʻchasi, Binokor koʻchasi, 20
Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 19-noyabrdagi 541-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiyot-sanitariya birlashmasi toʻgʻrisida
NIZOM
I. UMUMIY QOIDALAR
1. Tibbiyot-sanitariya birlashmasi mazkur Nizom va Oʻzbekiston Respublikasining mavjud qonunchilik aktlari asosida faoliyat koʻrsatadi.
2. Tibbiyot-sanitariya birlashmasi oʻziga qarashli muassasalar va tashkilotlar faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi hamda ularning ish sifati uchun javob beradi, tasdiqlangan nomenklaturaga muvofiq biriktirilgan kontingentga sanatoriy-kurort yordami koʻrsatadi. Kontingentni belgilash va uning sanatoriy-kurort taʼminoti Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Ishlar boshqarmasi va Tibbiyot-sanitariya birlashmasi ishlari boʻyicha respublika komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Tibbiyot-sanitariya birlashmasining sanatoriy-kurort va davolash-profilaktika faoliyatiga, uning xodimlari malakasini oshirishga uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi.
3. Birlashma qaramogʻida davolash-profilaktika, sanatoriy-kurort muassasalari, xoʻjalik tashkilotlari va boshqa tashkilotlar mavjuddir. Tasarrufidagi muassasalar va tashkilotlarning majburiyatlari boʻyicha Birlashma moddiy javob bermaydi.
4. Birlashma boshligʻining oʻrinbosarlarini tanlash va joy-joyiga qoʻyish birlashma boshligʻining taqdimnomasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Ishlar boshqarmasi va Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
5. Tasarrufidagi muassasalar rahbarlarini ishga tayinlash va ozod qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Ishlar boshqarmasi va Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan holda birlashma boshligʻi tomonidan amalga oshiriladi.
6. Tibbiyot-sanitariya birlashmasi yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga, oʻz nomi koʻrsatilgan dumaloq muhrga va bank muassasalarida oʻz schyotiga ega boʻladi.
II. TIBBIYOT-SANITARIYA BIRLAShMASINING VAZIFALARI
Quyidagilar Tibbiyot-sanitariya birlashmasining bosh vazifalari hisoblanadi:
biriktirilgan kontingentga yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish va sanatoriy-kurort taʼminotini tashkil qilish;
biriktirilgan kontingent salomatligini muhofaza qilishda profilaktik yoʻnalishni rivojlantirish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish;
yuqumli va yuqumsiz kasalliklarning hamda ovqatdan zaharlanishning oldini olish va ularni kamaytirish tadbirlarini oʻtkazish;
birlashma tomonidan xizmat koʻrsatiladigan davolash-profilaktika muassasalarida va obyektlarida zarur sanitariya-epidemiologiya sharoitlarini taʼminlash;
birlashmaning davolash-profilaktika muassasalarini va kontingentni davolash vositalari, bakteriyali, virusga qarshi preparatlar va boshqa tibbiy buyumlar bilan taʼminlash;
fan va ilgʻor tajriba yutuqlarini tibbiyot amaliyotiga joriy etish, shuningdek, mehnatni ilmiy tashkil etish, tasarrufidagi muassasalarda tibbiyot xodimlari malakasini oshirishni taʼminlash, ilgʻor xodimlarning bilimi va tajribasidan yaxshiroq foydalanish uchun sharoitlar yaratish;
Tibbiyot-sanitariya birlashmasi tizimida tegishli boʻlimlar mavjud boʻlmagan taqdirda ilmiy-tadqiqot institutlari va respublika markazlari bilan shartnoma tuzish asosida kontingentning Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi boshqa davolash-profilaktika muassasalarida stansionar davolanishini taʼminlash.
III. TIBBIYOT-SANITARIYA BIRLAShMASINING FUNKSIYALARI
Tibbiyot-sanitariya birlashmasi oʻziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
oʻziga boʻysunuvchi davolash-profilaktika, sanatoriy-kurort, sanitariya-profilaktika muassasalari va tashkilotlari faoliyatiga umumiy rahbarlikni va nazoratni amalga oshiradi hamda ishda ularga yordam koʻrsatadi;
oldini oluvchi va joriy sanitariya nazoratini amalga oshiradi, shuningdek, birlashma tizimida va uning nazorati ostidagi obyektlarda epidemiyaga qarshi tadbirlarni oʻtkazadi;
biriktirilgan kontingent salomatligining ahvolini oʻrganadi, kasalliklar, nogironlik va oʻlimning oldini olish va ularni kamaytirish tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
biriktirilgan kontingentga davolash-profilaktika, sanatoriy-kurort xizmati koʻrsatish va dori-darmonlar bilan yordam berishni tashkil qiladi, yuqori malakali tibbiy yordamni rivojlantirish, takomillashtirish boʻyicha tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi, ilgʻor tajriba hamda tibbiyot fani va texnikasining yutuqlarini sogʻliqni saqlash amaliyotiga joriy etishni taʼminlaydi;
bolalarni jismoniy va gigiyenik tarbiyalash va ularni sogʻlomlashtirish tadbirlarini ishlab chiqadi;
birlashma sogʻlomlashtirish obyektlarida kurort omillaridan oqilona foydalanishning samaraliroq usullarini joriy etishni taʼminlaydi;
oʻziga qarashli sogʻliqni saqlash muassasalari uchun davolash-profilaktika va sanatoriy-kurort yordamini tashkil etish va takomillashtirish masalalari, shuningdek, sanitariya va epidemiyaga qarshi kurash masalalari boʻyicha uslubiy koʻrsatmalar ishlab chiqadi;
birlashmaga qarashli sogʻliqni saqlash muassasalarini dori-darmonlar, bemorlarga qarash buyumlari, tibbiyot anjomlari, transport, inventar va fond materiallari bilan taʼminlashni amalga oshiradi, shuningdek, tibbiyot asbob-uskunalari sotib olishda koʻmaklashadi;
oʻziga qarashli muassasalarda kapital qurilish va asosli tuzatish ustidan rejalashtirishni, rahbarlik qilishni va nazoratni, shuningdek, texnika xavfsizligiga rioya qilishni nazorat qilishni amalga oshiradi;
Moliya vazirligi oldiga oʻziga qarashli muassasalarni mablagʻ bilan taʼminlash masalalarini qoʻyadi hamda ularning moliya-xoʻjalik faoliyati ustidan nazorat (tekshirish, taftish)ni amalga oshiradi;
buxgalteriya hisobini yuritadi, belgilangan shaklda buxgalteriya va statistika axborotlarini, shuningdek, tizim boʻyicha yigʻma hisobotlarni tuzadi va Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash va Moliya vazirliklariga taqdim etadi;
birlashma davolash-profilaktika muassasalarini malakali tibbiyot kadrlari bilan butlash choralarini koʻradi, kadrlar joy-joyiga toʻgʻri qoʻyilishini taʼminlaydi, ularni tanlash va joy-joyiga qoʻyishni nazorat qiladi, mazkur masala boʻyicha amaldagi nizomlarga muvofiq oʻrta tibbiyot xodimlarining oʻz mutaxassisliklari boʻyicha malaka oshirishini, attestatsiyadan oʻtishini tashkil qiladi. Vrachlarni attestatsiyadan oʻtkazish mavjud nizomlarga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining attestatsiya komissiyalarida oʻtkaziladi.
IV. TIBBIYOT-SANITARIYA BIRLAShMASIGA RAHBARLIK QILISh
1. Tibbiyot-sanitariya birlashmasiga rahbarlik qilish bir vaqtning oʻzida Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining oʻrinbosari hisoblanuvchi birlashma boshligʻi tomonidan amalga oshiriladi. U:
birlashma sogʻliqni saqlash muassasalarida davolash-profilaktika va sanitariya-epidemiyaga qarshi kurash ishlarining qoʻyilishini, shuningdek, barcha boʻysunuvchi muassasalar va tashkilotlarda xoʻjalik faoliyatini nazorat qilish;
birlashmaga beriladigan pul va moddiy boyliklarni taqsimlash;
davlat banki boʻlimlarida hisob-kitob va boshqa schyotlarni ochish va yopish, toʻlov topshiriqlari, cheklarga imzo qoʻyish va schyotlarni akseptlash;
tasdiqlangan rejalar va smetalarga muvofiq zarur tibbiyot asbob-uskunalari, dori-darmonlar olish va sogʻliqni saqlash obyektlari qurilishi uchun shartnomalar va bitimlar tuzish, shu jumladan, xorijiy firmalar, qoʻshma korxonalar bilan;
birlashma boʻlimlari hamda boʻysunuvchi muassasalar va xoʻjaliklar toʻgʻrisidagi nizomni, ularning tuzilmasi va shtatlarini tasdiqlash, xodimlarning lavozim maoshlariga qoʻshimcha toʻlovlar belgilash haqida taklif kiritish;
buyruqlar, yoʻriqnomalar va uslubiy koʻrsatmalar chiqarish va ularning bajarilishini tekshirish;
birlashma xodimlarini ishga qabul qilish va ishdan boʻshatish;
birlashmaga qarashli muassasalarda mehnat intizomini, qonuniylikni, maʼnaviy-ruhiy iqlimni mustahkamlash boʻyicha zarur tadbirlarni amalga oshirish;
birlashma ehtiyojlari uchun belgilangan tartibda mulkiy va moddiy boyliklarni olish;
birlashmaga qarashli muassasalarda mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi, ishlab chiqarish sanitariyasi va gigiyenasining holati ustidan nazoratni amalga oshirish;
birlashmani bosh konsultantlari ish rejalarini tasdiqlash, ularning ishini nazorat qilish hamda tegishli mutaxassisliklar boʻyicha tibbiy xizmat koʻrsatish sifatini yaxshilash maqsadida profilaktika va davolashning ijtimoiy masalalari boʻyicha koʻrsatmalar berish; davolash va tashhis qoʻyishning yangi usullarini joriy etganliklari hamda samarali faol ishlari uchun bosh konsultantlarni birlashmaning tegishli jamgʻarmasi hisobidan ragʻbatlantirish hukuqiga egadir.
2. Birlashma huzurida boshliq (rais), uning oʻrinbosari, birlashma apparati rahbar xodimlari, davolash-profilaktika muassasalari rahbarlari, shuningdek, bu ishga Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan jalb qilinadigan mutaxassislardan iborat tarkibda doimiy ishlovchi tibbiyot Kengashi tuziladi.
Tibbiyot Kengashining qarorlari Tibbiyot-sanitariya birlashmasi boshligʻining buyruqlari bilan turmushga tatbiq etiladi.
V. TIBBIYOT-SANITARIYA BIRLAShMASINI MABLAGʻ BILAN TAʼMINLASh
Tibbiyot-sanitariya birlashmasi “Sogʻliqni saqlash” tarmogʻi boʻyicha ajratiladigan mablagʻlar va respublika budjetida alohida satr bilan nazarda tutilgan pulli xizmatlar koʻrsatishdan tushgan tushumlar hisobiga Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan mablagʻ va moddiy-texnika resurslari bilan taʼminlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.