20.06.1995 yildagi 231-son
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.05.1998
 LexUZ sharhi
2. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 26-martdagi 165-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini tashkil qilish to‘g‘risida” 1992-yil 23-sentabrdagi PF-474-son Farmonini ijro etish yuzasidan hamda tashqi siyosat va tashqi iqtisodiy faoliyat bilan bog‘liq bo‘lgan ixtisosliklar bo‘yicha o‘qitish uchun iqtidorli yoshlarni tanlash maqsadida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga talabalarni qabul qilishning quyidagi tartibi belgilanadi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1993-yil 5-fevraldagi PF-555-son Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan o‘tkazilgan “chet til” (ingliz, nemis, fransuz tili) fani bo‘yicha xalqaro va respublika olimpiadalari g‘oliblari O‘quv yurtlariga qabul qilish davlat komissiyasi qarori bilan tanlovsiz qabul qilinadilar.