Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
“Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan ayrim toifadagi shaxslar ustidan maʼmuriy nazorat toʻgʻrisida”gi QL-408-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (“Jazoni ijro etish muassasalaridan boʻshatilgan shaxslar ustidan ichki ishlar organlarining maʼmuriy nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”)
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018-yil 30-avgustda kiritilgan “Jazoni ijro etish muassasalaridan boʻshatilgan shaxslar ustidan ichki ishlar organlarining maʼmuriy nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi QL-408-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi “Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan ayrim toifadagi shaxslar ustidan maʼmuriy nazorat toʻgʻrisida” degan yangi nom bilan ikkinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2019-yil 7-yanvar,
2286-III-son