19.12.2020 yildagi 35-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 19.12.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar tomonidan fuqarolik ishlari boʻyicha dalillar va isbotlashga oid qonun normalarini qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi (bundan buyon matnda FPK deb yuritiladi) amalga kiritilishi munosabati bilan, shuningdek fuqarolik ishlari boʻyicha dalillarga oid qonun normalari sudlar tomonidan toʻgʻri va bir xilda qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 17-moddasiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Sudlarga tushuntirilsinki, FPK 71-moddasiga koʻra, fuqarolik ishi boʻyicha dalillar deganda, taraflar oʻz talablari va eʼtirozlarini asoslayotgan holatlar, shuningdek ishning toʻgʻri hal qilinishi uchun ahamiyatga ega boʻlgan boshqa har qanday holatlar mavjudligi yoki mavjud emasligini sud qonunda belgilangan tartibda aniqlashi uchun asos boʻladigan har qanday faktik maʼlumotlar tushuniladi. Bu maʼlumotlar quyidagilardan olinishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taraflar va uchinchi shaxslar tushuntirishlaridan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
guvohlar koʻrsatuvlaridan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yozma va ashyoviy dalillardan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
audio- va videoyozuvlardan;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspertlar xulosalaridan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mutaxassislar maslahatlari (tushuntirishlari)dan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Taraflar va uchinchi shaxslar tushuntirishlari deganda, ushbu shaxslar va ularning vakillari tomonidan ish uchun ahamiyatga ega holatlar haqidagi maʼlumotlarni sudga bildirishlari tushunilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taraflar, uchinchi shaxslar va ular vakillarining tushuntirishlari ogʻzaki tarzda ham, yozma koʻrinishda ham berilishi, shuningdek FPK 209-moddasida belgilangan tartibda videokonferensaloqa tizimidan foydalanish yoʻli bilan olinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Guvohlarni soʻroq qilish sud tomonidan FPK 229 — 231-moddalarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Guvohlarning dalillarni taʼminlash yoki sud topshirigʻi tartibida olingan koʻrsatuvlari sud majlisida oʻqib eshittiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taraflar, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar iltimosiga yoki sudning tashabbusiga koʻra, ishni koʻrayotgan sud joylashgan joydan boshqa yerda yashovchi guvohlar sud topshirigʻi tartibida yoki videokonferensaloqa vositalaridan foydalanish orqali soʻroq qilinishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuni nazarda tutish lozimki, fuqarolik ishi boʻyicha vakil yoki jinoyat ishi boʻyicha himoyachi sifatida qatnashgan shaxs vakil yoki himoyachi vazifasini bajarganligi munosabati bilan unga maʼlum boʻlgan holatlar toʻgʻrisida, shuningdek jismoniy va ruhiy nuqsonlari sababli faktlarni toʻgʻri idrok qilishga yoki ular toʻgʻrisida toʻgʻri koʻrsatuvlar berishga layoqatsiz shaxs guvoh boʻla olmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga ishda ishtirok etuvchi shaxslarga nisbatan qarindoshligi, xizmat boʻyicha yoki boshqa qaramligi yoxud shaxsiy adovati borligi shaxsning ishda guvoh sifatida qatnashishiga toʻsqinlik qilmaydi. Mazkur holatlar sud tomonidan guvoh koʻrsatuvlarini baholashda eʼtiborga olinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Sudlarga tushintirilsinki, FPK 84-moddasiga muvofiq, ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan holatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan raqamli, grafik yozuv shaklida bajarilgan, shu jumladan faks, elektron yoki boshqa aloqa vositasida yoxud hujjatning haqiqiyligini aniqlash imkonini beradigan oʻzga usulda olingan hujjatlar va materiallar yozma dalillar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir qator hujjatlar (FHDY organlari tomonidan beriladigan guvohnomalar, notarial hujjatlar, veksellar) huquqiy shakli tartibga solingan va ular uchun muayyan himoya darajasiga ega boʻlgan maxsus blankalar, maxsus rekvizitlar (muhr, shtamp) va shakliga nisbatan boshqa talablar nazarda tutilgan boʻlib, ular mazkur talablarga muvofiq boʻlmaganda, shuningdek ular imzolanmagan yoki vakolat berilmagan shaxs tomonidan imzolangan hollarda, ular sud tomonidan yozma dalillar sifatida qabul qilinishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. FPK 87-moddasiga koʻra, yozma dalillar sudga, qoida tariqasida, asl nusxada yoki tegishli tarzda tasdiqlangan koʻchirma nusxada taqdim etiladi. Agar hujjatning koʻchirma nusxasi taqdim etilgan boʻlsa, sud zarur hollarda, uning aslini talab qilib olishga haqli. Agar koʻrib chiqilayotgan ishga hujjatning faqat bir qismi taalluqli boʻlsa, uning tasdiqlangan koʻchirma nusxasi taqdim etilishi mumkin. Ishga hujjatning aslini qoʻshib qoʻyish imkoni boʻlmagan hollarda, sudya hujjatning koʻchirma nusxasi ustiga uning asliga mosligi toʻgʻrisida belgi qoʻyadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Imzosiz xatlarda keltirilgan, shuningdek kelib chiqishi nomaʼlum boʻlgan yoki qonun buzilgan holda olingan maʼlumotlar dalil boʻla olmaydi (FPK 71-moddasining ikkinchi qismi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FPK 80-moddasining sakkizinchi qismiga koʻra, faqat hujjatning yoki boshqa yozma dalilning koʻchirma nusxasi bilan tasdiqlangan holatlar, basharti taraflar tomonidan taqdim etilgan hujjatning koʻchirma nusxalari oʻzaro bir xil boʻlmasa va hujjatning asl mazmunini boshqa dalillar yordamida aniqlashning iloji boʻlmasa, isbotlangan deb hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Sudlarga tushuntirilsinki, ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan taqdim etilgan chet davlatda olingan hujjatlar, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda legalizatsiya qilingan hollardagina sud tomonidan yozma dalil deb tan olinishi mumkin va ularga umumiy asoslarda baho beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ashyoviy dalillar deganda, ishni mazmunan hal qilish uchun ahamiyatga ega boʻlgan holatlarni aniqlash vositasi boʻlib xizmat qilishi mumkin boʻlgan predmetlar tushuniladi. Ashyoviy dalillar sud tomonidan koʻzdan kechiriladi va ishda ishtirok etuvchi shaxslarga, zarur hollarda esa, ekspertlar, mutaxassislar va guvohlarga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. FPK 239-moddasiga muvofiq, yozma va ashyoviy dalillarni sudga taqdim etish imkoniyati boʻlmaganda, ular turgan joyida koʻzdan kechirilishi va tekshirilishi lozim. Yozma va ashyoviy dalillarni koʻzdan kechirish natijalari sud majlisi bayonnomasiga kiritiladi va unga koʻzdan kechirish paytida tuzilgan rejalar, chizmalar, suratlar, hisob-kitoblar, fotosuratlar, shuningdek ekspert xulosasi va mutaxassis maslahati ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Fuqarolik ishi boʻyicha isbotlash predmeti ishni toʻgʻri hal qilish uchun sud tomonidan aniqlanishi lozim boʻlgan holatlar doirasidan iborat. Bunda shuni nazarda tutish lozimki, qonunda ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan holatlar doirasini aniqlash, ularni muhokamaga qoʻyish, hatto taraflar bu holatlarni keltirmagan boʻlsa ham, sudga yuklatilgan (FPK 72-moddasining ikkinchi qismi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Protsessual qonun talablariga muvofiq, dalillarni taqdim etish va isbotlash majburiyati taraflarga yuklatilgan. Shu bilan birga sudlar nazarda tutishlari lozimki, qonunda dalillarni taqdim etish majburiyatini taqsimlashga oid umumiy qoidalardan tashqari, ayrim toifadagi ishlar uchun maxsus qoidalar ham belgilangan. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 111-moddasiga muvofiq, mehnat shartnomasini bekor qilish yoki xodimni boshqa ishga oʻtkazishning asosliligini isbotlash masʼuliyati ish beruvchiga yuklatiladi, zarar yetkazishda aybi yoʻqligini tasdiqlovchi dalillarni taqdim etish majburiyati esa, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 985-moddasiga muvofiq javobgarga yuklatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan, lekin sud tomonidan hammaga maʼlum deb topilgan holatlar FPK 75-moddasining birinchi qismiga koʻra, isbotlashni talab etmaydi. Hammaga maʼlum holat deganda, jumladan, ham taraflarga va ham ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga aniq maʼlum boʻlgan fakt tushunilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FPK 75-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlariga muvofiq, fuqarolik, iqtisodiy yoki maʼmuriy ish boʻyicha sudning qonuniy kuchga kirgan qarori bilan aniqlangan faktlar aynan shu shaxslar ishtirok etayotgan boshqa fuqarolik ishlari muhokamasi vaqtida yangidan isbot qilinmaydi va nizolashilishi mumkin emas.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat ishi boʻyicha qonuniy kuchga kirgan sud hukmi ustidan hukm chiqarilgan shaxs harakatlarining fuqarolik-huquqiy oqibatlariga oid ishni koʻrib chiqayotgan sud uchun faqat shu harakatlar sodir etilgan-etilmaganligi va ular mazkur shaxs tomonidan sodir etilganligi-etilmaganligi masalalari boʻyicha majburiydir. Hal qiluv qarorida, hukmga havola qilinishidan tashqari, taraflar tomonidan taqdim etilgan va sud tomonidan toʻplangan hamda daʼvo mazmuni boʻyicha xulosaga kelishda sud asoslangan dalillar koʻrsatilishi lozim. Yetkazilgan zarar miqdoriga doir holatlar umumiy asoslarda isbotlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarius tomonidan notarial harakat amalga oshirilgan paytda tasdiqlangan holatlar ham, agar notarial tartibda tasdiqlangan hujjatning haqiqiyligi FPK 235 va 236-moddalarida belgilangan tartibda rad etilmagan yoki notarial harakatni amalga oshirish tartibi jiddiy tarzda buzilganligi aniqlanmagan boʻlsa, isbotlashni talab etmaydi (FPK 75-moddasining beshinchi qismi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, bir taraf tomonidan boshqa taraf oʻz talab yoki eʼtirozlarini asoslayotgan faktlarning tan olinishi, faktlari tan olingan tarafni bu faktlarni isbotlash majburiyatidan ozod qiladi. Shu bilan birga, agar bunday faktlarga nisbatan sudda shubha paydo boʻlsa, ular umumiy asoslarda isbotlanishi lozim (FPK 81-moddasi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Protsessual qonun talablariga muvofiq, fuqarolik ishlari boʻyicha isbotlash dalillar aloqadorligi va maqbulligi qoidalariga qatʼiy rioya qilgan holda amalga oshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dalillar maqbulligi qoidasi (FPK 74-moddasi) qonun boʻyicha muayyan isbotlash vositalari bilan tasdiqlanishi shart boʻlgan ish holatlari boshqa hech qanday isbotlash vositalari bilan tasdiqlanishi mumkin emasligini anglatadi (masalan, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 109-moddasida belgilangan bitimning oddiy yozma shakliga rioya qilmaslik, nizo kelib chiqqanda taraflarni bitim tuzilganligi va uning shartlarini tasdiqlash maqsadida guvohlar koʻrsatuviga tayanish huquqidan mahrum qiladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dalillar aloqadorligi qoidasi (FPK 73-moddasi) sud tomonidan, faqat nizo predmetiga aloqador holatlarni tasdiqlovchi dalillar koʻrishga qabul qilinishi mumkinligini anglatadi. Shunga koʻra, sudlar barcha hollarda, aynan qaysi holatlar ish boʻyicha ahamiyatga ega ekanligini va guvohlar koʻrsatuvlari, yozma yoki ashyoviy dalillar bilan tasdiqlanishi mumkinligini aniqlab olishlari lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, dalillarni taqdim etish taraflarga yuklatilganligi tufayli, dalillarni taqdim etish ular uchun qiyinchilik tugʻdirgan hollarda, sud ularning iltimosiga koʻra, dalillar toʻplashda koʻmaklashishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Biror-bir sababga koʻra, dalillarni ishni koʻrayotgan sudga bevosita taqdim etish imkoni boʻlmasa (masalan, dalillar boshqa aholi punkti hududida boʻlsa), sud boshqa sudga ularni talab qilib olish va tekshirish boʻyicha protsessual harakatlar oʻtkazish toʻgʻrisida sud topshirigʻi yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Zarur dalillarni keyinchalik taqdim etish mumkin boʻlmay qoladi yoki qiyinlashadi, deb hisoblashga asosi boʻlgan shaxs iltimosiga koʻra, sud bunday dalillarni taʼminlash boʻyicha qonunda koʻzda tutilgan choralar koʻrishi lozim. Bunday choralar ish qoʻzgʻatilgunga qadar ham, qoʻzgʻatilganidan soʻng ham va, nafaqat ishni koʻrayotgan sud tomonidan, balki dalillarni taʼminlash boʻyicha sud topshirigʻi yuborilgan sud tomonidan ham koʻrilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan sudga taqdim etilgan, ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan maʼlumotlarni oʻzida saqlagan audio- yoki videoyozuvlar, elektron pochta yoki boshqa axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda amalga oshirilgan yozishmalar sud tomonidan boshqa dalillar majmuida baholanishi lozim. Audio- yoki videoyozuvni taqdim etgan yoki uni talab qilib olish toʻgʻrisida iltimosnoma bergan shaxs, yozuv qachon, kim tomonidan va qanday sharoitlarda (holatlarda) amalga oshirilganligini koʻrsatishi shart, mazkur yozuvni amalga oshirgan shaxs esa, zarurat vujudga kelganda, sud majlisida soʻroq qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kuzatuv kameralari videoyozuvlari, bunday yozuvlar amaldagi qonun hujjatlarini buzmagan holda amalga oshirilgandagina, maqbul dalillar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan hujjatning yoki taqdim etilgan audio-videoyozuvning qalbaki ekanligi toʻgʻrisida arz qilingan taqdirda, sud mazkur arizani tekshirish uchun tegishli ekspertiza tayinlashi yoki boshqa dalillar talab qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Sudlarga tushuntirilsinki, ekspert xulosasidan, agar u FPK talablariga qatʼiy muvofiq holda tayinlangan va oʻtkazilgan sud ekspertizasi natijasi boʻyicha tuzilgan boʻlsa, mustaqil isbotlash vositasi turi sifatida foydalanilishi mumkin. Protsessual qonun talablariga rioya qilinmagan holda olingan har qanday boshqa xulosalar isbotlash vositasi sifatida foydalanilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taraf tadqiqot predmetini (zarur materiallar va hujjatlarni) ekspertga berishdan yoki ekspertiza oʻtkazilishida shaxsan ishtirok etishdan uzrli sabablarsiz bosh tortganda, sud qaysi taraf uzrli sabablarsiz ekspertizadan bosh tortganligi, shuningdek uning uchun oʻtkazilmay qolgan ekspertiza qanday ahamiyatga ega ekanligidan kelib chiqib, aniqlanishi uchun ekspertiza tayinlangan fakt aniqlangan yoki rad etilgan deb topishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Qonun boʻyicha dalillarni tekshirish deganda, dalilni boshqa dalillar yordamida tekshirish, shuningdek, agar taqdim etilgan dalillarda qarama-qarshiliklar boʻlsa, ularni aniqlash va bartaraf etish tushuniladi. Sud ish boʻyicha qaror qabul qilishda sud muhokamasi davrida tekshirilmagan dalillarga havola qilishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, qonunda shaxsiy yozishmalar, telegraf va boshqa xabarlarni ochiq sud majlisida eshittirish yoʻli bilan tekshirishga, faqat shu yozishma, telegraf va boshqa xabarlarni oʻzaro yozishgan shaxslar roziligi bilan yoʻl quyilishi mumkinligini nazarda tutuvchi maxsus qoidalar belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. FPK 80-moddasining birinchi qismiga muvofiq, sud ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan barcha holatlarni sud majlisida har taraflama, toʻliq va xolis koʻrib chiqqandan soʻng, dalillarga oʻz ichki ishonchiga asoslanib baho beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Har bir dalil aloqadorlik, maqbullik va ishonchlilik nuqtai nazaridan, dalillar majmui esa — yetarlilik nuqtai nazaridan baholanishi lozim. Dalillarga baho berish mantiqiy, haqiqiy holatga muvofiq boʻlishi, baho berish natijalari esa, sud hujjatida aks ettirilishi lozim. Agar sud hujjat qalbaki degan xulosaga kelsa, uni dalillar qatoridan chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, FPK 80-moddasining toʻrtinchi qismiga muvofiq, hech bir dalil sud uchun oldindan belgilab qoʻyilgan kuchga ega emas. Dalil, agar u ishning haqiqiy holatlariga muvofiq boʻlsa, sud tomonidan qabul qilinadi, yoki, agar ularga muvofiq boʻlmasa, rad qilinadi. Biror-bir dalilni uning ishonchsizligi sababli rad etganda, sud shu masala boʻyicha oʻz nuqtai nazarini asoslashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspert (ekspertlar komissiyasi) xulosasi ham sud uchun oldindan belgilab qoʻyilgan kuchga ega emas va ish boʻyicha boshqa dalillar majmuida baholanishi lozim. Ekspert (ekspertlar komissiyasi) xulosasi bilan kelishmasa, sud oʻzining kelishmasligi sabablarini sud hujjatida asoslashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Muqaddam qabul qilingan sud hujjati bekor qilinganidan soʻng ishni qaytadan koʻrishda, agar yangi sud majlisida guvohning ishtirok etishi imkoni boʻlmasa (betobligi oqibatida, uzoq xizmat safari va boshqalar) sud ilgarigi sud majlisida soʻroq qilingan guvohning koʻrsatuvlarini, shuningdek oldingi sud majlislarida daʼvoni taʼminlash (FPK 78-moddasi) va sud topshirigʻi (FPK 103, 104-moddalari) tartibida olingan yozma dalillarni oʻqib eshittirishga va boshqa dalillar majmuida baholashga haqlidir. Bunda shuni nazarda tutish lozimki, mazkur qoida taraflar va ishda ishtirok etuvchi shaxslar tushuntirishlariga nisbatan qoʻllanilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 2-oktabrdagi “Fuqarolik ishlarini koʻrishda sudlar tomonidan dalillarga oid qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi 11-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi K. KAMILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Plenum kotibi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi I. ALIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 19-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35-son