Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.Qoʻchqorovga “Qashqadaryo viloyati bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazida dori vositalari va tibbiy buyumlar taʼminoti sohasidagi muammolarni bartaraf etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻrovi haqida
“Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J. Qoʻchqorovning “Qashqadaryo viloyati bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazida dori vositalari va tibbiy buyumlar taʼminoti sohasidagi muammolarni bartaraf etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻroviga yozma javobi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2018-yil 24-oktabr,
2083-III-son