Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining delegatsiyasini Qirgʻiz Respublikasiga yuborish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Qonunchilik palatasining quyidagi deputatlari 2018-yil 1-sentabrda Oʻsh shahrida umumtaʼlim maktabi ochilishi marosimida ishtirok etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining parlament delegatsiyasi tarkibida Qirgʻiz Respublikasiga yuborilsin:
|
1. |
Hamrakulov Abdullajon Kadirovich |
— |
Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasining aʼzosi |
|
2. |
Dadaxodjayeva Muxarram Zsanullayevna |
— |
Fuqarolarning sogʻligini saqlash masalalari qoʻmitasi |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi N. Yoʻldoshev parlament delegatsiyasining rahbari ekanligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligidan D. Hamraqulov va M. Dadaxodjayevaga diplomatik pasportlar oʻz vaqtida berilishini taʼminlash, shuningdek Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlarining Qirgʻiz Respublikasida boʻlishi davomida tashkiliy masalalarni hal etishda ularga Bishkek shahridagi Oʻzbekiston Respublikasi Elchixonasi orqali koʻmaklashsin.
3. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyatidan Toshkent — Andijon — Toshkent yoʻnalishi boʻyicha temir yoʻl biletlarini band qilib qoʻyish va sotib olishda koʻmaklashish hamda A. Xamraqulov va M. Dadaxodjayevaga Toshkent shahri vokzalining “VIP” zali orqali xizmatlar uchun haq olmasdan xizmat koʻrsatilishini tashkil etish soʻralsin.
4. Andijon viloyati hokimligi tashkiliy masalalarni hal etishda hamda A. Hamraqulov va M. Dadaxodjayevaning Qirgʻiz Respublikasiga safari chogʻida zarur yordam koʻrsatsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2018-yil 29-avgust,
1930-III-son