24.10.2018 yildagi 2081-III-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mening fikrim” veb-portali orqali kelib tushgan “Tumanlar va shaharlar koʻchalarida vaqt oʻtishini teskari hisoblovchi svetoforlar oʻrnatish maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida”gi elektron jamoaviy murojaatni koʻrib chiqish natijalari haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga “Mening fikrim” veb-portali orqali “Tumanlar va shaharlar koʻchalarida vaqt oʻtishini teskari hisoblovchi svetoforlar oʻrnatish maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida”gi elektron jamoaviy murojaat (bundan buyon matnda jamoaviy murojaat deb yuritiladi) kelib tushdi. 10 000 dan ziyod ovoz toʻplagan ushbu jamoaviy murojaatda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida oʻrnatilgan amaldagi transport va piyodalar svetoforlarini vaqt oʻtishini teskari hisoblovchi indikatorlar bilan jihozlangan transport va piyodalar svetoforlariga bosqichma-bosqich almashtirish haqidagi taklif bayon etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash davlat siyosatining ustuvorliklaridan biridir. Mustaqillik yillarida Oʻzbekiston Respublikasining bir qator qonunlari, shu jumladan “Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilindi. Oʻzbekiston yoʻl harakati toʻgʻrisidagi konvensiyaga (Vena, 1968-yil 8-noyabr), Yoʻl belgilari va signallari toʻgʻrisidagi konvensiyaga (Vena, 1968-yil 8-noyabr), Yuklarni xalqaro yoʻllarda tashish shartnomasi toʻgʻrisidagi konvensiyaga (YUTSHK) (Jeneva, 1956-yil 19-may) va boshqa shu kabi muhim xalqaro shartnomalarga qoʻshildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi doirasida yoʻl harakati xavfsizligini ishonchli taʼminlash sohasida kompleks tashkiliy-amaliy chora-tadbirlar samarali amalga oshirilmoqda. 2017-yil 11-iyulda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3127-sonli Qarori qabul qilindi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-mayda qabul qilingan 377-sonli Qarori bilan “2018 — 2022-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash konsepsiyasi” hamda ushbu Konsepsiyani amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” tasdiqlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlarining yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlashga doir ishlarini tashkil etishning sifat jihatidan yangi tartibi belgilandi, yoʻl-transport hodisalarini profilaktika qilish tizimi takomillashtirildi, yoʻl harakatini nazorat qilishning yuqori samaradorligini, huquqbuzarliklarni oʻz vaqtida aniqlash va ularga chek qoʻyish imkoniyatini taʼminlovchi yoʻl harakatini avtomatlashtirilgan tarzda tartibga solish tizimi kengaytirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoʻl harakati qoidalari buzilishlarining videokuzatuvi va ularni qayd etish tizimidan keng foydalanilmoqda. Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlashning va transport vositalari hamda yoʻllarning texnik holatini yaxshilashning barqaror huquqiy asoslarini yaratish, yoʻl infratuzilmalarini rivojlantirish va yangi inshootlar qurish, yoʻl harakati ishtirokchilarining malakasi hamda madaniyatini yuksaltirish va huquqbuzarliklarning oldini olishga doir profilaktika ishlarining taʼsirchanligini oshirish boʻyicha tizimli va izchil chora-tadbirlar koʻrilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, koʻrilayotgan chora-tadbirlarga qaramay, mamlakatimizda har yili 10 mingdan ziyod yoʻl-transport hodisasi roʻy berib, ular natijasida ikki mingdan ortiq kishi halok boʻlmoqda. Yoʻl-transport hodisalarining yarmidan koʻpi piyodalarni urib ketish bilan bogʻliq. Yoʻl harakati ishtirokchilari tomonidan harakat qoidalarini qoʻpol ravishda mensimaslik, haydovchilarning haydash malakasi va madaniyati pastligi yoʻl-transport hodisalarining asosiy sabablaridir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro tajriba tahlili shuni koʻrsatadiki, koʻpgina mamlakatlarda (Germaniya, Rossiya, Buyuk Britaniya, Daniya, Polsha, Chexiya, Shveysariya, Finlyandiya, Tailand va hokazo) vaqt oʻtishini teskari hisoblovchi indikatorlar bilan jihozlangan svetoforlar keng qoʻllaniladi. Xorijiy mamlakatlarda oʻtkazilgan tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, vaqt oʻtishini teskari hisoblovchi indikatorlar bilan jihozlangan svetoforlar chorrahalar xavfsizligini oshiradi, avariyalar sodir boʻlishini hamda tirbandliklar yuzaga kelishi ehtimolini kamaytiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekistonda oddiy svetoforlarni vaqt oʻtishini teskari hisoblovchi indikatorlar bilan jihozlangan svetoforlarga bosqichma-bosqich almashtirish yuzasidan chora-tadbirlar koʻrilmoqda. Chunonchi, hozirgi paytda mavjud 1943 ta svetofordan 563 tasi (28%) vaqt oʻtishini teskari hisoblovchi indikatorlar bilan taʼminlangan. Bu yil mamlakatimiz boʻyicha 85 ta shunday svetofor oʻrnatish, shu jumladan 20 tasini poytaxtda oʻrnatish rejalashtirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, 1986 va 1991-yillarda qabul qilingan amaldagi “Yoʻl harakatini tashkil etishning texnik vositalari”, “Svetoforlar” davlat standartlari ancha eskirgan hamda yoʻl harakatining tegishli tarzda tartibga solinishini taʼminlamaydi. Shu sababli ilgʻor xalqaro va xorijiy tajribani hisobga olgan holda ushbu sohada yangi davlat standartlarini qabul qilish zarurati mavjud.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida bayon etilganlarni inobatga olgan holda elektron jamoaviy murojaatni koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi uch oylik muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Serqatnov chorrahalardagi amaldagi transport va piyodalar svetoforlarini vaqt oʻtishini teskari hisoblovchi indikatorlar bilan jihozlangan transport va piyodalar svetoforlariga bosqichma-bosqich almashtirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar rejasi manfaatdor vazirliklar va idoralar tomonidan mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangilangan “Yoʻl harakatini tashkil etishning texnik vositalari”, “Svetoforlar” standartlari tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan ilgʻor xalqaro va xorijiy tajriba hisobga olingan holda ishlab chiqilishi hamda tasdiqlanishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi ushbu Qarorning mohiyati ijrochilarga yetkazilishini hamda ahamiyati aholining keng qatlamlari oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Qaror “Mening fikrim” veb-portaliga joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 24-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2081-III-son