Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining quyidagi kun tartibi tasdiqlansin:
1. “Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar toʻgʻrisida”gi QL-604-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi oʻqish).
2. “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-670-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi oʻqish).
3. “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-676-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi oʻqish).
4. “Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 291-moddasiga oʻzgartish kiritish haqida”gi QL-678-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (birinchi oʻqish).
5. QL-670 va QL-678-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari loyihalarini birlashtirish toʻgʻrisida.
6. “Byurokratik toʻsiqlar yanada qisqartirilishi hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga zamonaviy boshqaruv tamoyillari joriy qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida.
7. Namangan viloyatining Namangan shahri tarkibida Davlatobod tumanini tashkil etish toʻgʻrisida.
8. Toshkent viloyati Zangiota, Quyichirchiq, Yangiyoʻl va Oʻrtachirchiq tumanlarining, Toshkent shahri Sergeli va Bektemir tumanlarining, shuningdek Toshkent viloyati va Toshkent shahrining chegaralarini oʻzgartirish hamda Toshkent shahri tarkibida Yangihayot tumanini tashkil etish toʻgʻrisida.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi A.A. Abduxakimovga “Mamlakatimizdagi moddiy madaniy meros obyektlari va YUNESKO Umumjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan hududlar muhofazasini kuchaytirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻrovini yuborish haqida.
10. Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri O. Nazarbekovning “Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi madaniy meros obyektlarini YUNESKOning Umumjahon madaniy merosi roʻyxatiga hamda Insoniyat nomoddiy madaniy merosining reprezentativ roʻyxatiga kiritish boʻyicha takliflar tayyorlash, bu borada xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻroviga javobi haqida.
11. Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktori D. Sattarovning “Import mahsulotlarini bojxona tekshiruvidan oʻtkazish tizimini yanada qulaylashtirish maqsadida viloyatlarda agentlikning maxsus laboratoriyalarini tashkil etish borasida olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻroviga javobi haqida.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2020-yil 8-sentabr,
441-IV-son