Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
“Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi QL-620-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi QL-620-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Fuqarolarning sogʻligʻini saqlash masalalari qoʻmitasi qabul qilingan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini bir oy ichida maromiga yetkazsin va uchinchi oʻqishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi oʻrinbosari A. SAIDOV
Toshkent sh.,
2020-yil 30-mart,
200-IV-son