Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
QL-363, QL-367, QL-378, QL-403, QL-406, QL-409 va QL-411-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari loyihalarini birlashtirish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Ikkinchi oʻqishda qabul qilingan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018-yil 24-mayda kiritilgan “Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 178-moddasiga oʻzgartish kiritish haqida”gi QL-363-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018-yil 30-mayda kiritilgan “Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga qoʻshimchalar kiritish haqida”gi QL-367-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018-yil 20-iyunda kiritilgan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-378-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan 2018-yil 8-avgustda kiritilgan “Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 1981 va 287-moddalariga oʻzgartish va qoʻshimcha kiritish haqida”gi QL-403-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018-yil 29-avgustda kiritilgan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-406-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan 2018-yil 30-avgustda kiritilgan “Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi QL-409-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan 2018-yil 30-avgustda kiritilgan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi QL-411-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jamoat xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” degan yangi nom bilan bitta qonun loyihasiga birlashtirilsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2018-yil 12-sentabr,
1994-III-son