Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
“Tezkor-qidiruv faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 10-moddasiga oʻzgartish va qoʻshimcha kiritish haqida”gi QL-583-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2019-yil 22-oktabrda kiritilgan “Tezkor-qidiruv faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 10-moddasiga oʻzgartish va qoʻshimcha kiritish haqida”gi QL-583-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2019-yil 29-oktabr,
2847-III-son