24.10.2019 yildagi 2841-III-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktori D. Sattarovning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi parlament soʻroviga javobi haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2019-yil 18-oktabrdagi “Milliy standartlarni xalqaro talablarga moslashtirish, mahsulot sifati va xavfsizligini taʼminlash, sinov laboratoriyalarini rivojlantirish va oʻlchash vositalarini qiyoslashda aholiga qulayliklar yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek bu sohadagi mavjud muammolarni bartaraf etish boʻyicha koʻrilayotgan choralar toʻgʻrisida”gi 2817-III-sonli Qaroriga asosan yoʻllangan parlament soʻrovi yuzasidan Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktori D. Sattarovning javobini muhokama etib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi shuni taʼkidlaydiki, keyingi yillarda respublikamizda milliy standartlarni xalqaro talablarga moslashtirish, mahsulot sifati va xavfsizligini taʼminlash borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, “Oʻzstandart” agentligi tomonidan 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish maqsadida texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohalaridagi ishlar samaradorligini tubdan yaxshilash yuzasidan zarur chora-tadbirlar koʻrilmoqda. Bunda amaldagi milliy standartlarni xalqaro talablar bilan uygʻunlashganlik darajasini maqsadli koʻrsatkichlarga yetkazish uchun joriy yilda 2,1 mingta xalqaro standart qabul qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilish va qurilish materiallari sohasida 2019-yil uchun belgilangan 340 ta standartdan oʻtgan davrda 173 tasi qabul qilingan va yana 167 tasining yil yakuniga qadar qabul qilinishi belgilangan. Elektrotexnika sohasida rejadagi 229 ta xalqaro standart (ISO, IEC, EN), oziq-ovqat sanoati sohasida rejadagi 158 ta xalqaro standart (CODEX STAN, ISO, UNECE, EN) toʻliq qabul qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek milliy mahsulotlarimizning sifatini va raqobatbardoshligini oshirish maqsadida yengil sanoat mahsulotlariga oid 100 ta, charm mahsulotlariga oid 60 ta, metallurgiya mahsulotlariga oid 33 ta xalqaro standart qabul qilish ishlari olib borilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzstandart” agentligi tizimidagi mavjud laboratoriyalarni modernizatsiyalash, sinov bazasini yangilash uchun 2019-yilning 9 oyida 4,1 mlrd. soʻmlik zamonaviy sinov uskunalari xarid qilinib, laboratoriyalarda qoʻshimcha 140 dan ziyod sinov uslubi joriy etilgan. Yil oxiriga qadar jami 9,5 mlrd. soʻmlik 123 dona uskuna xarid qilish hamda laboratoriyalarda 300 ga yaqin sinov uslubini oʻzlashtirish rejalashtirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzstandart” agentligi tashabbusi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-avgustdagi 698-sonli qarori qabul qilingan. Unga koʻra, joriy yilning 1-noyabridan yuridik va jismoniy shaxslarning energiya manbalarini hisobga olish uskunalarini echish, qiyoslash va oʻrnatish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning yangi shaffof tizimi joriy etilgan. Natijada hisoblagichlarning qiyoslash muddatlari davriyligi 4 yildan 8 yilgacha uzaytirilgan, hisobga olish uskunalarini echish, oʻrnatish hamda taʼmirlashni taʼminotchi korxona tomonidan toʻliq amalga oshirish, hisobga olish uskunalarini echish, oʻrnatish va qiyoslash uchun fuqarolarga respublika boʻyicha yagona toʻlovni joriy qilish kabi muhim masalalar belgilab berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, sohadagi oʻz yechimini kutayotgan muammolar parlament soʻrovida qayd etilgan masalalarga eʼtiborni kuchaytirish, xalqaro talablar asosida qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan “Oʻzstandart” agentligi tomonidan tegishli chora-tadbirlarni belgilash zarurligini koʻrsatmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 12-moddasiga va “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻrovi yuzasidan Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktori D. Sattarovning javobi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Oʻzstandart” agentligiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy standartlarni xalqaro standartlarga moslashtirish, oʻlchash vositalarini qiyoslashda aholiga qulayliklar yaratish, bu sohadagi mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan aniq choralar koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasini tizimli oʻrganishlar asosida mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan kompleks tadbirlar belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Standartlashtirish toʻgʻrisida”gi, “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish toʻgʻrisida”gi, “Muvofiqlikni baholash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga amaliyotdan kelib chiqqan holda tegishli oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi takliflarni belgilangan tartibda kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda fuqarolarning hayotiga, sogʻligʻiga yoki mol-mulkiga zarar yetkazish xavfi mavjud boʻlgan, respublikada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga nisbatan xavfsizlik talablarini belgilovchi 42 ta texnik reglamentni xalqaro talablar asosida qabul qilish ishlarini tashkil etish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 24-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2841-III-son