Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
“Xususiy bandlik agentliklari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018-yil 13-martda kiritilgan “Xususiy bandlik agentliklari toʻgʻrisida”gi QL-343-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi va “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-344-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi “Xususiy bandlik agentliklari toʻgʻrisida” degan yangi nom bilan bitta qonun loyihasiga birlashtirilsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2018-yil 6-sentabr,
1979-III-son