Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining quyidagi kun tartibi tasdiqlansin:
1. “Fan toʻgʻrisida”gi QL-407-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi oʻqish).
2. “Jazoni ijro etish muassasalaridan boʻshatilgan shaxslar ustidan ichki ishlar organlarining maʼmuriy nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi QL-408-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (birinchi oʻqish).
3. “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-416-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi oʻqish).
4. “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-419-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi oʻqish).
5. “Turizm toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi QL-422-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (birinchi oʻqish).
6. “Oʻzbekiston Respublikasining Konsullik ustaviga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-425-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi oʻqish).
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikerining oʻrinbosari N. UMAROV
Toshkent sh.,
2018-yil 9-oktabr,
2057-III-son