Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
“Xususiy bandlik agentliklari toʻgʻrisida”gi (Rekruting faoliyati toʻgʻrisida) QL-343-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018-yil 13-martda kiritilgan “Rekruting faoliyati toʻgʻrisida”gi QL-343-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi “Xususiy bandlik agentliklari toʻgʻrisida” degan yangi nom bilan ikkinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2018-yil 6-sentabr,
1977-III-son