Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A. Abduxakimovga “Oʻzbekiston Respublikasida onkologik bemorlarga tibbiy yordam koʻrsatishni yanada takomillashtirish, xususan, mintaqalararo xospislarni tashkil etish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻrovini yuborish haqida
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 12-moddasi va “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasining Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A. Abduxakimovga “Oʻzbekiston Respublikasida onkologik bemorlarga tibbiy yordam koʻrsatishni yanada takomillashtirish, xususan, mintaqalararo xospislarni tashkil etish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻrovini yuborish haqidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Mazkur Qaror va parlament soʻrovi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A. Abduxakimovga yuborilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari N. UMAROV
Toshkent sh.,
2019-yil 22-oktabr,
2828-III-son