Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
“Oʻzbekiston Respublikasining Konsullik ustaviga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-425-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018-yil 26-sentabrda kiritilgan “Oʻzbekiston Respublikasining Konsullik ustaviga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-425-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun qabul qilish mumkinligi toʻgʻrisidagi Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasining xulosasi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi ushbu qonun loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlisida birinchi oʻqishda koʻrib chiqish uchun tayyorlasin.
3. Koordinatsionnoy gruppe po organizatsii rassmotreniya zakonoproyektov i proyektov drugix normativno-pravovix aktov obespechit dalneysheye soprovojdeniye ukazannogo zakonoproyekta na vsex stadiyax ego podgotovki, rassmotreniya, a takje prinyatiya v Zakonodatelnoy palate.
Spiker Zakonodatelnoy palati Oliy Majlisa Respubliki Uzbekistan N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2018-yil 4-oktabr,
2052-III-son