Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
“Xususiy bandlik agentliklari toʻgʻrisidagi”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi ikkinchi oʻqishda qabul qilingan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018-yil 13-martda kiritilgan “Xususiy bandlik agentliklari toʻgʻrisidagi”gi QL-343-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini va “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-344-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini “Xususiy bandlik agentliklari toʻgʻrisida” degan yangi nom bilan bitta qonun loyihasiga birlashtirsin hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi kun tartibiga kiritish uchun Qonunchilik palatasi Kengashiga taqdim etsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2018-yil 5-sentabr,
1967-III-son