Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi direktorining
buyrugʻi
“Oʻzbekiston Respublikasi davlat arxivlari oʻquv xonalarida foydalanuvchilarning ishlash qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 22-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1053-3]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-noyabrdagi 706-son “Arxiv ishi va ish yuritish sohasiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
“Oʻzarxiv” agentligi direktori U.M. YUSUPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 18-dekabr,
254-son
Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi direktorining 2020-yil 18 dekabrdagi 254-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasining 2001-yil 29-iyundagi 11-son “Oʻzbekiston Respublikasi davlat arxivlari oʻquv xonalarida foydalanuvchilarning ishlash qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1053, 2001-yil 20-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2001-y., 14-son).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasining 2002-yil 22-maydagi 11-son “Oʻzbekiston Respublikasi davlat arxivlari oʻquv xonalarida foydalanuvchilarning ishlash qoidalariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1053-1, 2002-yil 17-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-y., 11-12-son).
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligining 2008-yil 28-apreldagi 11-son “Oʻzbekiston Respublikasi davlat arxivlari oʻquv xonalarida foydalanuvchilarning ishlash qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1053-2, 2008-yil 28-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 22-23-son, 207-modda).
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.12.2020-y., 10/20/1053-3/1652-son)