18.05.2020 yildagi 274-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi KENGAShINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ular oʻrtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan vazifalar ijrosi ustidan taʼsirchan parlament nazoratini amalga oshirish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻnggi yillarda mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatining huquqiy asoslari mustahkamlanib, yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ular oʻrtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, yosh oilalar mustahkamligini taʼminlash, yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jumladan, yoshlarni madaniyat, sanʼat va sportga keng jalb etish, ularda zamonaviy axborot texnologiyalaridan toʻgʻri foydalanish koʻnikmasini shakllantirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, xotin-qizlar bandligini taʼminlash boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan vazifalarni oʻz ichiga olgan besh muhim tashabbus amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun ijodkorligi va parlament nazoratini amalga oshirish jarayonida yoshlarning faol ishtirok etishini yanada kengaytirish, ularning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida qonunlar qabul qilinishi jarayonini hamda fraksiyalararo raqobat va tortishuvlar asosida oʻtadigan majlislarni oʻz koʻzi bilan koʻrishi, deputatlar bilan muloqot qilishi uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlarning jamiyat va davlat ishlarini boshqarishdagi oʻrni va taʼsirini amalda taʼminlash, ularning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy faolligini qoʻllab-quvvatlash, zamonaviy dunyoqarash, bilim va koʻnikmaga ega yoshlarning bilimlarini va demokratik koʻnikmalarini yanada oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida Yoshlar masalalari boʻyicha komissiya tashkil etilib, uning faoliyat yoʻnalishlari belgilab olindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, bugungi kunda yoshlarning bandligini taʼminlash, ularni tadbirkorlikka keng jalb etish, yoshlar oʻrtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning huquqiy immunitetini mustahkamlash masalalari dolzarb boʻlib qolmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilardan kelib chiqib, yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish hamda ular oʻrtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish boʻyicha olib borilayotgan ishlar ustidan taʼsirchan parlament nazoratini amalga oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi raisi E. Salixov hamda Yoshlar masalalari boʻyicha komissiyasi raisi A. Aslonovning “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2019-yil 27-dekabr kuni mamlakat yoshlari bilan videoselektor tarzida oʻtkazilgan yigʻilish Bayonida Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga tavsiya etilgan masalalar yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Yoshlar oʻrtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, ularning huquqiy madaniyatini yuksaltirish hamda vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan Chora-tadbirlar rejasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi raisi E. Salixov hamda Yoshlar masalalari boʻyicha komissiyasi raisi A. Aslonov zimmasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida 2020-yilda yoshlarga oid davlat siyosatini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan Chora-tadbirlar dasturida belgilangan tegishli vazifalarning ijrosi ustidan parlament nazoratini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlar oʻrtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan vazifalar ijrosini qatʼiy nazoratga olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish borasidagi ishlarni tizimli yoʻlga qoʻyish va amalga oshiriladigan chora-tadbirlarni mavofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashiga bu borada amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan maʼlumot kiritib borish vazifalari yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari va qoʻmitalar Chora-tadbirlar rejasida nazarda tutilgan tadbirlarning oʻz vaqtida hamda sifatli bajarilishini taʼminlash tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Yoshlar masalalari boʻyicha komissiyasi raisi A. Aslonov zimmasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlar masalalariga oid qonun hujjatlarining ijro etilishi holatini oʻrganish davomida sohaga oid qonun hujjatlarida aniqlangan boʻshliq, kamchilik va muammolarni bartaraf etish yuzasidan takliflar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlar oʻrtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish boʻyicha samarali mexanizmlarni joriy etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
besh tashabbus doirasida yoshlarning boʻsh vaqtlaridan unumli foydalanishi uchun koʻrilayotgan chora tadbirlarga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlar masalalariga oid qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish hamda bu sohadagi Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining bajarilishini taʼminlashga koʻmaklashish vazifalari yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari A. Xaitov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 18-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
274-IV-son