01.06.2020 yildagi 293-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiNING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining 2020-yil birinchi choragidagi ijrosi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining 2020-yil birinchi choragidagi ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni koʻrib chiqdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgarmalari budjetlarining joriy yil birinchi choragidagi ijrosi mamlakatda iqtisodiyotning barqaror oʻsish surʼatlarini taʼminlashga xizmat qildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil birinchi choragi yakunlariga kura mamlakat yalpi ichki mahsulotining (YIM) hajmi 110,5 trln, soʻmni tashkil etib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 4,1 foizga oʻsgan. Davlat budjetining daromadlari 28 506,1 mlrd, soʻmni, xarajatlari esa 27 661,8 mlrd, soʻmni tashkil etdi. Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeta 844,3 mlrd, soʻm miqdorida yoki yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,7 foiz miqdorida profitsit bilan ijro etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida iqtisodiy va ijtimoiy sohalarni rivojlantirish uchun 2020-yilning birinchi choragida jami moliyalashtirish manbalari hisobidan 33,4 trln, soʻm qiymatidagi asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirilib, ularning 63,9 foizi yoki 21,4 trln, soʻmi jalb etilgan mablagʻlar hisobidan moliyalashtirilgan boʻlsa, korxonalar, tashkilotlar va aholining oʻz mablagʻlari hisobidan 36,1 foizi yoki 12,0 trln, soʻmi moliyalashtirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot davrida Davlat budjetining ijtimoiy yoʻnaltirilganligi saqlab qolingan holda, ijtimoiy xarajatlarni moliyalashtirish uchun 15 067,9 mlrd, soʻm yoki umumiy xarajatlarning 54,5 foizi miqdorida mablagʻ sarflangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamgʻarmasi orkali hududlardagi jamoat ishlariga jalb etilgan ishsizlar va band boʻlmagan shaxslarga 31,7 mlrd, sum miqdorida ish haqi toʻlangan. 
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy taʼsirini yumshatish borasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenta tomonidan qabul qilingan farmonlar va qarorlarda belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 344 mlrd. soʻm ajratilgan. Shuningdek hisobot davrida iqtisodiyot xarajatlariga 2,7 trln, soʻm, investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlariga 1,9 trln, soʻm miqdorida mablagʻ yoʻnaltirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga Davlat budjeti mablagʻlaridan maqsadli foydalanish borasida kamchiliklar ham mavjud. Davlat moliyaviy nazorat tadbirlari oʻtkazilgan 1 373 ta budjet tashkilotining 1 096 tasida 39,9 mlrd. soʻm miqtsoridagi moliyaviy xatoliklar, jumladan 8,9 mlrd. soʻm miqdoridagi pul mablagʻlari va moddiy boyliklar kamomadi hamda oʻzlashtirishlar va 30,9 mlrd. soʻm miqtsoridagi huquqbuzarliklarning boshqa turlari aniqlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot davrida Davlat budjeti daromadlari rejasi bajarilganligiga qaramay xarajatlarning jami 80 foizi amalga oshirilgan, shundan joriy xarajatlarning 87 foizi, kapitalning qoʻyilmalar esa 39 foizi moliyalashtirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, aksariyat birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar hamda davlat maqsadli jamgʻarmalari 2020-yil uchun Uzbekistan Respublikasining Davlat budjeti toʻgrisidagi Qonunida har chorak yakuni bilan keyingi chorak birinchi oyining 25-sanasiga qadar oʻz rasmiy veb-saytlarida oʻz tasarrufidagi budjet tashkilotlari kesimidagi mablagʻlar taqsimoti, moliyaviy hisobotlar, kapital qoʻyilmalar hisobidan amalga oshirilayotgan loyihalarning ijrosi hamda oʻtkazilgan tanlov (tender) savdolari va amalga oshirilgan davlat xaridlari toʻgʻrisidagi tegishli maʼlumotlarni joylashtirib borish talabini bajarmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu hisobot parlament quyi palatasidagi barcha siyosiy partiyalar fraksiyalarida va qoʻmitalarda dastlabki tarzda muhokama qilinganligini inobatga olgan holda, Uzbekistan Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining 2020-yil birinchi choragidagi ijrosi toʻgrisidagi hisobot tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koronavirus (COVID-19) pandemiyasi tufayli vujudga kelgan iqtisodiy inqiroz sharoitida makroiqtisodiy mutanosiblikni va iqtisodiyotning barqaror oʻsish surʼatlarini taʼminlash hamda aholini ijtimoiy himoya qilish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni tizimli ravishda davom ettirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgrisidagi Qonuni talablaridan kelib chiqqan holda, birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar hamda davlat maqsadli jamgʻarmalarining rasmiy veb-saytlarida budjet tashkilotlari kesimidagi mablagʻlar taqsimoti, moliyaviy hisobotlar, kapital qoʻyilma loyihalarining ijrosi hamda oʻtkazilgan tanlov (tender) savdolari va amalga oshirilgan davlat xaridlari toʻgʻrisidagi tegishli maʼlumotlar joylashtirib borilishini tashkil etish yuzasidan tizimli choralar koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet tashkilotlari va budjetdan mablagʻ oluvchilarning Davlat budjetida nazarda tutilgan xarajatlarini Davlat budjeta barqarorligini taʼminlagan holda oʻz vaqtida moliyalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet tashkilotlari va budjetdan mablagʻ oluvchilar tomonidan budjet mablagʻlarining maqsadli hamda samarali ishlatilishi, shuningdek birlamchi va joriy nazorat yuzasidan taʼsirchan tizimli choralar ishlab chiqish, vazirliklar hamda idoralardagi ichki audit va nazorat boʻlimlari faoliyatini tanqidiy koʻrib chiqish, ularning faoliyatini takomillashtirish hamda moliya organlari faoliyati bilan muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pandemiyaga qarshi kurashish uchun ajratilgan mablagʻlardan oʻz oʻrnida foydalanish va ularning maqsadli sarflanishi ustidan taʼsirchan nazorat oʻrnatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil uchun Uzbekistan Respublikasining Davlat budjeta toʻgʻrisidagi Qonunining 22-moddasi talablaridan kelib chiqib, budjet jarayonining shaffofligini taʼminlash maqsadida hisobotlarni birinchi darajali budjetni taqsimlovchilar va davlat maqsadli jamgʻarmalarining har biri boʻyicha kengaytirilgan maʼlumotlar asosida shakllantirish hamda xalqaro standartlarga muvofiq tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda moliya, soliq organlari hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar, shuningdek ularning hududiy boʻlinmalari oʻrtasida zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish orqali qoʻshimcha daromadlar manbalarini aniqlash hamda ularning toʻliq undirilishini taʼminlash borasida hamkorlik oʻrnatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliqlarning yigiluvchanlik darajasini oshirish, boqimonda qarzdorliklarni kamaytirish hamda ortiqcha toʻlovlarga yoʻl qoʻymaslik ishlarini tashkil etish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Siyosiy partiyalar fraksiyalariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgarmalari budjetlarining tegishli hisobot davridagi ijrosi masalalarini koʻrib chiqayotganda soliq solish bazasini koʻpaytirish hamda pandemiya sharoitida budjet mablagʻlaridan samarali foydalanish yuzasidan takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiy inqiroz sharoitida tadbirkorlik subyektlarini, shuningdek aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida ajratilayotgan mablagʻlardan samarali foydalanilishiga eʼtibor qaratish tavsiya etilsin. 
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Uzbekistan Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qoʻmitalari oʻz nazorat-tahlil faoliyatida, xususan, Uzbekistan Respublikasi Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining ijrosi bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqayotganda qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar hamda budjet mablagʻlaridan foydalanish natijadorligi va samaradorligini taʼminlash boʻyicha tavsiyalar kiritib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Uzbekistan Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatlariga joylarga chiqilganda pandemiya sharoitida mahalliy budjetlar daromadlarining bir maromda tushishini taʼminlash, soliqlar va yigʻimlarga doyr qarzdorlikka yoʻl qoʻymaslik, iqtisodiyot sohalaridagi faoliyat koʻrsatmayotgan korxonalarni tiklash yuzasidan xalq deputatlari Kengashlari, mahalliy davlat hokimiyati, soliq va moliya organlari bilan hamkorlikda tizimli choralar koʻrish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu qaror eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekistan Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 1-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
293-IV-son