Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining quyidagi kun tartibi tasdiqlansin:
1. Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasining 2019-yildagi faoliyatini moliyalashtirish manbalari toʻgʻrisidagi hisoboti haqida.
2. Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2019-yildagi faoliyatini moliyalashtirish manbalari toʻgʻrisidagi hisoboti haqida.
3. Oʻzbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining 2019-yildagi faoliyatini moliyalashtirish manbalari toʻgʻrisidagi hisoboti haqida.
4. Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasining 2019-yildagi faoliyatini moliyalashtirish manbalari toʻgʻrisidagi hisoboti haqida.
5. Oʻzbekiston Ekologik partiyasining 2019-yildagi faoliyatini moliyalashtirish manbalari toʻgʻrisidagi hisoboti haqida.
6. “Xalqaro tijorat arbitraji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida.
7. “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi QL-630-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (ikkinchi oʻqish).
8. “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi QL-620-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (ikkinchi oʻqish).
9. “Innovatsion faoliyat toʻgʻrisida”gi QL-615-sonli Oʻzbekiston Respublikasining qonuni loyihasi haqida (ikkinchi oʻqish).
10. “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-603-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi oʻqish).
11. “Jamoat joylarida chilim va elektron sigaretalar chekishni cheklash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish haqida”gi QL-373-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (ikkinchi oʻqish).
12. “Strategik rejalashtirish toʻgʻrisida”gi QL-596-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi oʻqish).
13. “Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi QL-637-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi oʻqish).
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi oʻrinbosari A. SAIDOV
Toshkent sh.,
2020-yil 30-mart,
191-IV-son