Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining
Qarori
Reabilitatsiya va mastlik holatida boʻlgan shaxslarga tibbiy yordam koʻrsatish punktlari toʻgʻrisidagi nizomning 14-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 21-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1050-2]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2023-yil 18-apreldagi 14-son va Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining 2023-yil 17-apreldagi 8-sonli ““Reabilitatsiya va mastlik holatida boʻlgan shaxslarga tibbiy yordam koʻrsatish punktlari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1050-3, 04.05.2023-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 12-sentabrdagi OʻRQ-567-son “Psixiatriya yordami koʻrsatish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligining 2001-yil 9-iyuldagi 4, 4-son qarori (roʻyxat raqami 1050, 2001-yil 18-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2001-y, 14-son) bilan tasdiqlangan Reabilitatsiya va mastlik holatida boʻlgan shaxslarga tibbiy yordam koʻrsatish punktlari toʻgʻrisidagi nizomning 14-bandidagi “ruhiy kasallik belgilari” degan soʻzlar “ruhiy holatning buzilishi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ichki ishlar vaziri P. BOBOJONOV
Toshkent sh.,
2020-yil 30-noyabr,
75-son
Sogʻliqni saqlash vaziri A. XADJIBAYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 30-noyabr,
132-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2020-y., 10/20/1050-2/1643-son)