Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri Sh. Shermatovning “Umumtaʼlim maktablarda oʻquvchilarning huquqiy bilimlarini oshirish hamda huquqiy bilimlarga doir oʻquv mashgʻulotlarining koʻlamini yanada kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi axborotini eshitish haqida
“Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 4 va 10-moddalariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri Sh. Shermatovning “Umumtaʼlim maktablarda oʻquvchilarning huquqiy bilimlarini oshirish hamda huquqiy bilimlarga doir oʻquv mashgʻulotlarining koʻlamini yanada kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi axborotini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining yalpi majlisida eshitish haqidagi Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasining taklifi qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi eshituvga tayyorgarlik koʻrilishini hamda oʻtkazilishini tashkil etsin.
3. Ushbu Qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuborilsin.
4. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2019-yil 18-oktabr,
2815-III-son