Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining quyidagi kun tartibi tasdiqlansin:
1. “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-636-sonli Oʻzbekiston Respublikasining qonuni loyihasi haqida (birinchi oʻqish).
2. “Oʻzbek tili bayrami kunini belgilash toʻgʻrisida”gi QL-638-sonli Oʻzbekiston Respublikasining qonuni loyihasi haqida (birinchi oʻqish).
3. “III va IV darajali “Sogʻlom avlod uchun” ordenini taʼsis etish toʻgʻrisida”gi QL-640-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi oʻqish).
4. “Sogʻlom avlod uchun” medalini taʼsis etish toʻgʻrisida”gi QL-642-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi oʻqish).
5. “Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi QL-641-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (birinchi oʻqish).
6. Xorazm viloyatining Hazorasp tumani chegaralarini oʻzgartirish va Tuproqqalʼa tumanini tashkil etish toʻgʻrisida.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Odob komissiyasini tuzish toʻgʻrisida.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Oila va ayollar masalalari boʻyicha komissiyasini tuzish toʻgʻrisida.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining qarorini tasdiqlash toʻgʻrisida.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2020-yil 23-mart,
171-IV-son