Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.03.2017 21.11.1995 yildagi 440-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.03.2017
Hujjat 21.11.1995 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼlim muassasalari toʻgʻrisidagi normativ hujjatlarni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-sonli “Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Taʼlim toʻgʻrisida” gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Umumtaʼlim maktabi toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gimnaziya toʻgʻrisidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, oʻzlariga qarashli umumtaʼlim maktablariga ega boʻlgan vazirliklar va idoralar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim toʻgʻrisidagi idoraviy normativ hujjatlarni uch oy muddatda mazkur qarorga muvofiq holga keltirsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1995/96 oʻquv yilida tasdiqlangan nizomlarni amalga oshirish yuzasidan zarur tashkiliy tadbirlarni amalga oshirsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Taʼlim va fan boʻlimiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1995-yil 21-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
440-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
1995-yil 21-noyabrdagi 440-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining umumtaʼlim maktabi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nizom
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I.Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston umumtaʼlim maktabi oʻz faoliyatida “Taʼlim toʻgʻrisida” gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, shu qonunga muvofiq qabul qilinadigan boshqa qonunchilik hujjatlariga va mazkur Nizomga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Umumiy taʼlim maktabi uzluksiz taʼlim tizimining asosiy boʻgʻini hisoblanadi va Oʻzbekiston Respublikasining barcha fuqarolariga davlat umumtaʼlimi andozalari doirasida bepul umumiy taʼlim olishning kafolatlangan huquqi va imkoniyatini beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Umumtaʼlim maktabi faoliyati demokratiya va insonparvarlik, hammaboplik, umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligi, xalqning ilmiy va madaniy anʼanalari, oʻqitishning dunyoviy xarakteri, siyosiy partiyalar va ijtimoiy-siyosiy harakatlar taʼsiridan xolilik, iqtidor va ilmni ragʻbatlantirish, oʻquvchi va pedagog shaxsini hurmat qilish tamoyillari asosiga quriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Umumtaʼlim maktabining asosiy maqsadi – oʻquvchilarni har tomonlama rivojlangan, madaniyatli shaxs sifatida shakllantirish, shuningdek, jamiyatda oʻzlarining mustaqil oʻrnini topish, ongli ravishda taʼlim va kasblar boʻyicha dasturlarni tanlash, ularni oʻzlashtirish uchun asos yaratish, jamiyat, oila va davlat oldida oʻz masʼuliyatlarini his qila oladigan shaxslarni tarbiyalashdan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Umumtaʼlim maktabi taʼlim-tarbiya ishlarini har bir shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini koʻzlagan holda amalga oshiradi, oʻquvchilarning har tomonlama kamol topishi uchun qulay shart-sharoitlar, shu jumladan, ularning oʻz ustida mustaqil ishlashlari hamda qoʻshimcha bilim olishlari uchun imkoniyatlar yaratilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Maktab taʼlim oluvchilarning ilmiy bilimlar, ishbilarmonlik asoslarini, mehnat va boshlangʻich kasb koʻnikmalarini egallashlarini, shuningdek, ularning oʻziga xos qobiliyatlari va axloqiy sifatlarini rivojlantirishni taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Maktab fuqarolarning milliy-madaniy ehtiyojlarini qondirishda koʻmaklashishga, milliy qadriyatlarning tiklanishiga, barcha millat vakillariga hurmat bilan munosabatda boʻlishni tarbiyalashga, yoshlarda fuqarolik tuygʻusini shakllantirishga, ularni mustaqil hayotga tayyorlashga daʼvat etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Davlat maktab faoliyati va uni rivojlantirishning ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy asosini kafolatlaydi, uning moddiy-texnik, moliyaviy va boshqa ehtiyojlarining qondirilishini taʼminlaydi, ilmiy-texnika va ijtimoiy taraqqiyot bilan bogʻliq ravishda oʻzgaruvchan taʼlim andozalarini, barcha turdagi umumtaʼlim maktablarida taʼlim darajali va oʻquv soatlari hajmiga qoʻyiladigan asosiy talablarni belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Umumtaʼlim maktabi mustaqil yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhrga, toʻrtburchakli shtampga va belgilangan namunadagi peshlavhaga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Maktab hokimiyat va boshqaruv organlari, ota-onalar va pedagogik jamoatchiligi oldida shaxsning taʼlimga boʻlgan konstitutsion huquqining amalga oshirilishi, taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etishning tanlangan shakllari oʻquvchilar yoshining ruhiy-fiziologik xususiyatlariga, sogʻliqni saqlash talablariga muvofiq kelishi, oʻquvchilar tomonidan oʻquv materiallarining qoʻyilgan talablar asosida sifatli oʻzlashtirilishi uchun masʼuldir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Maktab taʼlim berish tilini tegishli organlar bilan kelishgan holda, oʻz imkoniyatlaridan kelib chiqib oʻquvchilar va ota-onalar (yoki ularni oʻrnini bosuvchi shaxslar)ning istaklarini hisobga olib belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktabda taʼlim berilayotgan oʻz ona tillaridan tashqari oʻquvchilar davlat (oʻzbek, Qoraqalpogʻistonda – qoraqalpoq) tilini va xorijiy tillarni oʻrganishga majburdirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Umumiy taʼlimning hamma uchun tengligini taʼminlash, oʻquvchilarning qiziqishlari va qobiliyatlarini rivojlantirish uchun eng qulay shart-sharoitlar yaratish, oʻquvchilar ichidan eng iqtidorlilarni har xil turlari (maktab kompleks, litsey, gimnaziya, iqtidorli bolalar uchun maktab, katta yoshlilar taʼlim markazi va boshqalar) tashkil qilinishi mumkin. Ular oʻz faoliyatlarida mazkur Nizomga va oʻz nizomlari hamda ustavlariga amal qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktab turini tanlash uning Kengashi (pedkengash) tomonidan mahalliy hokimiyat va taʼlimni boshqarish organlari bilan kelishgan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Maktablarni tashkil qilish, qayta tashkil etish (turini oʻzgartirish), shuningdek, uning faoliyatini tugatish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 12-avgustdagi 406-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat taʼlim muassasalarini tashkil qilish, qayta tashkil etish va tugatish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ushbu Nizom asosida har bir maktab jamoaning xususiyatlari va taraqqiyot istiqbollarini, maktab jamoa aʼzolarining huquq va burchlarini, maktabning faoliyat qoidalarini belgilab beruvchi oʻz Ustavini ishlab chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Maktab Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 12-avgustdagi 406-son qarori bilan tasdiqlangan Taʼlim muassasalarini attestatsiyadan oʻtkazish va roʻyxatdan oʻtkazish, litsenziyalash toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq akkreditatsiya qilinganligini tasdiqlash maqsadida vaqti-vaqti bilan attestatsiyadan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Fuqarolarning xatlari, shikoyatlari va murojaatlarini koʻrib chiqish, shuningdek, fuqarolarni qabul qilishni tashkil etish Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi belgilangan tartibda olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Taʼlim-tarbiya jarayonining tuzilishi va uni tashkil qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.Umumiy taʼlim maktabi oʻqitish jarayonini oʻquvchilarni rivojlantirish umumtaʼlim dasturlarining uch bosqichi darajasiga muvofiq amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I bosqich – boshlangʻich taʼlim (4 yil);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II bosqich – tayanch taʼlim (5 yil);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III bosqich – oʻrta taʼlim (2-3 yil).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Turli bosqichdagi maktablar, shuningdek, kechki maktablar mahalliy sharoitlarni hisobga olgan alohida yoki yagona kompleks tashkil qilinishi va joylashtirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kechki maktablarni tashkil qilish uchun oʻquvchilar soni yetarli boʻlmagan taqdirda yoshlar uchun umumiy taʼlim maktabi negizida kunduzgi sinflar va sirtqi guruhlar ochilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Zarurat boʻlganda va kerakli shart-sharoitlar yaratilgan maktablar qoshida oʻquvchilar uchun tegishli shtat bilan internat (yotoqxonalar)lar, ixtiyoriylik asosida butlanadigan kuni uzaytirilgan yoki bir kunlik guruhlar tashkil qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Boshlangʻich taʼlim (I bosqich) oʻqish, yozish, hisoblash, oʻquv faoliyatining asosiy bilim va koʻnikmalari, nazariy fikrlash elementlari, nutq va xulq madaniyati asoslarini egallashni hamda shaxsiy gigiyena va sogʻlom turmush tarzini taʼminlashga daʼvat etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshlangʻich taʼlim tayanch taʼlim olish uchun asos hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Birinchi sinfga 6-7 yoshga toʻlgan, taʼlim olish uchun ruhan va jismonan tayyor boʻlgan, 5 va 6 yoshligida tibbiy-pedagogik komissiya va maktab ruhshunoslik xizmati koʻrigidan oʻtgan bolalar qabul qilinadi. Bolalarni qabul qilish, odatda, oʻquv yili boshlangunga qadar amalga oshiriladi va maktab boʻyicha buyruq bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tayanch taʼlim (II bosqich) oʻquvchi shaxsining shakllanishi, uning ijtimoiy oʻzligini anglashga boʻlgan istagi, qiziqishi va qobiliyatini taʼminlash uchun shart-sharoitlar yaratadi. Tayanch taʼlim oʻquvchilarni oʻrta taʼlimning xilma-xil turlarini tanlashga tayyorlaydi va mustaqil hayotga toʻla maʼnoda qoʻshilish uchun zarur boʻlgan umumiy taʼlim poydevorini yaratadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-sinf hajmidagi tayanch taʼlim majburiydir va u oʻquvchilarga oʻrta taʼlim muassasalarida, III bosqichdagi oʻrta taʼlimlarda, turli xil hunar hamda oʻrta maxsus oʻquv yurtlarida taʼlim olishni davom ettirish, xuddi shu kabi mehnat faoliyatini boshlab hamda uni istagi boʻlgan taqdirda kechki (smenali) oʻrta umumtaʼlim maktablarida, kattalarga taʼlim berish markazlarida oʻqishni davom ettirish imkoniyati bilan uygʻunlashtirish huquqini beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻrta taʼlim (III bosqich) oʻquvchilarga tabaqallashtirilgan va uygʻunlashtirilgan fanlar asosida umumiy oʻrta taʼlim berish jarayonini yakunlaydi. Asosiy fanlardan tashqari, oʻquvchilar xohish-istaklari va qiziqishlarini hisobga olib, ularning qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan qoʻshimcha fanlarni oʻqitishni tashkil qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III bosqich maktablariga oʻquvchilar tanlov asosida qabul qilinadi. (Maktab (pedkengashi) kengashi qaroriga koʻra kirish imtihonlari, test sinovlari yoki suhbat oʻtkaziladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli imkoniyatlar boʻlgan taqdirda Maktab (pedkengashi) kengashi oʻquvchilarning talab va istaklarini hisobga olgan holda maktabda bir yoki bir nechta kasbga yoʻnaltiruvchi taʼlimni joriy etish haqida qaror qabul qilishi mumkin (umumiy, ijtimoiy, fizika-matematika, Kimyo-biologiya, texnika, qishloq xoʻjaligi, badiiy yoʻnalishdagi va boshqalar).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu holatda mehnat tayyorgarligi taʼlim ixtisosi, milliy va mahalliy xususiyatlarni hisobga olgan holda tashkil qilinadi. Maktab (pedkengash) kengashi qaroriga koʻra u hamma oʻquvchilar uchun shart boʻlmagan kasb taʼlimi shaklida boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Yangi turdagi oʻquv muassasalari (gimnaziya, litsey, iqtidorli bolalar maktablari va boshqalarga) ga oʻquvchilar ularning ustavlari talablariga muvofiq qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston hududida istiqomat qilayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar umumiy taʼlim maktablariga umumiy asoslarda shartnomalar va bitimlar bilan belgilangan tartibda qabul qilinadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukumatlararo tuzilgan madaniy, ilmiy hamkorlik bitimlari va rejalari asosida umumiy taʼlim maktablariga qabul qilingan xorijiy fuqarolar, agar bitim bilan boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, respublika qonunlarida va mazkur Nizomda belgilangan huquqlardan foydalanadilar va majburiyatlar oladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Maktabdagi taʼlim-tarbiya ishlari Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan tasdiqlangan oʻquv rejalari va dasturlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻquv-tarbiya jarayoni Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilangan tegishli davlat taʼlimi andozalari darajasiga muvofiq oʻquvchilarga taʼlim beradigan, pedagogik jihatdan asoslangan oʻquv rejalari, dasturlari, vositalari va uslublari oʻqituvchi (tarbiyachi) tomonidan tanlab olingan asosga quriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Umumiy oʻrta taʼlimning ochiqligi va koʻp variantliligi, milliy va mintaqaviy anʼanalar hamda oʻziga xosligiga yoʻnaltirilganligi taʼlim mazmunini quyidagi tizimda shakllantirish orqali taʼminlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tayanch komponenti (Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan belgilanadi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maktab komponenti (xalq taʼlimini boshqarish mahalliy organlari bilan kelishgan holda Maktab (pedkengash) kengashi tomonidan belgilanadi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Davlat majburiy talablari doirasida oʻquv dasturini oʻzlashtira olmagan oʻquvchilarga yordam koʻrsatish uchun Maktab (pedkengash) kengashi tomonidan I va II bosqich sinflarida qoʻshimcha oʻqitish, pedagogik qoʻllab-quvvatlashning turli shakllari (umumiy soni 15 oʻquvchidan koʻp boʻlmagan korreksiya sinflari, tenglashtiruvchi sinflar va hokazo) tashkil etilishi mumkin, rivojlanishida jismoniy va ruhiy nuqsonlari boʻlgan bolalarni oʻqitish va tarbiyalash uchun esa Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari tomonidan I-II bosqichdagi maktablarning maxsus sinflari va maxsus umumtaʼlim muassasalari tashkil etiladi va faoliyat koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalar salomatligini tiklash sanatoriya turidagi muassasalarda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻquvchilarga tibbiy xizmat koʻrsatish shtatli yoki maktabga maxsus biriktirilgan tibbiyot xodimi tomonidan bajariladi. U maʼmuriyat bilan bir qatorda bolalarning sogʻligʻi va jismoniy rivojlanishi uchun masʼuldir. U tor doirasidagi mutaxassislar yordamida bolalar salomatligini yillik tekshiruvdan oʻtkazadi, davolash-profilaktika tadbirlarini amalga oshiradi, sanitariya-gigiyena normalariga, maktab oʻquvchilari ovqatlanishining tartibi va sifatiga, jismoniy va aqliy nagruzkalar oʻlchovlariga rioya qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktablarda taʼlim jarayonini ruhiy taʼminlashni ruhshunoslar amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Taʼlimning II va III bosqichlarida oʻqishlar imtihonlar bilan yakunlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktabda sinfdan-sinfga koʻchirish imtihonlari Xalq taʼlimi vazirligining tegishli buyrugʻi bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Oʻquvchilarni imtihonlarga kiritish, sinfdan-sinfga koʻchirish va maktabni bitirish Xalq taʼlimi vazirligining Yoʻriqnomasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Oʻquvchilar tibbiy komissiya xulosasiga asosan kasalligi tufayli sinfdan-sinfga koʻchirish va bitirish imtihonlaridan ozod qilinishi mumkin. Imtihonlardan ozod etishga huquq beradigan kasalliklar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Oʻquvchilarning II va III bosqich maktablarini bitirishlari va ularga tayanch taʼlim haqidagi guvohnomalar va oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi shahodatnoma berish tartibi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. II bosqich maktabi hajmida taʼlimni yakunlagan oʻquvchilarga asosiy (tayanch) taʼlim olganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma, alohida muvaffaqiyatlarga erishganlarga esa imtiyozli tayanch taʼlimi toʻgʻrisida guvohnoma topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III bosqich maktabi hajmida taʼlim olgan bitiruvchilarga oʻrta maʼlumot toʻgʻrisida shahodatnoma, alohida muvaffaqiyatlarga erishganlarga esa imtiyozli oʻrta maʼlumot toʻgʻrisida shahodatnoma topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Katta yoshlilar taʼlimi markazi maktabida oʻqish davrida biror kasb-hunarni oʻrganish imkoniyatiga ega boʻlgan bitiruvchilarga, ular malaka imtihonlarini topshirganlarida yoki sinovdan oʻtganlarida mazkur kasbga doir ishga kirishga asos boʻladigan kasb-korga doir mutaxassisligi koʻrsatilgan guvohnoma beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Bolalarni uy sharoitida oʻqitish umumtaʼlim maktablarining dasturlari boʻyicha davlat andozalari doirasida olib boriladi va keyinchalik eksternat tartibida attestatsiyadan oʻtkaziladi. Bunday hollarda oʻquvchilar ota-onalari yoki ular oʻrnini bosuvchi shaxslar oʻrtasida maktab, taʼlim boshqaruvining tegishli organlari bilan shartnoma tuziladi. Bunda tomonlarning iqtisodiy, huquqiy va boshqa majburiyatlari belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Maktab oʻz hududi (mikrorayoni) da yashovchi I-IX sinflarda oʻqishi lozim boʻlgan barcha bolalarni majburiy taʼlim olishga toʻliq jalb etish tadbirlarini amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tayanch maktabda boʻsh oʻrinlar boʻlgan taqdirda u unda oʻqishni xohlagan barcha bolalarni qabul qilishga majburdir. Agar maktabda oʻquvchilar soni juda koʻpayib ketsa, sinflarga yangi oʻquvchilarni qabul qilishda maktabga yaqin yashaydigan bolalar imtiyozga ega boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Birinchi, shuningdek, keyingi sinflarning soni Maktab (pedkengash) kengashi tomonidan tuman (shahar) xalq taʼlimi kengashi va hokimliklar bilan kelishilgan holda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I va II bosqich maktablari sinflarida va kuni uzaytirilgan guruhlarda oʻquvchilar soni 25 kishidan, III bosqich maktablarida esa 30 kishidan ziyod boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokimliklar qoʻshimcha mablagʻ ajratgan taqdirda, shuningdek, jalb qilingan budjetdan tashqari mablagʻlar hisobiga oʻquvchilari soni kam boʻlgan sinflar ochishga ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur hududda oʻquvchilar soni yetarli boʻlmagan taqdirda qishloq maktablari, sinflari soni va ularning oʻquvchilar bilan toʻldirilishi tuman (shahar) xalq taʼlimi kengashi tomonidan mahalliy sharoitlar va aholi ehtiyojiga qarab mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlari bilan kelishgan holda belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Malakali oʻqituvchilar va yetarli xonalarga ega boʻlgan barcha turdagi umumiy taʼlim maktablarida quyidagi fanlardan mashgʻulotlar oʻtkazish uchun sinflarni ikki guruhga boʻlib oʻqitishga ruxsat etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V-IX sinflardagi oʻquvchilar soni 25 va undan ziyod boʻlgan shahar maktablarida, oʻquvchilar soni 20 va undan ziyod boʻlgan qishloq maktablarida hamda X-XI (XII) sinflardagi oʻquvchilar soni 20 va undan ziyod boʻlgan shahar va qishloq maktablarida mehnat boʻyicha mashgʻulotlarda; tarmoq taʼlimi darslarida ham (VIII-IX sinflarda 1 soat, X-XI (XII) sinflarda 2 soat) faqat mehnat boʻyicha amaliy mashgʻulotlarda boʻlib oʻqitish amalga oshiriladi; X-XI sinflardagi oʻquvchilar soni 25 va undan ziyod boʻlgan taqdirda jismoniy tarbiya darslarida (har bir guruhda kamida 8 yigit va qiz boʻlganda); I-IX sinflardagi oʻquvchilar soni 25 va undan ziyod boʻlgan taʼlim rus tilida olib borilmaydigan maktablarda rus tili va adabiyoti darslarida X-XI (XII) sinflardagi oʻquvchilar soni 20 va undan ziyod boʻlgan hamda taʼlim oʻzbek tilida olib borilmaydigan maktablarda oʻzbek tili va adabiyoti, chet tili, informatika va hisoblash texnikasi va maxsus fanlar, ixtisos boʻyicha ayrim fanlar chuqur oʻrgatiladigan sinf va maktablarda esa oʻz nizomlariga koʻra boʻlinish amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Umumiy taʼlim maktablarida oʻquv yili 2-sentabrdan boshlanadi. Oʻquv yili toʻrt chorakka (semestrga) boʻlinadi, uning boshlanishi va oxirgi oʻquv rejasi bilan belgilanadi. Oʻquv yili Amaliy mashgʻulotlarni hisobga olmaganda 33 hafta, 1-sinflarda esa 30 hafta davom etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻquv yili mobaynidagi taʼtillar kamida 30 kalendar kun qilib belgilanadi: kuzgi taʼtil – 4-noyabrdan 11-noyabrgacha (8 kun), qishki taʼtil – 31-dekabrdan 10-yanvargacha (11 kun), bahorgi taʼtil – 22-martdan 31-martgacha (10 kun). Yozgi taʼtil – oʻquv yili (imtihonlar) tugagan kundan boshlab 31-avgustgacha (kamida 8 hafta) davom etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-sinf oʻquvchilari uchun Maktab (pedkengash) kengashi tomonidan fevral oyi oʻrtalarida qoʻshimcha bir haftalik taʼtil belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻquv yili davomidagi ish va mashgʻulotlar quyidagi bayram kunlarida oʻtkazilmaydi: 1-yanvar – Yangi yil, 8-mart – Xotin-qizlar kuni, 21-mart – Navroʻz bayrami, 9-may – Gʻalaba kuni, 1-sentabr – Mustaqillik kuni, Roʻza hayit – (yid-al-fitr) diniy bayramining birinchi kuni, Qurbon hayit (yid-al-adxa) diniy bayramining birinchi kuni, 8-dekabr – Konstitutsiya kuni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarori bilan nazarda tutilgan hollardan tashqari holatlarda oʻquvchilari oʻquv vaqti hisobiga qishloq xoʻjaligi va boshqa ishlarga, oʻquv jarayoni bilan bogʻliq boʻlmagan turli tadbirlarga jalb qilish taqiqlanadi. Oʻquvchilarni darslardan chalgʻitgan xalq taʼlimi muassasalari va boshqaruvi organlari rahbarlari tegishli maʼmuriy javobgarlikka tortiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Kundalik oʻquv mashgʻulotlar soni va tartibi maktab direktori tomonidan tasdiqlangan dars jadvali bilan belgilanadi. Darslar I bosqich maktabida 35-40 daqiqagacha, II va III bosqich maktablarida 40-45 daqiqagacha, oʻquv haftasi 5-6 kun davom etadi. I va II navbat (smena) lardagi mashgʻulotlarning boshlanishini ota-onalar (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar), oʻquvchilar bilan kelishilgan, sanitariya-gigiyena talablari hisobga olingan holda Maktab (pedkengash) kengashi belgilaydi. Darslar orasidagi tanaffuslarning davom etishi oʻquvchilarning faol dam olishlari va issiq ovqat bilan taʼminlanishlarini tashkil qilishni hisobga olgan holda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Uy vazifalari berish majburiy emas. Ular oʻquvchilarga pedagogik talablar va har bir bolaning shaxsiy ruhiy-jismoniy xususiyatlarini hisobga olgan holda berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. 1-sinf oʻquvchilariga baho oʻquv yilining birinchi yarmi uchun qoʻyiladi, soʻngra esa choraklar boʻyicha qoʻyiladi. Baholar quyidagi ballarda qoʻyiladi: 5 (aʼlo), 4 (yaxshi), 3 (qoniqarli), 2 (qoniqarsiz). Badallardagi oraliq yakuniy baholar (II – XI – (XII) sinflar) Maktab (pedkengash) kengashi qarori bilan chorak yoki yarim yillik uchun (agar fanni oʻrganish uchun oʻquv rejasida haftasiga 1 soat vaqt ajratilgan boʻlsa) qoʻyiladi. Yil oxirida yakuniy baholar qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Maktabdagi barcha darsdan tashqari tarbiya ishlari ixtiyoriylik, faoliyat turini tanlashda mustaqillik, oʻzaro hurmat va hamkorlik prinsiplari asosida, ota-onalarning istagi, oʻquvchilarning qiziqishi, intilishi va qobiliyatini hisobga olgan holda olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalar va oʻsmirlarni tarbiyalash vazifalari pedagogik va oʻquvchilar jamoalari, bolalar jamoat tashkilotlari, ota-onalar (ular oʻrnini bosuvchi shaxslar) va jamoatchilikning birgalikdagi ijodiy faoliyatida amalga oshiriladi. Buning uchun maktabda oʻquvchilarning qiziqishlariga koʻra bir xil yoshli va turli yoshli birlashmalari, oʻqituvchilar va oʻquvchilar shirkatlari tuzilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Oʻquvchilar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Umumiy taʼlim maktablarining oʻquvchilari quyidagi huquqlarga egadirlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) davlat andozalariga muvofiq bepul umumiy (boshlangʻich, tayanch, oʻrta) taʼlim olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) oʻquv shaklini tanlash. Oʻquvchilar umumiy taʼlim dasturlarini yoki uning ayrim boʻlimlarini umumiy oʻrta taʼlim maktablarida ham, oilaviy taʼlim olish, mustaqil oʻqish va eksternat shaklida ham oʻzlashtirishlari mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) taʼlimning yakka tartibdagi oʻquv rejasi boʻyicha davlat andozalari doirasida tezlashtirilgan kurslarida taʼlim olish Yakka tartibdagi oʻquv rejalari asosida oʻqitish shartlari maktab ustavi bilan tartibga solinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) qoʻshimcha (shu jumladan, pulli) taʼlim olish xizmatidan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) maktab Ustavida belgilangan shaklda umumiy taʼlim maktabini boshqarishda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) inson qadr-qimmatini hurmatlashni talab qilish, vijdon va axborot erkinligi, oʻz qarashlari va eʼtiqodlarini erkin ifodalash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻquvchini keyingi sinfga koʻchirish ijobiy yakuniy baho olgan taqdirda amalga oshiriladi. Favqulodda hollarda Maktab (pedkengash) kengashi qarori bilan I-IX sinf oʻquvchilari qoniqarsiz baholar bilan sinfdan-sinfga koʻchirilishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Bir-ikki fan (ona tili va matematikadan tashqari) boʻyicha dasturni oʻzlashtirmagan 1-sinf oʻquvchilari, metodika kengashining tavsiyaga koʻra va Maktab (pedkengash) kengashi qaroriga koʻra, 2-sinfga koʻchirilishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻquvchini 1-sinfga qoldirish haqidagi qaror metodik kengash (birlashma) tavsiyasiga koʻra Maktab (pedkengash) kengashi tomonidangina qabul qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻquv dasturini oʻzlashtira olmagan I bosqich (I-IV sinflar) oʻquvchilari metodika kengashi qaroriga koʻra zarurat boʻlganda yakka tartibdagi oʻquv rejasidan foydalangan holda qayta oʻqish uchun qoldirishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikki marta bir sinfda qayta oʻqish uchun qoldirilgan oʻquvchilarga nisbatan Maktab pedagogika kengashi ruhiy-tibbiy pedagogika komissiyasi xulosasiga asosan ularni yordamchi oʻquv-tarbiya muassasalariga, sinflar va maktablarni toʻldirish uchun oʻqishga yuborishga tavsiyanoma beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻquv dasturini majburiy talablar darajasida oʻzlashtira olmagan II bosqich oʻquvchilari Maktab pedagogika kengashi qaroriga koʻra oʻrnini bosuvchi taʼlim sinflariga oʻtkaziladilar. Ular tegishli bilim darajalariga erishganlaridan soʻng oddiy sinflarga oʻtkazishlari mumkin. Bundan tashqari, ularning oʻqishi yakka tartibdagi rejalar boʻyicha ham tashkil etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. III bosqich maktabini bitirgan va ayrim fanlardan imtihon topshira olmagan oʻquvchilarga ularni bitiruv imtihonlaridan soʻng 2 oy ichida qayta topshirish huquqi beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoniqarsiz baho olganda oʻquvchilarga eksternat tartibda imtihon topshirish huquqi bilan maktabda oʻqilganligi haqida maʼlumotnoma beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻquvchi, uning ota-onasi (ular oʻrnini bosadigan shaxslar) yillik bahodan norozi boʻlsa, unga Maktab pedagogika kengashi tomonidan tuziladigan tegishli fan komissiyasiga (ota-onalar yoki ular oʻrnini bosuvchi shaxslar ishtirokida, agar ular shuni xohlasalar) imtihon topshirish imkoni beriladi. Qayta imtihon topshirishga barcha koʻchirish sinflarida (bitiruv sinflari bundan mustasno) faqat joriy oʻquv yilida oʻqitilgan fanlar boʻyicha ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻquvchilar umumtaʼlim muassasasi ustavini bajarishga, vijdonan oʻqishga, maktab mulkiga ehtiyotkorlik bilan munosabatda boʻlishga, boshqa oʻqiyotganlar va xodimlarning obroʻsini va qadr-qimmatini hurmatlashga, muassasa xodimlarining ustav va ichki tartib-qoidalar bilan ularning vakolatlariga oʻtkazilgan talablarini bajarishga majburdirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumtaʼlim muassasasidagi intizom u yerda oʻqiyotganlar, tarbiyalanuvchilar, pedagoglarning insoniy qadr-qimmatlarini hurmatlash asosida qoʻllab-quvvatlanadi. Oʻquvchilarga nisbatan jismoniy, ruhiy zoʻravonlik qilish usullarini qoʻllashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻqituvchilar va oʻquvchilar oʻrtasidagi bahsli vaziyatlarni hal qilish uchun Maktab kengashi aʼzolaridan iborat tarkibda bahsli masalalar komissiyasi tuziladi. Bu komissiya oʻquvchi yoki uning ota-onalari (ular oʻrnini bosuvchi shaxslar) tomonidan yozma, ogʻzaki holda tushgan arizalarni koʻrib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Jamoat tartib-qoidalarini buzgan, maktab jihozlari va mulkini ishdan chiqargan oʻquvchiga maktab ustavida belgilangan maktabdan haydashgacha boʻlgan taʼsir choralari qoʻllanilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumtaʼlim maktablarini boshqarish organlari qaroriga koʻra qonunga xilof ravishda xatti-harakat qilganligi, Ustavni qoʻpol ravishda va bir necha marta buzganligi uchun pedagogik taʼsir koʻrsatishning oxirgi chorasi sifatida oʻn toʻrt yoshga yetgan oʻquvchilarni umumtaʼlim maktablaridan haydashga yoʻl qoʻyiladi. Etim bolalarni va ota-onalari nazoratsiz qolgan bolalarni maktabdan haydash haqidagi qaror vasiylik organlarining roziligi bilan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻquvchini maktabdan haydash haqidagi qaror Maktab kengashi (pedkengash) tomonidan tuman, (shahar) xalq taʼlimi boʻlimi bilan kelishgan holda qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻquvchining haydalganligi haqida umumtaʼlim muassasasi uch kun muddatda mahalliy boshqaruv organlarini xabardor qiladi. Ular bilan bir oy ichida oʻquvchini bundan keyin qayerga joylashtirish masalasini hal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Pedagogik xodimlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Pedagogik ishlarga qabul qilish tegishli maxsus maʼlumotga ega boʻlgan shaxslar bilan kontrakt tuzish asosida maktab direktori tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Kontrakt tuzish, uni bekor qilish va uning amalda boʻlish muddati, ishga qabul qilingan shaxsning huquqi va majburiyatlari, mehnat haqi toʻlash va mehnatni tashkil etish shartlari, ijtimoiy-maishiy va boshqa shart-sharoitlar Pedagog xodimlar bilan mehnat shartnomasi tuzishning kontrakt shakli toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Pedagog xodimlarning huquqlari, vazifalari, ularni ijtimoiy himoya qilish “Taʼlim toʻgʻrisida” gi Qonun bilan tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Umumtaʼlim maktabini boshqarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Maktabni davlat – jamoatchilik tomonidan boshqarish demokratiya, oshkoralik, oʻz-oʻzini boshqarish asosida amalga oshiriladi. Oʻquvchilar va maktab xodimlarini birlashtiruvchi maktab jamoasi oʻz vazifasini ota-onalar (ular oʻrnini bosuvchi shaxslar), mahalla qoʻmitalari, keng jamoatchilik bilan mustahkam hamkorlikda olib boradi. Maktabni boshqarish jamoaning oʻzini-oʻzi boshqarish va yakkaboshchilik asosida Maktab (pedkengash) kengashi tomonidan tasdiqlangan va mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarida roʻyxatdan oʻtkazilgan oʻz Ustaviga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Maktabning oʻquv-tarbiya jarayoniga va kundalik faoliyatiga bevosita rahbarlikni direktor amalga oshiradi. U tajribali va qobiliyatli mutaxassislar orasidan, jamoa fikrini hisobga olgan holda, maktab oʻz tasarrufida boʻlgan xalq taʼlimining yuqori organi tomonidan tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktab direktorining vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktab direktori quyidagi vazifalarni bajaradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va jamoat tashkilotlarida maktab manfaatlarini ifodalaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv-tarbiya jarayonini rejalashtiradi va tashkil qiladi, uning borishi va natijalarini, maktab dasturlarining bajarilishini nazorat qiladi, maktab ishlarining sifati va samaraliligiga, bolalikni va mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini, oʻquvchilarning ovqatlanishiga javob beradi, maktabdan tashqari va sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilish uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrinbosarlarni tanlab, joy-joyiga qoʻyadi, ularning vazifalarini belgilaydi, maktab pedagogik kadrlarini joy-joyiga qoʻyadi, kabinet va ustaxona mudirlarini, ota-onalar (ular oʻrnini bosuvchi shaxslar) va oʻquvchilar fikrini hisobga olgan holda sinf rahbarlarini tayinlaydi, maʼmuriyat va pedagogik, oʻquv-tarbiyaviy va xizmat koʻrsatuvchi xodimlarni ishga qabul qiladi va ishdan boʻshatadi (shartnoma asosida);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktab kengashi bilan birgalikda maktab tarkibiy qismini va tegishli xalq taʼlimi organlari bilan kelishgan holda uning mazmunini belgilaydi, oʻqitish va mehnatga tayyorlash ixtisosini tanlaydi, maktabning ish tartibini pedagogning tarifikatsiya qilingan ishining umumiy miqdorini oʻzgartirmay oʻquv haftalari va oʻquv mashgʻulotlarining davomiyligini, 1-sinfga bolalar qabul qilish (6-7 yosh) ni, oʻquvchilar kiyimi formasining zaruriyati va turini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
navbatdagi malaka toifalarini tasdiqlaydigan maktab pedagogika xodimlarining attestatsiya komissiyasiga rahbarlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maktab pedagogika xodimlarining ijodiy oʻsishlari, taʼlim-tarbiyaning ilgʻor shakl va usullarini qoʻllashlari uchun shart-sharoitlar yaratadi. Pedagoglarning tashabbuslari, ijodiy izlanishlari va tajriba-eksperimental ishlarini qoʻllab-quvvatlaydi, oʻquvchilar va pedagoglarning ijodiy faoliyatini har tomonlama rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida maktabning ilmiy-tekshirish, ishlab chiqarish, kooperativ tashkilotlar, mahalla qoʻmitalari, ijodiy uyushmalar boʻlimlari va boshqa davlat hamda jamoatchilik tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish yoʻllarini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maktabgacha ajratilgan moliyaviy mablagʻlarga egalik qiladi, istiqboldagi masalalarni hal etish va maktabni rivojlantirish uchun budjet mablagʻlarini, shuningdek, maktab fondi mablagʻlarini oqilona taqsimlashni taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish yuritishning va maktab hujjatlarining toʻgʻri yuritilishini hamda hisobotning oʻz vaqtida boʻlishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktab kengashi, mahalliy hokimlik oldida oʻz faoliyati uchun javob beradi va ularga vaqti-vaqti bilan hisob berib turadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktab direktorining huquqlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktab direktori quyidagi huquqlarga egadir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktab (pedkengash) kengashiga maktabning ish rejasi va oʻquv rejasini tasdiqlash uchun taqdim etish, oʻquv rejalari, dasturlariga oʻquv ixtisosiga muvofiq oʻzgartirishlar kiritish, oʻquvchilarning oʻquv yil davomidagi va sinfdan-sinfga koʻchirish imtihonlaridagi bilimlarini tekshirish shakllarini, oʻquvchilarga taʼlim va tarbiya berish vositalari hamda usullarini aniqlash (belgilangan davlat andozalarining bajarilishini taʼminlash sharti bilan);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eng qobiliyatli va iqtidorli maktab bolalarini tanlash maqsadida oʻquvchilarni test sinovidan oʻtkazish, bir necha chuqur oʻrgatiladigan sinflarning X-XI sinflariga tanlov asosida oʻquvchilar qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maktabga zarur boʻlgan jihozlarni va boshqa moddiy resurslarni xohlagan korxona, tashkilot, kooperativlar va shaxslar orqali chakana savdo tarmoqlaridan sotib olish, ijaraga olish, buyurtma berish, naqd pulsiz va vositachi doʻkonlarda mayda ulgurjini limitga hisoblamay olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori malakali pedagog-mutaxassislarni taklif etgan holda taʼlimga qoʻyilgan majburiy talablar darajasini koʻtarish maqsadida ayrim fanlar chuqur oʻrganilganda oʻquv rejasidan tashqari qoʻshimcha kurslar tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har xil turdagi qurilish ishlarini, maktabni joriy tuzatish, jihozlash, uning xonalari, inshootlari va shu kabilarini yaxshi saqlashga oid ishlarni bajarish uchun tashkilotlar, muassasalar va shaxslar bilan, shuningdek, oʻquvchilar bilan shartnomalar tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyaviy taʼminlashning turli manbalaridan foydalanib, maktabning oʻz fondini tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻlov qogʻozlari boʻyicha va chek daftarlari boʻyicha hisob-kitob operatsiyalarini amalga oshirish, Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq buxgalteriya va statistika hisobotini mustaqil ravishda olib borish, mavjud ortiqcha anjomlar va asbob-uskunalarni sotish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktab (pedkengash) kengashi bilan kelishgan holda maktab fondidan olinadigan mablagʻlarni tejash hisobiga ijodiy ishlovchi oʻqituvchilarning ish haqiga ustamalar belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
attestatsiya yakunlariga koʻra oʻqituvchilarga yuqori toifa berilishi haqida takliflar kiritish hamda pedagogika xodimlarini viloyat va respublika malaka oshirish kurslariga, stajirovkaga (shu jumladan, chet ellarga), aspiranturaga tavsiya etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maktabning jamoat tashkilotlari bilan birgalikda ishda va oʻqishda alohida yutuqlarga erishgan oʻqituvchilarni, oʻquvchilarni va maktabning boshqa xodimlarini mukofotlarga (shu jumladan, moddiy) tavsiya etish, zarur hollarda ularni jazolash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv-ishlab chiqarish birlashmalari tashkil qilish, alohida tadbirlar oʻtkazish uchun zarur mablagʻlarni toʻplab boshqa maktablar, oʻquv-tarbiya, ilmiy va maktabdan tashqari muassasalar bilan birlashmalar tashkil etish toʻgʻrisida shartnomalar tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan oʻqituvchilar va oʻquvchilar almashish toʻgʻrisida, qoʻshma muassasalar tashkil etish haqida, qoʻshma tadbirlar (konferensiyalar, maktab lagerlari va boshqalar) oʻtkazish toʻgʻrisida chet el taʼlim oʻquv yurtlari bilan shartnomalar tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maktabning oʻquv-tarbiya faoliyatidagi kundalik masalalarni hal qilish uchun zaruriyatga qarab maktabning barcha xodimlarini yoki ularning ayrim toifalarini toʻplab majlis oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz oʻrinbosarlarining, pedagoglarning ish faoliyatlari haqidagi hisobotlarini tinglash, Maktab pedagogika kengashi muhokamasiga ularning vakolatlarini davom ettirishlari yoki toʻxtatishlari toʻgʻrisida takliflar, shuningdek, ular ishini takomillashtirishga oid takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maktab Ustavi, Nizomi, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid ravishda oʻtayotgan Maktab (pedkengash) kengashi ishini toʻxtatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Maktabni oʻz-oʻzini boshqarishning yuqori organi maktab jamoasining konferensiyasi (umumiy yigʻilish) hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hal qiluvchi ovoz bilan delegatlar konferensiyaga II-III bosqich maktab oʻquvchilari, oʻqituvchilar va maktabning boshqa xodimlari jamoasi, ota-onalar (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar) va jamoatchilik vakillarining yigʻilishlarida har uch toifadan teng holda saylanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konferensiya har yili kamida bir marta oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konferensiya:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktab kengashini, uning raisini toʻgʻridan toʻgʻriyashirin ovoz berish yoʻli bilan saylaydi, ularning vakolat muddatlarini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maktab Ustavini qabul qiladi va unga zarur oʻzgartirishlar kiritadi; maktabni rivojlantirishning, oʻquv-tarbiya jarayonining sifat va samaradorligini oshirishning asosiy yoʻnalishlarini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻqitish qaysi tilda olib borilishini aniqlaydi, maktabning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish uchun qoʻshimcha moliyaviy mablagʻlar jalb etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarurat tugʻilgan taqdirda maktabning turli ish yoʻnalishlari boʻyicha vaqtinchalik yoki doimiy komissiyalar, shtablar, kengashlar tuzadi va ularning vakolatlarini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konferensiyalar oraligʻidagi davrda oʻz-oʻzini boshqarish yuqori organi vazifasini Maktab kengashi bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktab kengashi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maktab jamoasi konferensiyasi qarorlari bajarilishini tashkil etadi, jamoa aʼzolarining takliflari va tanqidiy fikr-mulohazalarining qanday amalga oshirilayotganligini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maktabni rivojlantirish rejasini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
direktor bilan birgalikda davlat va jamoat tashkilotlarida maktab manfaatlarini ifodalaydi, shuningdek, ota-onalar (ularning vazifasini bajaruvchi shaxslar) bilan bir qatorda davlat va jamoat tashkilotlari oʻquvchilarning manfaatlariga taalluqli masalalar muhokama qilinayotganda ularning ijtimoiy himoyasini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
metodik va pedagogik kengashlar taqdimiga koʻra maktab taʼlimini taʼminlashning tarkibiy qismini belgilaydi, oʻqitish va mehnatga tayyorlash ixtisoslarini tanlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maktab ish tartibini, pedagogning tarifikatsiya qilingan umumiy ish hajmini oʻzgartirmasdan oʻquv haftasi va oʻquv mashgʻuloti davomiyligini, 1-sinfga qabul qilish yoshini, oʻquvchi kiyimi formasining zarurati va koʻrinishini belgilaydi, tegishli xalq taʼlimi boshqarmasi organlari bilan kelishilgan holda birinchi, shuningdek, navbatdagi sinflar sonini aniqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet mablagʻlarini sarflash hisobotlarini koʻrib chiqadi, mablagʻ bilan taʼminlashning turli manbalaridan foydalanib oʻz fondini shakllantiradi, maktabning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlaridan foydalanishning asosiy yoʻnalishlarini aniqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ayrim pedagoglar, maktab direktori va uning oʻrinbosarlarining ishi haqidagi hisobotlarni tinglaydi, egallab turgan lavozimlariga muvofiqliklari yoki nomuvofiqliklari munosabati bilan ularning vakolatlarni uzaytirish yoki toʻxtatish haqida, shuningdek, ularning ishini takomillashtirish yuzasidan konferensiyaga takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amaldagi qonunchilik doirasida pedagog xodimlar va maktab maʼmuriyatining kasb va lavozim faoliyatiga asossiz aralashishdan himoya qiluvchi zarur chora-tadbirlar koʻradi, maktab jamoasi mustaqilligini cheklovchi har qanday maʼmuriy buyruqbozlikka yoʻl qoʻyilmaydi va mazkur masalalar boʻyicha tegishli organlarga murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktab kengashi maʼmuriyat, oʻqituvchilar va oʻquvchilar jamoat tashkilotlari bilan yaqin aloqada ish olib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uning barcha qarorlari oʻz vaqtida maktab jamoasi, ota-onalar (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar) va jamoatchilikka maʼlumot uchun yetkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktab kengashi tarkibiga pedagog xodimlar, II va III bosqich oʻquvchilar, ota-onalar (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar) va jamoatchilik vakillari kiradi. Kengashdagi vakillik normasi va Kengash tarkibining umumiy soni konferensiya tomonidan belgilanadi. Navbatdagi saylovlarda Kengash tarkibining odatda kamida uchdan bir qismi yangilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻquv yurti direktori lavozimi boʻyicha Kengash raisi hisoblanadi. Kundalik masalalarni hal qilish uchun Maktab kengashi oʻz tarkibidan byuro, bahsli masalalar va taftish komissiyalarini saylashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktab kengashi bir yilda kamida 4-marta yigʻiladi. Maktab kengashi aʼzolari oʻz vazifalarini jamoatchilik asosida bajaradilar. Maktab jamoasi konferensiyasi oʻz aʼzolarini muddatidan oldin kengash tarkibidan chiqarishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar Kengash yigʻilishida Kengash aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashsa va qatnashchilarning uchdan ikki qismi ovoz bergan boʻlsa Maktab kengashi qarori qonuniy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktab kengashining oʻz vakolati doirasida va qonunchilikka mos ravishda qabul qilgan qarorlarini bajarish maʼmuriyat va maktab jamoasining barcha aʼzolari uchun majburiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktab kengashi aʼzosi kiritgan har qanday taklif, agar bu taklifni Kengash aʼzolarining uchdan bir qismi qoʻllab-quvvatlasa, u mazkur taklifning muhokama qilinishini talab etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktab kengashi bilan maʼmuriyat oʻrtasida yuzaga kelgan munozarali masalalar maktab jamoasi konferensiyasi (umumiy majlisda) yoki tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimi kengashida hal qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻquv-tarbiya jarayonini rivojlantirish va takomillashtirish oʻqituvchilar va tarbiyachilarning kasb mahoratlarini va ijodiy salohiyatini oshirish maqsadida pedagog xodimlarni birlashtiruvchi maktab pedagogika kengashi – hayʼat organi tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktab direktori pedagogik kengashning raisi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pedagogik kengash:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim mazmuni (oʻquv rejalari, dasturlari, darsliklar)ning turli variantlarini muhokama qiladi, oʻquv-tarbiya jarayoni uslublari, shakllari va ularni amalga oshirish usullarini tanlaydi; pedagog xodimlarning malakasini oshirish, ularning ijodiy tashabbuskorliklarini rivojlantirish, pedagogika tajribalarini ommalashtirish ishlarini tashkil etadi, sinov-eksperiment ishlarining borishi va yakunini muhokama qiladi, oʻquv yurtining ilmiy-tadqiqot institutlari, koʻngilli jamiyatlar, ijodiy uyushmalar boʻlimlari, boshqa davlat va jamoat tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish yoʻnalishlarini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquvchilar, ota-onalar (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar) ning fikr-mulohazalarini hisobga olib maktab pedagogika xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazadi, oʻqituvchilarga malaka toifalarini berish haqida xalq taʼlimi (tuman, shahar) organlari huzuridagi malaka (attestatsiya) komissiyalariga takliflar kiritadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maktab pedagog xodimlarini shahar, viloyat va respublika pedagogika oʻqishlariga, malaka oshirish kurslariga, (shu jumladan, chet elga), aspiranturaga, shuningdek, turli mukofotlarga tavsiya etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pedagogika kengashi huzurida fanga oid va boshqa seksiyalar, birlashmalar tashkil etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Maktabda amaldagi qonunchilikka muvofiq oʻz Ustavlari va Nizomlari asosida bolalar, oʻsmirlar va yoshlarning jamoat tashkilotlari faoliyat koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Barcha jamoat tashkilotlari maktab Ustavida nazarda tutilgan oʻquv-tarbiya jarayonini takomillashtirish, maktabda demokratiya va oshkoralikni rivojlantirish, majburiyatlarni bajarishga erishish va oʻquvchilarning huquqlarini himoya qilish uchun gʻamxoʻrlik qilishga daʼvat etilgandir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoat tashkilotlarining vakillari Maktab (pedkengash) kengashi, direktor oʻtkazadigan majlislarda muhokama qilish va qarorlar qabul qilishda qatnashish hamda maktab maʼmuriyatidan oʻquv-tarbiya jarayoni haqidagi zarur axborotlarni olish, pedagoglarning attestatsiyadan oʻtishida ularning oʻquvchilar bilan oʻzaro munosabatlari haqidagi istaklarni aytish huquqiga egadirlar. Pedagogika jamoasi, maktab va bolalar, oʻsmirlar hamda yoshlar tashkilotlarining rahbarlari oʻrtasidagi munosabatlar oʻzaro hurmat, ishonch, masʼuliyat va hamkorlik asosiga quriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Maktablarda hujjatlarni yuritish tartibi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan tasdiqlangan Maktab hujjatlarini yuritish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga binoan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktab hisoboti davlat statistika organlari talablariga muvofiq taqdim etiladi. Davlat va jamoat organlari tomonidan boshqa xil hisobotlarni talab qilish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Maktabda barcha tekshiruv ishlari faqat xalq taʼlimi mahalliy organi (shahar, tuman XTB, viloyat XTB, Toshkent shahar XTBB) bilan kelishilgan va maktab direktori, Kengashi xabardor qilingan holda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Maktab Ustav asosida ish olib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktab Ustavida Ushbu Nizomda kelib chiqadigan huquq va majburiyatlar, tegishli tuman (shahar) xalq taʼlimi organlari tomonidan berilgan qoʻshimcha vakolatlar, shuningdek, amaldagi qonunga zid kelmaydigan va maktab faoliyatini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan boshqa masalalar belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Maktabning moliya – xoʻjalik faoliyati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Maktabning moliyaviy mablagʻi davlat darajasiga erishishni taʼminlovchi normativ asosda ajratiladigan budjet mablagʻlari va maktabning boshqa manbalardan tashkil topuvchi oʻz mablagʻlari hisobiga shakllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Barqaror normativlar boʻyicha ajratiladigan, har yili narxlarni erkinlashtirish bilan aniqlanadigan davlat budjeti mablagʻlari maktabdagi oʻquv-tarbiya jarayonlarini, mehnat jamoasini ijtimoiy rivojlantirish va uning xodimlariga ish haqi toʻlashning asosiy moliyaviy manbalari hisoblanadi va ular taʼlimga nisbatan majburiy talablar darajasiga erishishni taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Budjetdan moliyaviy taʼminlash normativlarini ajratish Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Moliya vazirligi qarorlariga muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyat XTB, Toshkent shahar XTBB tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokimliklar, mahalla qoʻmitalari mintaqaviy ehtiyojlar va shart-sharoitlardan kelib chiqib oshirilgan normativlarni belgilashlari va ularni tegishli mablagʻlar bilan taʼminlashlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Maktab kam taʼminlangan oilalarning bolalariga umumiy taʼlim fondi, maktab fondi mablagʻlari hisobidan darsliklar, oʻquv-yozuv qurollari, kiyim-bosh, oyoq kiyimlari sotib olishda va tekin yoki imtiyozli ovqatlanishni tashkil etishda moddiy yordam koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Maktabning moliyaviy mablagʻlari uning toʻla ixtiyorida boʻladi va ular olib qoʻyilmaydi. Bu mablagʻlarni taqsimlash huquqi Maktab kengashiga tegishlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktabning oʻz mablagʻlari quyidagi asosiy manbalar hisobiga shakllanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maktabning xoʻjalik faoliyatidan, maktab tomonidan koʻrsatilgan pulli xizmatlardan, maktab binosi va jihozlarini ijaraga berishdan olingan daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat, ijtimoiy, kooperativ va boshqa tashkilotlar, oʻquv kooperativlari, sexlar, ishlab chiqarish brigadalari, ota-onalar va boshqa fuqarolarning ixtiyoriy badallari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar, idoralar, tayanch va boshqa korxonalar, davlat muassasalari, jamoatchilik va kooperativ tashkilotlarning maqsadli qoʻyilmalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank krediti va boshqa tushumlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning, alohida shaxslarning buyurtmalarini bajarishdan tushumlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maktab ustaxonalari, maktab uchastkasi va issiqxonalari mahsulotlarini sotishdan tushgan daromadlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Maktabda qoʻshimcha oʻquv predmetlari va rejadan tashqari kurslar joriy qilinganda, tajriba-eksperiment ishlari olib borilganda, eksperimental pedagogik maydonchalar tashkil etilganda, yangi turdagi maktablar ochilganda, shuningdek, boshqa hollarda hokimliklar maktabini zarur moddiy-texnika bilan taʼminlash uchun qoʻshimcha moliyaviy mablagʻlar ajratishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼlimni rivojlantirishga oid maqsadli eksperimentlar, istiqbolli pedagogik dasturlarni ilgari surgan eksperimental va boshqa maktablarning faoliyati Xalq taʼlimi vazirligining markazlashgan fondi hisobidan, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyat XTB, Toshkent shahar XTBB fondlari va boshqa jalb qilingan mablagʻlardan moliyaviy taʼminlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Maktab bank kreditidan foydalanishi mumkin. Banklar tomonidan maktabning kundalik faoliyati uchun qisqa muddatli kredit ajratiladi. Moddiy negizni rivojlantirish va ijtimoiy rivojlanish uchun kelgusida qarzni uzish sharti bilan maktabning ishlab chiqarish va ijtimoiy rivojlanish fondi hisobidan uzoq muddatli kredit beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Maktab xodimlariga mehnat haqi toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish mehnatga haq toʻlashning amaldagi shartlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Lavozim maoshlari va tarif stavkalariga pedagoglarning va boshqa xodimlarning tegishli malaka toifalari uchun kafolatlangan eng kam ish haqi sifatida qaralishi kerak (barcha turdagi I bosqich umumtaʼlim maktablari oʻqituvchilarining haftalik dars soati 14 soat, II-III bosqich maktablarida – 16 soat).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Malaka toifalari Attestatsiya toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq maktabning barcha xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish jarayonida beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Maktabda lavozim maoshlariga va stavkalariga kasb mahorati, mehnatda erishgan yutuqlari, alohida muhim ishlarni bajargani uchun va bir yoʻla bir necha kasbda ishlagani uchun mablagʻlarni tejash va maktab fondi hisobidan tabaqalashtirilgan qoʻshimcha haq va ustamalar berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshimcha haqlar joriy etish va pedagog xodimlar hamda boshqa xodimlarni mukofotlash shartlari va tartibi Maktab kengashi (pedkengash) tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I bosqich kam sonli maktablarning pedagoglariga, kuni uzaytirilgan guruhlariga, shuningdek, tanlov boʻyicha yoki fakultativ (davlat tomonidan haq toʻlanadigan) mashgʻulotlar uchun, oʻquvchilarning sonidan qatʼi nazar, faqat alohida sinf yoki guruh oʻquvchilari uchun oʻtilgan soatlar miqdoriga qarab ish haqi toʻlash amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Maktab tomonidan mustaqil ravishda ishlab chiqilgan va tasdiqlangan iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish rejasi maktabning xoʻjalik faoliyatini rejalashtirish va tashkil etishning asosiy shakli hisoblanadi. Rejalashtirishning dastlabki maʼlumotlari: kontrol raqamlar, davlat buyurtmalari, uzoq muddatli iqtisodiy normativlar va limitlar – Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kontrol raqamlar direktiv xususiyatga ega boʻlmaydi va ular maktabdagi oʻquvchilar soni, texnik jihatdan jihozlanganlik koʻrsatkichlari, moddiy, negizini rivojlantirish, maktab jamoasining ijtimoiy rivojlanishi, aholiga puli xizmatlar koʻrsatish hajmidan iborat boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Maktab tomonidan pulli xizmatlar koʻrsatish deganda quyidagilar tushuniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlimga nisbatan majburiy talablar darajasini oshiruvchi turli pulli fakultativ kurslar va ayrim fanlarni chuqur oʻrganish boʻyicha kurslar, boshqa tashkilotlar (oliy oʻquv yurtlari, madaniyat va sanʼat muassasalari, ijodiy uyushmalar) dan yuqori malakali mutaxassislarni taklif qilish yoʻli bilan maxsus leksiyalar va maslahatlashuvlar oʻtkazish, sanʼat, jismoniy tarbiya, sport va boshqalar boʻyicha qoʻshimcha darslar uyushtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
katta yoshlilarni oʻqitish uchun turli kurslarni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquvchilar va oʻqituvchilarning mehnat faoliyati jarayonida, shuningdek, korxona va tashkilotlarning buyurtmalarini bajarish natijasida olingan mahsulotlarni sotish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maktab xonalari, sport zallari, jihozlar va boshqa buyumlarni ijaraga berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maktab teatrlari qatnashchilari, oʻqituvchilar va oʻquvchilar kuchi bilan aholiga spektakllar va konsertlar namoyish qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholiga pulli xizmatlar belgilangan tartibda tasdiqlangan narxlar va tariflar boʻyicha, bunday narxlar va tariflar boʻlmagan taqdirda – shartlashilgan narxlar boʻyicha koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokimliklar pulli xizmatlar boʻyicha davlat buyurtmalarini bajarish haqidagi hisobotga maktablar tomonidan koʻrsatilgan xizmatlar hajmlarini ham qoʻshishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqori tashkilotlar tomonidan maktablarga pulli xizmatlarni rivojlantirish boʻyicha rejalashtirilgan topshiriqlarning, ular qanday shaklda boʻlmasin, berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Pulli xizmatlarni koʻrsatish budjetdan moliyaviy taʼminlanadigan faoliyat oʻrniga amalga oshirilmasligi va pulsiz xizmat koʻrsatish darajasini kamaytirish evaziga boʻlmasligi shart. Pulsiz xizmat koʻrsatish darajasini tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimi tomonidan nazorat qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Hokimliklar maktablarga zarur inshootlar va binolar, muhandislik kommunikatsiyalari, yer maydonlari, oʻquv qurollari, inventarlarni yetkazib beradilar, maktab binolari va inshootlarini oʻz vaqtida asosli va joriy tuzatib berishni taʼminlaydilar, maktablarni asbob-uskunalar bilan jihozlash uchun limitlar ajratadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Maktabning moddiy-texnika negizi tarkibiga yer, binolar (asosiy va yordamchi binolar), sport inshootlari, kommunikatsiyalar, texnik vositalar va asbob-uskunalar, transport vositalari, kutubxona fondi, laboratoriya preparatlari, oʻquv-koʻrgazmali qurollar, mebel, oʻquvchilarni oʻqitish va tarbiyalash uchun foydalaniladigan boshqa mulklar kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktab binosi texnika xavfsizligi qoidalari va sanitariya-gigiyena normalariga muvofiq jihozlanadi hamda foydalaniladi. Maktablarning moddiy-texnika negizini mustahkamlash va rivojlantirish respublika va mahalliy budjetlar hisobidan, shuningdek, moliyaviy taʼminlashning qoʻshimcha manbalari, maktab fondi hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Maktabda buxgalteriya va statistika hisobi hamda hisobotini yuritish tartibi amaldagi qonunchilik bilan tartibga solinadi. Hisobga olish maktab tomonidan mustaqil ravishda yoki markazlashgan tuman (shahar) buxgalteriya orqali olib borilishi mumkin. Hisob-kitob operatsiyalari toʻlov topshiriqnomalari boʻyicha va chek daftarchalari boʻyicha amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Maktabning xalqaro hamkorlikda qatnashishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumtaʼlim maktabi amaldagi qonunchilikka muvofiq xalqaro faoliyatni amalga oshirish huquqiga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktab xorijiy oʻquv yurtlari bilan valyutasiz asosda xalq taʼlimi (tuman-shahar XTB) ning tegishli organlari orqali oʻquvchilar guruhini oʻqishga, dam olishga, birgalikda oʻtkaziladigan olimpiadalar, koʻriklar, tanlovlarga yuborish yuzasidan almashish imkoniyatlarini nazarda tutuvchi toʻgʻridan toʻgʻriamaliy aloqalar oʻrnatadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
1995-yil 21-noyabrdagi 440-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
GIMNAZIYA TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nizom
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Gimnaziya – iqtidorli bolalarga I dan XI sinfgacha taʼlim va tarbiya berishga yoʻnaltirilgan oʻrta umumtaʼlim oʻquv yurtidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Gimnaziya oʻz faoliyatini “Taʼlim toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga hamda unga muvofiq qabul qilinadigan boshqa qonun hujjatlariga, Umumtaʼlim maktabi toʻgʻrisidagi Nizomga va mazkur Nizomga binoan amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Gimnaziya rivojlanayotgan taʼlimning yangi mazmunini izlash va ishlab chiqish, uni amalga oshirishning shakl va uslublarini tashkil qiluvchi ijodiy laboratoriya hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar gimnaziyaning asosiy maqsadlari va vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalarning oʻziga xos imkoniyatlarini hisobga olgan holda uzluksiz, har tomonlama va izchil rivojlanishlarini eng yuqori darajada taʼminlovchi (ijtimoiy, iqtisodiy, ruhiy, madaniy-tarixiy, estetik, pedagogik va boshqalar) shart-sharoitlar majmuini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquvchilarning taʼlimning davlat andozalari talablaridan yuqori darajada ilm olishlarini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsni aqliy, maʼnaviy, gumanitar-estetik va jismoniy jihatdan takomillashtirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquvchining ijodiy imkoniyatlarini ochish va faollashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Gimnaziya mustaqil yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhrga, toʻrtburchakli shtampga, shuningdek, tegishli namunadagi peshlavhaga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Gimnaziya mahalliy boshqaruv organlari va oʻzi qaramogʻida boʻlgan xalq taʼlimi organlari, ota-onalar jamoatchiligi oldida shaxsning bilim olishga boʻlgan konstitutsiyaviy huquqlari roʻyobga chiqarilishi, mazkur gimnaziya uchun ishlab chiqilgan oʻquv dasturlarining gimnazistlar tomonidan puxta oʻzlashtirilishi, taʼlim-tarbiya jarayonlarini tashkil etishning tanlangan shakllari bolalar yoshining ruhiy-fiziologik xususiyatlariga, ularning sogʻliqlarini saqlash talablariga mos kelishi uchun javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Gimnaziyada oʻqitish tillaridan foydalanish tartibi “Oʻzbekiston Respublikasi davlat tili haqida”gi Qonun bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Gimnaziyani tashkil etish, qayta tashkil qilish yoki tugatish Vazirlar Mahkamasining “Taʼlim toʻgʻrisidagi normativ hujjatlarni tasdiqlash va ularni amalga oshirishga oid chora-tadbirlar haqida” 1993-yil 12-avgustdagi 406-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat taʼlim muassasalarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish tartibi toʻgʻrisida” gi, “Taʼlim muassasalarini attestatsiyadan oʻtkazish va roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi nizomlarga hamda Vazirlar Mahkamasining “Faoliyatning ayrim turlari bilan shugʻullanish uchun maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) berish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1994-yil 19-apreldagi 215-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Har bir gimnaziya mazkur Nizom va Umumtaʼlim maktabi haqidagi Nizom asosida oʻz Ustavini ishlab chiqadi. Unda jamoaning xususiyatlarini va rivojlanish istiqbollarini hisobga olgan holda, jamoa hayotining norma va qoidalari, gimnaziya jamoa aʼzolarining huquq va burchlari belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Taʼlim muassasalarini attestatsiyadan oʻtkazish va roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq gimnaziya vaqti-vaqti bilan attestatsiya qilinishi va roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Oʻquv-tarbiya jarayoni tuzilmasi va uni tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Gimnaziya taʼlim jarayonini umumtaʼlim dasturlari darajalariga muvofiq holda uch bosqichda amalga oshiradi: 1-bosqich – boshlangʻich, 2-bosqich – tayanch, 3-bosqich – oʻrta; har bir bosqichdagi bolalarning yoshi va oʻqish muddati gimnaziya Ustavi bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Gimnaziya I – XI sinflar tarkibida tashkil etiladi. Gimnaziyaning birinchi sinfiga uning Ustavida belgilangan tanlov usullaridan oʻtgan oʻquvchilar qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gimnaziya oʻquvchilarida umumtaʼlim maktabining tegishli sinfiga erkin oʻtish huquqi saqlab qolinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida yashayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar gimnaziyaga shartnomalar va bitimlarda belgilanadigan umumiy asoslarda qabul qilinadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Gimnaziya tayanch komponentni majburiy tartibda oʻz ichiga oladigan oʻziga xos oʻquv rejalari va dasturlari boʻyicha ish olib boradi. Ular pedagoglar kengashi tomonidan ishlab chiqiladi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi bilan kelishilgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining xalq taʼlimi boshqarmalari tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Gimnaziya sinfidan-sinfga koʻchirish imtihonlarini oʻtkazish zaruriyati, shakllari va muddatlari Qoraqalpogʻiston Xalq taʼlimi vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari xalq taʼlimi boshqarmalari bilan kelishilgan holda oʻquv yurti Kengashi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IX va XI sinflarda bitirish imtihonlarini oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining sinfdan-sinfga koʻchirish va bitirish imtihonlarini oʻtkazish haqidagi tegishli yoʻriqnomalariga muvofiq belgilanadi. Sinfdan-sinfga koʻchirish imtihonlari natijalariga koʻra oʻquvchilarning gimnaziyada kelgusida oʻqishni davom ettirishlari yoki ettirmasliklari masalasi hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sinfdan-sinfga koʻchirish imtihonlarida gimnaziyada belgilanganidan past koʻrsatkichlarga erishgan oʻquvchilar pedagogika kengashining umumtaʼlim maktablarining odatdagi sinflariga oʻtkaziladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Gimnaziya sinflaridagi oʻquvchilari soni 16-20 kishidan iborat boʻladi. Fanlarni chuqurlashtirilgan dastur boʻyicha oʻrganishda, laboratoriya va Amaliy mashgʻulotlar oʻtkazishda sinflar ikki kichik guruhga boʻlinadi. Agar mazkur fanlar boʻyicha mashgʻulotlar belgilangan miqdorda oʻquvchilarga ega boʻlgan sinflarda oʻtkazilayotgan boʻlsa, oʻqituvchining ish haqiga belgilangan normativlarga muvofiq qoʻshimcha ustama berilishi mumkin. Sinfni uch va undan ortiq kichik guruhga boʻlish, shuningdek, boshqa fanlarni oʻrganishda kichik guruhga boʻlish, shuningdek, boshqa fanlarni oʻrganishda kichik guruhlarga boʻlish gimnaziyaning mavjud ish haqi fondi doirasida va jalb etilgan mablagʻlar hisobiga amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻquv yili davomida sinflardan oʻquvchilar ketgan taqdirda oʻquvchilar soni kamida 12 nafar boʻlsa sinf saqlab qolinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Gimnaziya bitirganlarga, oʻquv yurtining turi koʻrsatilgan holda, belgilangan nusxada tayanch yoki oʻrta maʼlumot haqidagi hujjatlar beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Oʻquvchilar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Gimnaziya oʻquvchilari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat taʼlim andozalariga muvofiq bepul umumiy taʼlim olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshimcha taʼlim xizmatlari olish huquqiga egadirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Gimnaziya oʻquvchilari gimnaziya Ustavini tan olishga va uni bajarishga majburdirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻquvchilarni navbatdagi sinfga oʻtkazish belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Pedagogik kadrlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Gimnaziya direktori tegishli oliy maxsus maʼlumotga ega boʻlgan shaxslarni tanlov-kontrakt asosida pedagogik ishga qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gimnaziya xodimlarining huquqlari va burchlari kontrakt shartlari bilan belgilanadi va “Taʼlim toʻgʻrisida” gi Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Gimnaziyaning oʻquv ishlariga oliy oʻquv yurtlarining oʻqituvchilari, shuningdek, ilmiy muassasalar, korxonalar va tashkilotlarning boshqa mutaxassislari jalb etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Gimnaziyani boshqarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Gimnaziyani boshqarish uning gimnaziya Kengashi (pedkengash) tasdiqlagan Ustaviga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻquv-tarbiya, ilmiy-tadqiqot jarayonlariga va gimnaziyaning kundalik faoliyatiga bevosita rahbarlikni direktor amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Gimnaziyaning moliya-xoʻjalik faoliyati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Gimnaziyaga amaldagi qonunchilik doirasida toʻliq moliyaviy mustaqillik beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gimnaziya Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi bilan kelishilgan holda xalq taʼlimi organlari tasdiqlagan oʻziga xos shtat jadvali boʻyicha ish yuritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gimnaziyaning moliyaviy taʼminoti Umumtaʼlim maktabi toʻgʻrisidagi Nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Gimnaziya oʻqituvchilarining ish haqi stavkalari umumtaʼlim maktablari ish hajmlari hisobidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Xalqaro hamkorlikda qatnashish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gimnaziya amaldagi qonunchilikka muvofiq, shuningdek, Umumtaʼlim maktabi toʻgʻrisidagi Nizomda nazarda tutilgan xalqaro faoliyatni amalga oshirish huquqiga egadir.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1995-y., 11-son, 44-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 33-son, 312-modda; 2011-y., 25-son, 260-modda)