Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlari toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimchalar kiritish haqida
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlarida pulli xizmatlar tashkil etilishini tartibga solish, harakatlanayotgan yoʻlovchilarga qoʻshimcha qulayliklar yaratish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining turizm jozibadorligini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 17-dekabr,
795-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-dekabrdagi 795-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlari toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan qoʻshimchalar
1. 6-banddagi “nazarda tutilgan holatlar” soʻzlaridan keyin “hamda mazkur Nizomga ilovada belgilangan avtomobil oʻtkazish punktlarida koʻrsatiladigan pulli xizmatlar (keyingi oʻrinlarda — pulli xizmatlar)” soʻzlari qoʻshilsin.
2. Quyidagi mazmundagi 61-band qoʻshilsin:
“61. Pulli xizmatlar avtomobil oʻtkazish punktining normal faoliyatiga taʼsir etmagan holda, qonun hujjatlariga muvofiq davlat mulkini ijaraga berish orqali belgilangan tartibda faqat tadbirkorlik subyektlari tomonidan koʻrsatilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Pulli xizmatlar koʻrsatilishi uchun avtomobil oʻtkazish punktining geografik joylashuvi, koʻrsatilishi mumkin boʻlgan pulli xizmatlar turi hamda ularni koʻrsatish uchun ajratilishi mumkin boʻlgan maydon, oʻtkazish punktining oʻtkazuvchanlik qobiliyati inobatga olinadi”.
3. Quyidagi mazmundagi ilova qoʻshilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlari toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali avtomobil oʻtkazish punktlarida koʻrsatiladigan pulli xizmatlar
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat olib borayotgan mobil aloqa operatorlari xizmatlari.
2. Ovqatlanish hamda sanitar-gigiyenik xizmatlarni tashkil etish boʻyicha faoliyat.
3. Boj olinmaydigan savdo doʻkonlarida tovarlarning chakana savdosi.
4. Yoʻlovchilar uchun qoʻl aravachalarini ijaraga berish.
5. Yoʻlovchilar va ularning yuklarini oʻtkazish punkti ichida tashish xizmati.
6. Oʻtkazish punkti orqali harakatlanayotgan transport vositalarini mayda taʼmirlash ishlari hamda ularni evakuatsiya qilish.
7. Hajmi katta boʻlmagan qoʻl yuklarini saqlab berish.
8. Transport vositalarida tashilayotgan yuklar bilan operatsiyalar amalga oshirish (yuk ortish, tushirish, qayta yuklash).
9. Tarjimonlik xizmati.
10. Xizmat koʻrsatish (yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasi va migratsiya blankalarini toʻldirib berish, turli kompyuter xizmatlari, faks, Internet) xonalari.
11. Taksi chaqirish xizmati”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2020-y., 09/20/795/1638-son)