Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“KAFOLAT” DAVLAT-AKSIYADORLIK SUGʻURTA KOMPANIYASINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-oktabrdagi PQ-3317-sonli “Kafolat sugʻurta kompaniyasi” Aksiyadorlik jamiyati faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Aholining, respublika shaharlarida joylashgan korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning sugʻurta xizmatlariga ehtiyojlarini yanada toʻla qondirishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, “Oʻzagrosugʻurta” davlat-aksiyadorlik sugʻurta kompaniyasining, “Oʻzbekinvest” eksport-import milliy sugʻurta kompaniyasining, “Asaka” aksiyadorlik-tijorat bankining va Xalq bankining ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati sifatidagi “Kafolat” davlat-aksiyadorlik sugʻurta kompaniyasini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Muassislar tomonidan ustav fondi 500 mln soʻm miqdorida eʼlon qilinganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin, shu jumladan:
Keyingi tahrirga qarang.
Moliya vazirligi 50 mln soʻm;
“Oʻzagrosugʻurta” davlat-aksiyadorlik sugʻurta kompaniyasi 300 mln soʻm;
“Oʻzbekinvest” eksport-import milliy sugʻurta kompaniyasi 50 mln soʻm;
“Asaka” aksiyadorlik-tijorat banki 10 mln coʻm;
Xalq banki 10 mln soʻm;
aksiyalarni erkin sotish, shu jumladan, xorijiy investorlarga 80 mln soʻm.
2. Respublika shaharlarida joylashgan yuridik va jismoniy shaxslarga sugʻurta xizmatlari koʻrsatish “Kafolat” davlat-aksiyadorlik sugʻurta kompaniyasi faoliyatining ustuvor sohasi etib belgilansin. “Kafolat” davlat-aksiyadorlik sugʻurta kompaniyasiga quyidagi asosiy vazifalarni amalga oshirish yuklansin:
aholi hayotini, salomatligini va mol-mulkini sugʻurta qilish;
korxonalar, tashkilotlar va muassasalar mol-mulkini sugʻurta qilish;
yuridik va jismoniy shaxslarning javobgarligini, moliya va tadbirkorlik tavakkalchiliklarini sugʻurta qilishni amalga oshirish;
Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sugʻurtaning majburiy turlarini amalga oshirish;
sugʻurtaviy maslahat xizmatlari koʻrsatish, qoʻshimcha sugʻurta qayta sugʻurta qilish operatsiyalarini amalga oshirish;
mahalliy sharoitlarni hisobga olgan holda sugʻurta qilishning yangi turlarini joriy etish va amalga oshirish.
Keyingi tahrirga qarang.
3.“Kafolat” davlat-aksiyadorlik sugʻurta kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladigan sugʻurtaning asosiy turlari roʻyxatiga 1-ilovaga muvofiq rozilik berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Belgilansinki, “Kafolat” davlat-aksiyadorlik sugʻurta kompaniyasining ijro etuvchi organi Bosh direktor boshchilik qiladigan Direksiya hisoblanadi, Bosh direktor Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining taqdimnomasiga binoan Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadi.
5. “Kafolat” davlat-aksiyadorlik sugʻurta kompaniyasining va uning ijro etuvchi apparatining tuzilmasi 2, 3 va 3a-ilovalarga muvofiq maʼqullansin. Kompaniya xodimlari umumiy sonining 620 nafar (xizmat koʻrsatuvchi xodimlardan tashqari), shu jumladan, Direksiya apparati xodimlarining cheklangan soni 35 nafar boʻlishiga rozilik berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
6. “Kafolat” davlat-aksiyadorlik sugʻurta kompaniyasi bir oy muddatda taʼsis majlisini oʻtkazsin va oʻz faoliyati Ustavini belgilangan tartibda qabul qilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Kafolat” davlat-aksiyadorlik sugʻurta kompaniyasini ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati sifatida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazsin.
8. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, “Oʻzagrosugʻurta” davlat-aksiyadorlik sugʻurta kompaniyasining shahar boʻlinmalari egallab turgan xizmat binolari uning ustav fondiga ulushi sifatida “Kafolat” sugʻurta kompaniyasiga beriladi.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi bir oy muddatda “Kafolat” davlat-aksiyadorlik sugʻurta kompaniyasi Direksiyasini aloqa vositalari, shu jumladan, hukumat aloqa vositalari bilan taʼminlasin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 14-mart,
144-son
“Kafolat” davlat-aksiyadorlik sugʻurta kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladigan sugʻurtaning asosiy turlari
ROʻYXATI
I. Shahar aholisini ixtiyoriy sugʻurta qilish
1. Hayotni, bolalarni va baxtsiz hodisalardan sugʻurta qilish.
2. Imoratlarni sugʻurta qilish.
3. Roʻzgʻor buyumlarini sugʻurta qilish.
4. Transport vositalarini sugʻurta qilish.
5. Hayvonlarni sugʻurta qilish.
II. Korxonalar javobgarligini va mol-mulkini ixtiyoriy sugʻurta qilish
Shaharlarda joylashgan davlat, xususiylashtirilgan, qoʻshma, kichik va xususiy korxonalar va tashkilotlarning javobgarligini va mol-mulkini sugʻurta qilish.
III. Sugʻurtaning qonunchilik hujjatlari va Hukumat qarorlarida nazarda tutilgan majburiy turlari
1. Shaharlarda yashovchi fuqarolarga tegishli mol-mulkni sugʻurta qilish.
2. Shaharlarda joylashgan transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilish.
3. Shaharlarda joylashgan garovga qoʻyilgan mol-mulkni sugʻurta qilish.
4. Havo, temiryoʻl transporti, ichki suv va avtomobil transporti yoʻlovchilarini sugʻurta qilish.
5. Koʻmir, neft, gaz qazib olish va geologiya-qidiruv tizimlari xodimlarini sugʻurta qilish.
6. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi texnik va xizmat koʻrsatuvchi tarkib xodimlarini hamda soliq organlari xodimlarini sugʻurta qilish.
7. Parvozlarda ishtirok etuvchi uchish va texnik tarkib xodimlarini sugʻurta qilish.
8. Oddiy askarlar hamda boshliqlar tarkibiga kiruvchi harbiy xizmatchilarni va harbiy xizmatga majbur shaxslarni sugʻurta qilish.
Keyingi tahrirga qarang.
“Kafolat” davlat-aksiyadorlik sugʻurta kompaniyasining
tuzilmasi
Keyingi tahrirga qarang.
“Kafolat” davlat-aksiyadorlik sugʻurta kompaniyasi ijro etuvchi apparatining
TUZILMASI
1. Bosh direktor
2. Bosh direktorning birinchi oʻrinbosari
3. Bosh direktor oʻrinbosari
4. Shahar aholisi mol-mulkini va hayotini sugʻurta qilish boshqarmasi
5. Korxonalar javobgarligini va mol-mulkini sugʻurta qilish boshqarmasi
6. Prognozlash, moliya va investitsiya faoliyati boshqarmasi
7. Yuridik xizmat boʻlimi
8. Kanselyariya
9. Xodimlar shuʼbasi
10. Maʼmuriy-xoʻjalik boʻlimi
Keyingi tahrirga qarang.
“Kafolat” davlat-aksiyadorlik sugʻurta kompaniyasi ijro etuvchi apparatining
TUZILMASI
Keyingi tahrirga qarang.