Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining quyidagi kun tartibi tasdiqlansin:
1. Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasining 2018-yildagi faoliyatini moliyalashtirish manbalari toʻgʻrisidagi hisoboti haqida.
2. Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2018-yildagi faoliyatini moliyalashtirish manbalari toʻgʻrisidagi hisoboti haqida.
3. Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasining 2018-yildagi faoliyatini moliyalashtirish manbalari toʻgʻrisidagi hisoboti haqida.
4. Oʻzbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining 2018-yildagi faoliyatini moliyalashtirish manbalari toʻgʻrisidagi hisoboti haqida.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasini saylash toʻgʻrisida.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosariga “Farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarishni rivojlantirish va modernizatsiya qilishning holati hamda ushbu sohada amalga oshirilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻrovi haqida.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2019-yil 14-mart,
2407-III-son