Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
“Islom Hamkorlik Tashkiloti Ustaviga kiritilgan tuzatishni (Abidjan shahri, 2017-yil 10-11-iyul) ratifikatsiya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Islom Hamkorlik Tashkiloti Ustaviga kiritilgan tuzatishni (Abidjan shahri, 2017-yil 10-11-iyul) ratifikatsiya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinsin.
2. Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2018-yil 7-avgust,
1880-III-son