Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
“Oʻzbekiston Respublikasining biologik xilma-xillik haqidagi Konvensiyaning bioxavfsizlik boʻyicha Kartaxen protokoliga qoʻshilishi toʻgʻrisida”gi (Monreal, 2000-yil 29-yanvar) QL-568-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2019-yil 2-oktabrda kiritilgan “Oʻzbekiston Respublikasining biologik xilma-xillik haqidagi Konvensiyaning bioxavfsizlik boʻyicha Kartaxen protokoliga qoʻshilishi toʻgʻrisida”gi (Monreal, 2000-yil 29-yanvar) QL-568-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2019-yil 9-oktabr,
2789-III-son