Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A. Abduhakimovga “Barkamol avlod” bolalar markazlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻrovini yuborish haqida
“Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi va Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyalarining Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A. Abduhakimovga “Barkamol avlod” bolalar markazlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻrovini yuborish haqidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Mazkur qaror va parlament soʻrovi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A. Abduhakimovga yuborilsin.
3. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari B. ALIXANOV
Toshkent sh.,
2019-yil 26-aprel,
2481-III-son