Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
“Turgʻun organik ifloslantiruvchi moddalar haqidagi Stokgolm konvensiyasini (Stokgolm, 2001-yil 22-may) ratifikatsiya qilish toʻgʻrisida”gi QL-474-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2019-yil 27-fevralda kiritilgan “Turgʻun organik ifloslantiruvchi moddalar haqidagi Stokgolm konvensiyasini (Stokgolm, 2001-yil 22-may) ratifikatsiya qilish toʻgʻrisida”gi QL-474-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari X. KETMONOV
Toshkent sh.,
2019-yil 5-mart,
2404-III-son