27.08.2018 yildagi 1915-III-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining 2018-yil birinchi yarim yilligidagi ijrosi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining 2018-yil birinchi yarim yilligidagi ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni koʻrib chiqib taʼkidlaydiki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilab berilgan vazifalar asosida amalga oshirilayotgan tizimli islohotlar iqtisodiyotni mutlaqo yangi asosda tashkil etish, yanada erkinlashtirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish uchun keng imkoniyat yaratdi. Bunda xomashyo resurslari va mavjud zaxiralardan oqilona foydalanilishi iqtisodiyot tarmoqlari hamda hududlarning kompleks rivojlantirilishini taʼminlanmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlab chiqarish izchil rivojlanayotganligi, eksport hajmi ortayotganligi, aholining xarid qobiliyati oʻsayotganligi yalpi ichki mahsulot hajmining ortishini taʼminlab, joriy yilning yanvar — iyun oylarida oʻtgan yilning shu davriga nisbatan YIM hajmi 4,9 foizga oʻsgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayni vaqtda, oʻtgan yilning tegishli davriga nisbatan sanoatda 6,1 foiz, qishloq, oʻrmon va baliq xoʻjaliklarida 2,7 foiz, qurilishda 9,7 foiz, savdo, istiqomat qilish va ovqatlanish boʻyicha xizmatlarda 1,7 foiz, boshqa xizmatlar sohasida 5,0 foiz oʻsishga erishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy iqtisodiyotni rivojlantirish hamda soliq va budjet siyosatini takomillashtirish, mahalliy budjetlarning daromad bazasini mustahkamlash boʻyicha amalga oshirilgan kompleks chora-tadbirlar natijasida hisobot davrida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tasdiqlangan parametrlar doirasida ijro etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot davrida Davlat budjeti xarajatlarining ijtimoiy yoʻnaltirilganligi taʼminlanib, ushbu sohaga umumiy xarajatlarning 55,7 foizi miqdorida mablagʻ sarflangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, ijtimoiy xarajatlarning 52,2 foizi taʼlim tizimi muassasalarini saqlash va rivojlantirishga, 22,7 foizi sogʻliqni saqlash sohasiga yoʻnaltirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy sohani va aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni moliyalashtirish uchun ajratilgan mablagʻlarning 13,3 trln. soʻmi yoki qariyb 72,5 foizi mehnatga haq toʻlash va unga tenglashtirilgan toʻlovlarga yoʻnaltirildi. Mablagʻlarning bir maromda tushirilishi hisobiga budjet tashkilotlarida mehnatga haq toʻlash va unga tenglashtirilgan toʻlovlar hamda nafaqalar har oyning birinchi besh ish kuni davomida toʻliq moliyalashtirilishi taʼminlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining mahalliy budjetlarni shakllantirish hamda mablagʻlardan samarali foydalanish borasidagi mustaqilligi va masʼuliyatini oshirish boʻyicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida joriy yilning birinchi yarim yilligida mahalliy budjetlarga 1715 mlrd. soʻm miqdorida qoʻshimcha mablagʻlar tushirilgan. Bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 6 baravar koʻp boʻlib, ular mahalliy davlat hokimiyati organlari ixtiyorida qoldirilgan va hududlarni rivojlantirishga, mavjud muammolarni va yechimini kutayotgan masalalarni hal etishga yoʻnaltirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi taʼkidlaydiki, 2018-yilning birinchi yarim yilligida budjet maʼlumotlarining ochiqligini taʼminlash hamda deputatlar va fuqarolarning budjet jarayonida faol ishtirok etishi uchun sharoitlar yaratish boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrilmadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot davrida budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning budjet toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etishi yuzasidan davlat moliyaviy nazoratini amalga oshirilayotganda 2275 ta budjet tashkilotining 1887 tasida 21706,9 mln. soʻm miqdoridagi moliyaviy qoidabuzarliklar, shu jumladan 4692,5 mln. soʻm miqdoridagi pul mablagʻlari hamda moddiy boyliklar kamomadi va oʻzlashtirishlar, 17014,4 mln. soʻm miqdoridagi noqonuniy xarajatlar aniqlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Budjetdan mablagʻ oluvchilarning budjet toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etishi tahlil qilinganda, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tizimida 1360,8 mln. soʻm, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimida 2175,4 mln. soʻm, Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi tizimida 76,8 mln. soʻm, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi tizimida 325,6 mln. soʻm pul mablagʻlari va moddiy boyliklarning kamomadi va talon-toroj qilinishi faktlari aniqlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur hisobotning parlament quyi palatasi siyosiy partiyalar fraksiyalari, Oʻzbekiston Ekologik harakati deputatlar guruhi va qoʻmitalarda dastlabki tarzda muhokama qilinganligini hisobga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining 2018-yil birinchi yarim yilligidagi ijrosi toʻgʻrisidagi hisobot tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼkidlansinki, 2018-yilning birinchi yarim yilligida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining daromadlari 33161,5 mlrd. soʻmni, xarajatlari 33017,2 mlrd. soʻmni tashkil etgan. Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti 144,3 mlrd. soʻm yoki yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,1 foiz miqdorida profitsit bilan ijro etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet maʼlumotlarining ochiqligi va shaffofligini yanada oshirish, ularni xorijiy investorlar hamda boshqa manfaatdor subyektlarga yetkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiy va moliyaviy statistika maʼlumotlaridan foydalana olishning hamda budjet jarayoni ochiqligining yangi mexanizmlarini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil uchun belgilangan ustuvor vazifalarning soʻzsiz ijro etilishini taʼminlash, shu jumladan tarkibiy jihatdan oʻzgartirish va diversifikatsiya qilish, ilgʻor texnologiyalarni joriy etish, investitsiyalarni har tomonlama jalb etish orqali iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, hududlarning xomashyo resurslari va salohiyatidan oqilona foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy budjetlarning daromad bazasini yanada kengaytirish boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Siyosiy partiyalar fraksiyalariga, Oʻzbekiston Ekologik harakati deputatlar guruhiga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining hisobot davridagi ijrosi bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqishda budjet mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanish yuzasidan aniq takliflar kiritish, tegishli vazirliklar va idoralarda ushbu mablagʻlardan maqsadli foydalanilishini taʼminlanish ustidan taʼsirchan parlament nazoratini amalga oshirish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qoʻmitalari oʻz nazorat-tahlil faoliyatida, xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining ijrosi bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqayotganda qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar va budjet mablagʻlaridan samarali foydalanilishini taʼminlash yuzasidan tavsiyalar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari joylarga chiqqanda mahalliy davlat hokimiyati organlari, soliq va moliya organlari rahbarlarining ular tomonidan mahalliy budjetlar daromadlarini oshirish, soliq va majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzdorlikka yoʻl qoʻymaslik, shuningdek ishlamayotgan korxonalarni qoʻshimcha ish oʻrinlari tashkil etish maqsadida tiklash borasida koʻrilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi hisobotlarini eshitishga bagʻishlangan xalq deputatlari Kengashlarining sessiyalarida ishtirok etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu Qaror eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 27-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1915-III-son