Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining “Buxoro viloyatining Gʻijduvon tumani va Navoiy viloyatining Konimex tumani chegaralarini oʻzgartirish toʻgʻrisida”gi QL-401(Q)-sonli qarori loyihasi haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018-yil 2-avgustda kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining “Buxoro viloyatining Gʻijduvon tumani va Navoiy viloyatining Konimex tumani chegaralarini oʻzgartirish toʻgʻrisida”gi QL-401(Q)-sonli qarori loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun qabul qilish mumkinligi toʻgʻrisidagi Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasining xulosasi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi ushbu qaror loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlisida koʻrib chiqish uchun tayyorlasin.
3. Qonun loyihalarini va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqishni tashkil etish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi guruh mazkur qaror loyihasini Qonunchilik palatasida tayyorlash, koʻrib chiqishning, shuningdek qabul qilishning barcha bosqichlarida kuzatib borishni taʼminlasin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2018-yil 24-avgust,
1907-III-son