Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika hududlarini qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 11-maydagi PQ-4709-son qarori)
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-apreldagi 255-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish agentligi faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika hududlarini qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 11-maydagi PQ-4709-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev hamda Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 15-dekabr,
787-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 15-dekabrdagi 787-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-iyundagi 481-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligi qoshidagi Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisida nizomning 6-bandida:
“a” kichik bandi “maqsadli kompleks dasturlarni” soʻzlaridan keyin “shuningdek, sarimsoqpiyoz yetishtirish loyihalarini” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
“b” kichik bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“maydoni 35 gektardan ziyod bogʻlarda suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilish boʻyicha vakolatli organlar tomonidan beriladigan tegishli ruxsatnomaga asosan suv chiqarish uchun burgʻilangan quduqni, shuningdek, daryolar, kanallar va boshqa suv havzalaridan suvni tortish uchun nasos stansiyasini qurishga har 35 gektar uchun 120 million soʻmdan oshmaydigan miqdorda”;
quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“suvdan foydalanish maqsadida tutash hududlarda joylashgan har birining umumiy maydoni 35 gektardan oshmaydigan bir necha fermer xoʻjaligi va qishloq xoʻjaligi korxonalarining oʻzaro kelishuvi asosida suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilish boʻyicha vakolatli organlar tomonidan beriladigan tegishli ruxsatnomaga asosan suv chiqarish uchun burgʻilangan quduqni, shuningdek daryolar, kanallar hamda boshqa suv havzalaridan suvni tortishga nasos stansiyasini qurish uchun suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilish boʻyicha vakolatli organlar tomonidan beriladigan tegishli ruxsatnomaga asosan har 35 gektar maydonga 120 million soʻmdan oshmaydigan mikdorda”.
2. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-fevraldagi 98-son qarori bilan tasdiqlangan Yangi intensiv bogʻ, uzumzor va issiqxonaparda suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish boʻyicha xarajatlarning bir qismini qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
3-band quyidagi mazmunda birinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“kelishuv shartnomasi — suvdan umumiy foydalanish maqsadida tutash hududlarda joylashgan har birining umumiy maydoni 35 gektardan oshmaydigan bir necha fermer xoʻjaligi va qishloq xoʻjaligi korxonalarining oʻzaro kelishuvi”;
birinchi va yettinchi xatboshilar tegishli ravishda ikkinchi va sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“maydoni 35 gektar dan ziyod bogʻ va uzumzorlarda suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilish boʻyicha vakolatli organlar tomonidan beriladigan tegishli ruxsatnomaga asosan suv chiqarish uchun burgʻilangan quduqni, shuningdek, daryolar, kanallar va boshqa suv havzalaridan suvni tortish uchun nasos stansiyasini qurishga har 35 gektar uchun 120 million soʻmdan oshmaydigan mikdorda”;
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi qoʻshilsin:
“suvdan foydalanish maqsadida tutash hududlarda joylashgan har birining umumiy maydoni 35 gektardan oshmaydigan bir necha fermer xoʻjaligi va qishloq xoʻjaligi korxonalarining oʻzaro kelishuvi asosida suv chiqarish uchun burgʻilangan quduqni, shuningdek daryolar, kanallar hamda boshqa suv havzalaridan suvni tortishga nasos stansiyasini qurish uchun suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilish boʻyicha vakolatli organlar tomonidan beriladigan tegishli ruxsatnomaga asosan har 35 gektar maydonga 120 million soʻmdan oshmaydigan mikdorda subsidiya ajratiladi”;
toʻrtinchi xatboshi beshinchi xatboshi deb hisoblansin;
9-bandga quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi qoʻshilsin:
“suvdan foydalanish maqsadida tutash xududlarda joylashgan har birining umumiy maydoni 35 gektardan oshmaydigan bir necha fermer xoʻjaligi va qishloq xoʻjaligi korxonalarining oʻzaro kelishuv shartnoma nusxasi”;
beshinchi xatboshi oltinchi xatboshi deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2020-y., 09/20/787/1631-son; 24.02.2021-y., 09/21/95/0147-son)