Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 29.11.1996 yildagi 425-son
Кучга кириш санаси
29.11.1996
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
|
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori TAYYoR MAHSULOTNING NORMATIVDAN ORTIQ QOLDIQLARINI QISQARTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA Korxonalarning moliyaviy ahvolini barqarorlashtirish, tayyor mahsulot qoldiqlarini sotish hisobiga ularning oborot mablagʻlari aylanishini tezlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Tayyor mahsulotning normativdan ortiq qoldiqlarini qisqartirish masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha 1-ilovaga* muvofiq tarkibda maxsus Hukumat komissiyasi tashkil etilsin. * Ilova berilmaydi. 2. Hukumat komissiyasi: tayyor mahsulotning normativdan ortiq qoldiqlarini qisqartirish masalalarini vazirliklar, idoralar, konsernlar, korporatsiyalar, uyushmalar, sanoat korxonalari ishtirokida muntazam ravishda koʻrib chiqsin, tayyor mahsulotning normativdan ortiq qoldiqlari hosil boʻlishi sabablarini oʻrgansin, ularni qisqartirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqsin; ishlarning ahvolini tahlil qilish asosida va mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar va boshqa manfaatdor tashkilotlarning takliflarini hisobga olgan holda xaridorgir boʻlmagan va narxi bois sotilmayotgan mahsulot narxini pasaytirish toʻgʻrisida qaror qabul qilsin; har bir majmui, tarmoq boʻyicha tayyor mahsulotning sotilishi bilan bogʻliq ishlarning ahvolini koʻrib chiqish natijalari boʻyicha omborlardagi normativdan ortiq tayyor mahsulot qoldigʻini keskin qisqartirish chora-tadbirlarini koʻrsin; uch hafta muddatda sanoat korxonalari omborlaridagi tayyor mahsulot qoldiqlarining oʻrtacha normativlarini belgilash yuzasidan takliflar kiritsin. 3. Hukumat komissiyasi majlislarida Vazirlar Mahkamasining tarmoq majmuilari boʻyicha tayyor mahsulotni sotish ishlarining ahvolini koʻrib chiqish jadvali 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin. * Ilova berilmaydi. 4. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi har oyda Hukumat komissiyasiga korxonalarning omborlaridagi tayyor mahsulot qoldigʻi haqidagi statistika maʼlumotlarini taqdim etsin. 5. “Oʻzbeksavdo” uyushmasi Oʻzbekbirlashuv chakana savdo tizimida narxi tushirilgan tovarlarni sotuvchi maxsus doʻkonlar va boʻlimlar tashkil etsinlar. 6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ikki hafta muddatda sanoat tarmoqlari boʻyicha oborot mablagʻlar normativlarini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin. Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV Toshkent sh., 1996-yil 29-noyabr, 425-son |
Постановление Кабинета Министров Республики Узбекистан О МЕРАХ ПО СОКРАЩЕНИЮ СВЕРХНОРМАТИВНЫХ ОСТАТКОВ ГОТОВОЙ ПРОДУКЦИИ В целях стабилизации финансового положения предприятий, ускорения оборачиваемости их оборотных средств за счет реализации остатков готовой продукции Кабинет Министров постановляет: 1. Создать специальную Правительственную комиссию по рассмотрению вопросов сокращения сверхнормативных остатков готовой продукции в составе согласно приложению № 1*. * Приложение не приводится. 2. Правительственной комиссии: регулярно рассматривать вопросы сокращения сверхнормативных остатков готовой продукции с участием руководителей министерств, ведомств, концернов, корпораций, ассоциаций, предприятий промышленности, анализировать причины образования сверхнормативных остатков готовой продукции, вырабатывать рекомендации по их сокращению; на основе анализа положения дел и с учетом предложений предприятий-производителей и других заинтересованных организаций принимать решение о снижении цены на продукцию, не пользующуюся спросом и не реализуемую по ценовым факторам; по результатам рассмотрения положения дел по реализации готовой продукции по каждому комплексу, отрасли принять меры по резкому сокращению сверхнормативных остатков готовой продукции на складах; в трехнедельный срок внести предложения по уточнению усредненных нормативов остатков готовой продукции на складах промышленных предприятий. 3. Утвердить график рассмотрения состояния дел по реализации готовой продукции на заседаниях Правительственной комиссии в разрезе отраслевых комплексов Кабинета Министров согласно приложению № 2*. * Приложение не приводится. 4. Госкомпрогнозстату Республики Узбекистан ежемесячно представлять Правительственной комиссии статистические данные об остатках готовой продукции на складах предприятий. 5. Ассоциации «Узбексавдо», Узбекбирлашув организовать в системе розничной торговли специализированные магазины и отделы по распродаже уцененных товаров. 6. Министерству финансов Республики Узбекистан в двухнедельный срок разработать и внести в Кабинет Министров нормативы оборотных средств по отраслям промышленности. 7. Контроль за исполнением настоящего постановления возложить на Премьер-министра Республики Узбекистан Султанова У.Т. Председатель Кабинета Министров И. КАРИМОВ г. Ташкент, 29 ноября 1996 г., № 425 |