Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining
Qarori
Ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan davlat umumtaʼlim muassasalarining ixtisoslashtirilgan sinflariga, davlat ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalariga oʻquvchilar qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 15-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2321-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-oktabrdagi 789-son “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan beriladigan tasdiqlovchi hujjatlar turlarini tubdan qisqartirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi, 2019-yil 30-sentabrdagi 822-son “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq taʼlimini boshqarish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 5-sentabrdagi PF-5538-son Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq taʼlimi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 5-sentabrdagi PQ-3931-son va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Prezident maktablarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 20-fevraldagi PQ-4199-son qarori)”gi hamda 2019-yil 17-oktabrdagi 880-son “Respublika oʻquv-tarbiya muassasalari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2011-yil 26-dekabrdagi 38 va 42 q/q-son qarori (roʻyxat raqami 2321, 2012-yil 1-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 5-son, 55-modda) bilan tasdiqlangan Ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan davlat umumtaʼlim muassasalarining ixtisoslashtirilgan sinflariga, davlat ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalariga oʻquvchilar qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Xalq taʼlimi vaziri Sh.X. ShERMATOV
Toshkent sh.,
2020-yil 1-dekabr,
14-mh-son
Davlat test markazi direktori M.M. KARIMOV
Toshkent sh.,
2020-yil 30-noyabr,
04-KQ-son
Kelishildi:
Sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari A.Sh. INOYATOV
Toshkent sh.,
2020-yil 27-noyabr
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining 2020-yil 1-dekabrdagi 14-mh-son va Davlat test markazining 2020-yil 30-noyabrdagi 04-QQ-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan davlat umumtaʼlim muassasalarining ixtisoslashtirilgan sinflariga, davlat ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalariga oʻquvchilar qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. Muqaddimaning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 7-avgustdagi 173-son “Ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalari faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq davlat umumtaʼlim muassasalarining ixtisoslashtirilgan sinflari (bundan buyon matnda ixtisoslashtirilgan sinf deb yuritiladi), davlat ixtisoslashtirilgan maktablari va maktab-internatlariga (bundan buyon matnda ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasasi deb yuritiladi) oʻquvchilar qabul qilish va ularni ushbu ixtisoslashtirilgan sinf hamda ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasasidan oʻqishdan chetlatish tartibini belgilaydi.”.
“1. Ixtisoslashtirilgan sinf va ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasasida hujjatlarni qabul qilish, rasmiylashtirish va tegishli fanlardan test sinovlarini oʻtkazish hamda ota-onalarning murojaatlarini koʻrib chiqish Komissiyasi tuziladi (bundan buyon matnda Komissiya deb yuritiladi).
Komissiya tarkibi 5 nafardan kam boʻlmagan toq miqdorda tashkil etilib, tarkibiga ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasasi (ixtisoslashtirilgan sinfi mavjud umumtaʼlim maktab) direktori, tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimi vakili, umumtaʼlim muassasasi oʻqituvchilari hamda ota-onalarning vakillari kiritiladi.
Ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasasi (ixtisoslashtirilgan sinfi mavjud umumtaʼlim maktabi) direktori Komissiya raisi hisoblanadi.
Bevosita respublika yoki viloyat xalq taʼlimini boshqarish hududiy organlari tasarrufidagi ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalarida tashkil etilgan Komissiya tarkibiga tegishli boshqarish organi vakili kiritiladi.
Farzandlari ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasasiga qabul qilish boʻyicha sinovda qatnashayotgan shaxslar komissiya tarkibiga kiritilmaydi.
2. Ixtisoslashtirilgan sinf va ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasasining 5-sinfiga oʻquv yili tamom boʻlgandan keyin 4-sinf oʻquvchilari, ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasasining (maktab-internatning) 7-sinfiga oʻquv yili tamom boʻlgandan keyin 6-sinf oʻquvchilari tanlov asosida qabul qilinadi.”.
3. 4 — 6-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. Komissiya tomonidan ixtisoslashtirilgan sinf va ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasasiga hujjatlar har yili 1 — 30-iyun kunlari qabul qilinadi.
Oʻquvchilarni qabul qilish boʻyicha tanlovga buyurtma har yili Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan hujjatlarni qabul qilish jarayoni yakunlangan kundan boshlab 5 kun muddat ichida Davlat test markaziga taqdim etiladi.
5. Tanlovda ishtirok etish uchun oʻquvchilardan quyidagi hujjatlar qabul qilinadi:
ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasasi (ixtisoslashtirilgan sinfi mavjud umumtaʼlim maktabi) direktori nomiga ariza;
tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxasi;
3 x 4 hajmdagi 2 ta fotosurat.
6. Ixtisoslashtirilgan sinf va ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasasining 5-sinfi hamda ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasasining (maktab-internatning) 7-sinfi uchun tanlovlar Davlat test markazi tomonidan Xalq taʼlimi vazirligi bilan kelishilgan muddatda oʻtkaziladi.”.
4. 8 — 15-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
5. 16-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“16. Test sinovi materiallari va metodikasi Davlat test markazi tomonidan shakllantiriladi. Test savollarining murakkablik darajasi tegishliligi boʻyicha taʼlim dasturlaridan kelib chiqib belgilanadi.”.
6. 18-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“18. Oʻquvchilarni ixtisoslashtirilgan sinf va ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasasining 5 va 7-sinflariga qabul qilish boʻyicha test sinovlari uchun 60 daqiqa vaqt beriladi.”.
7. 19-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“19. Oʻquvchilarni 5 va 7-sinfga qabul qilish uchun Davlat test markazi tomonidan quyidagi fanlarning tegishliligi boʻyicha bittasidan test sinovlari oʻtkaziladi:
filologiya — muassasada taʼlim olib boriladigan til va adabiyotdan 20 ta, matematikadan 10 ta, jami 30 ta test savoli;
ijtimoiy fanlar — muassasada taʼlim olib boriladigan til va adabiyotdan 20 ta, matematikadan 10 ta, jami 30 ta test savoli;
aniq fanlar — matematikadan 20 ta, muassasada taʼlim olib boriladigan til va adabiyotdan 10 ta, jami 30 ta test savoli;
tabiiy fanlar — matematikadan 20 ta, muassasada taʼlim olib boriladigan til va adabiyotdan 10 ta, jami 30 ta test savoli;
xorijiy tillar — muassasada taʼlim olib boriladigan xorijiy til (ingliz, nemis, fransuz)dan 20 ta, ona tili va adabiyotdan 10 ta, jami 30 ta test savoli;
texnologiya — matematikadan 20 ta, muassasada taʼlim olib boriladigan til va adabiyotdan 10 ta, jami 30 ta test savoli.”.
8. 21-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“21. Test sinovlari natijalariga koʻra oʻquvchilar ballar ketma-ketligi boʻyicha belgilangan kvotaga muvofiq qabul qilinadi.”.
9. 23-band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Prezident maktablariga saralash tanlovlarida qatnashib, ajratilgan qabul kvotasidan keyingi eng yuqori natija koʻrsatgan oʻquvchilar orasidan ballar ketma-ketligi asosida ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktablarining 5-sinfiga va maktab-internatlarining 7-sinfiga qoʻshimcha qabul kvotasi doirasida oʻquvchilar saralash test sinovlari oʻtkazilmasdan qabul qilinadi.
Ota-ona yoki ota-ona oʻrnini bosuvchi shaxslar nazoratisiz va qarovisiz qolgan, ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda boʻlgan oilalarda yashayotgan, shuningdek davlat va jamoatchilik yordamiga muhtoj boʻlgan boshqa voyaga yetmaganlar ularning xulq-atvori, psixologik portreti, yoshi, iqtidori, qobiliyati, qiziqishlari va boshqa omillarni inobatga olgan holda, voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha hududiy idoralararo komissiyalar tavsiyasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi, viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalarining yoʻllanmasi asosida ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlariga joylashtiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha hududiy idoralararo komissiyalar tavsiyasiga asosan yuborilayotgan voyaga yetmaganlar uchun ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlariga qabul kvotasidan tashqari 5 foizgacha qoʻshimcha kvotalar ajratadi.”.
10. 26-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
11. 30-bandda:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“30. Ixtisoslashtirilgan sinf yoki ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalarida boʻshab qolgan oʻrinlarga tanlovda ishtirok etib, tegishli fanlardan yuqori natija koʻrsatgan oʻquvchilar ballar reytingi boʻyicha ketma-ketlikda qabul qilinadi.”;
uchinchi xatboshidagi “2” va “5” raqamlari tegishli ravishda “5” va “7” raqamlari bilan almashtirilsin.
12. Mazkur oʻzgartirishlar va qoʻshimcha Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.12.2020-y., 10/20/2321-1/1627-son)