Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining Qoʻshma qarorini tasdiqlash toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2023-yil 16-maydagi 3198-IV-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2018-yil 29-iyunda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari faoliyatini axborot-tahliliy jihatdan taʼminlashni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 1808-III/KQ-375-III-sonli Qoʻshma qarori tasdiqlansin.
2. Ushbu Qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2018-yil 7-avgust,
1873-III-son