Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasining davlat qimmatli qogʻozlari bilan REPO bitimlarini tuzish va ijro etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 44, 67 va 98-bandlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 10-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1829-3]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-maydagi PF-5997-sonli “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2008-yil 15-martdagi 8/8-son qarori (roʻyxat raqami 1829, 2008-yil 18-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 24-25-son, 247-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining davlat qimmatli qogʻozlari bilan REPO bitimlarini tuzish va ijro etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 44, 67 hamda 98-bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2020-yil 4-dekabr,
26/5-son
Kelishildi:
Moliya vaziri T. IShMETOV
Toshkent sh.,
2020-yil 4-dekabr
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2020-y., 10/20/1829-3/1628-son)