Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Sudyalar va ularning oila aʼzolari pensiya taʼminoti shartlari, meʼyorlari hamda tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 24-iyuldagi PF-6034-son Farmoniga muvofiq, shuningdek sudyalarning pensiya taʼminoti shartlari, meʼyorlari va tartibini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 24-iyuldagi PF-6034-son Farmonining 6-bandiga muvofiq:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi apparati rahbari, boshqarma boshliqlariga nisbatan Oliy sud sudyalari uchun belgilangan, Oliy sudning boshqaruv xodimlari tarkibiga kiritilgan boshqa xodimlariga nisbatan esa, viloyat sudlari sudyalari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish shartlari tatbiq etilganligi;
bunda, qayd etilgan shartlar faqat muqaddam sudyalik lavozimida ishlagan shaxslarga nisbatan qoʻllanilishi, ushbu shaxslarning shu lavozimlarda ishlagan vaqti sudyalik stajiga qoʻshilishi va pensiya tayinlashda hisobga olinishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-yanvardagi 11-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2019-y., 1-son, 1-modda) bilan tasdiqlangan Sudyalar va ularning oila aʼzolari pensiya taʼminoti shartlari, meʼyorlari hamda tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qaror 2021-yil 1-yanvardan boshlab kuchga kiradi.
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklatilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 15-dekabr,
783-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 15-dekabrdagi 783-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Sudyalar va ularning oila aʼzolari pensiya taʼminoti shartlari, meʼyorlari hamda tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. 3-bandning “v” kichik bandi “Yosh” ustunidagi “50 yoshdan 60 yoshgacha” soʻzlari “50 yosh va undan oshganda” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. 4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. Sudya lavozimidagi ish stajiga ega boʻlgan va ushbu Nizomning 30-bandida nazarda tutilgan lavozimlarda ishlagan shaxslar ham, mazkur lavozimlarda uzluksiz boʻlganligidan qatʼi nazar, ushbu bandda belgilangan tartibda pensiya olish huquqiga ega”.
3. 30-bandda:
“shaxsning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Senati, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Hukumatining qarorlari bilan lavozimda boʻlgan davri;
shaxsning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi yoki Senati aʼzosi etib saylangan (tayinlangan) davri;
harbiy xizmatchilar, ichki ishlar idoralari boshliqlar va oddiy xodimlar tarkibidan boʻlgan shaxslarning yuridik ixtisoslik boʻyicha xizmati davri, shuningdek, prokuratura idoralarida darajali unvonlar (harbiy unvonlar)ga ega xodimlarning ishlagan davri”;
b) quyidagi mazmundagi oltinchi va yettinchi xatboshilar qoʻshilsin:
“ilgari sudya lavozimida ishlagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi apparati rahbari, boshqarma boshligʻi yoki Oliy sudning boshqaruv xodimlari tarkibiga kiritilgan boshqa lavozimlarda ishlagan davri;
Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabiga ishga jalb qilingan va malaka darajalariga ega boʻlgan sudyalar va ularga tenglashtirilgan shaxslarning Sudyalar oliy maktabida ishlagan davri hisobga olinadi”;
v) oltinchi va yettinchi xatboshilar tegishlicha sakkizinchi va toʻqqizinchi xatboshilar deb hisoblansin.
4. 49-bandning uchinchi xatboshisidagi “3-bandi “g” kichik bandiga” soʻzlari “3-bandi “v” kichik bandiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2020-y., 09/20/783/1624-son)