Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
“Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 70-moddasiga oʻzgartish kiritish haqida”gi QL-483-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2019-yil 3-aprelda kiritilgan “Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 70-moddasiga oʻzgartish kiritish haqida”gi QL-483-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari N. UMAROV
Toshkent sh.,
2019-yil 16-aprel,
2453-III-son