Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
“Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 96 va 117-moddalariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-540-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasining deputatlari X.Gapparov, K.Jumaniyozov, A.Qurbonov, S.Samoylov, I.Xushvaqtov, Dj.Shirinov, I.Xodjiyev, Sh.Tuxtashev tomonidan 2019-yil 14-avgustda kiritilgan “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 96 va 117-moddalariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-536-sonli qonuni loyihasi birinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2019-yil 17-avgust,
2673-III-son