Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
“Oʻzbekiston Respublikasi axborot-kutubxona tizimi xodimlari kunini belgilash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni xaqida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Oʻzbekiston Respublikasi axborot-kutubxona tizimi xodimlari kunini belgilash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinsin.
2. Mazkur qonun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin.
3. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2019-yil 23-avgust,
2707-III-son