27.08.2020 yildagi 518-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtisoslashgan bolalar ko‘ngilochar-ma’rifiy telekanalini tashkil etish to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ta’lim-tarbiya jarayoniga bolalarning har tomonlama intellektual, ma’naviy-estetik va jismoniy rivojlanishini ta’minlovchi zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini joriy etish, maktabga tayyorgarlik darajasini tubdan oshirish maqsadida ularning atrofdagi dunyoni bilish, zamonaviy axborot texnologiyalarini hamda xorijiy tillarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarini rag‘batlantirish, shuningdek, mavjud bolalar auditoriyasiga mo‘ljallangan teleuzatish infratuzilmasini jadal texnologik va texnikaviy rivojlantirishga zamonaviy yechimlarni jalb etish, budjet mablag‘laridan foydalanish samaradorligini oshirish, bolalar uchun ta’lim kontentini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish ehtiyojini hisobga olgan holda sohadagi eng ilg‘or jahon tajribalarining qo‘llanishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining Ixtisoslashgan bolalar ko‘ngilochar-ma’rifiy “Aqlvoy” telekanalini (keyingi o‘rinlarda — bolalar telekanali) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar bolalar telekanalining asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ma’lumotni qiziqarli va tushunarli shaklda taqdim etish orqali bolalarning bilim olish faolligini rag‘batlantirish, intellektual va ijodiy ko‘nikmalarini rivojlantirish (edutainment);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
teleko‘rsatuvlarni tashkil qilish tizimiga zamonaviy texnik yechimlarni va ilg‘or xorijiy tajribani tatbiq etish, raqamli va multimedia texnologiyalarini rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalar teleko‘rsatuvlari infratuzilmasini kengaytirish, milliy ma’naviyat, madaniy-ahloqiy an’analar va zamonaviy innovatsiyalar uyg‘unlashgan, bilim beruvchi va ko‘ngilochar bolalar kontenti rivojlanishini rag‘batlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasida tasdiqlangan talablar, standartlar va o‘quv-ta’lim dasturlariga muvofiq bolalarning yosh xususiyatlaridan kelib chiqqan holda ta’lim beruvchi, rivojlantiruvchi va o‘yin elementlarini o‘zida mujassam etgan teleko‘rsatuvlar va multimedia kontentini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalarda Vatanga muhabbat tuyg‘usini shakllantirish, ularni jonajon o‘lka madaniyati va tarixi, qadriyatlari, an’ana va urf-odatlari bilan tanishtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalarda kreativ-ijodiy fikrlashni rivojlantirish hamda ularda badiiy va estetik didni tarbiyalash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalarda sog‘lom turmush tarziga oid bilimlarni shakllantirish, sport bilan shug‘ullanishga qiziqishni oshirish, zarur sanitar-gigiyenik ko‘nikmalarni shakllantirish, ularni xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etishga o‘rgatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalarda tabiatga bo‘lgan qiziqish va mehrni, atrof-muhitga g‘amxo‘rlik bilan munosabatda bo‘lishni shakllantirish, ularni ekologik ruhda tarbiyalash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy-hissiy ko‘nikmalarni rivojlantirish, tashabbuskorlik va mustaqil fikrlashni rag‘batlantirish hamda ma’naviy jihatdan tarbiyalash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jahon madaniyatidan bahramand bo‘lishlarini ta’minlash va jahon madaniy merosi bilan tanishtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha bolalar uchun turar joyidan va oilasining daromadlari darajasidan qat’iy nazar o‘quv-ta’lim va rivojlantiruvchi kontentdan foydalanish imkoniyatini yaratish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turli platformalar orqali joriy etish uchun ta’limga oid milliy kontent, shu jumladan mobil dasturlar, videodarslar, interfaol o‘qituvchi dasturlar va boshqa turdagi, qonunchilik hujjatlariga zid bo‘lmagan rivojlantiruvchi mahsulotlarni yaratish;
(2-bandning o‘n uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalar kontentini shakllantirishga yuqori malakali mutaxassislar, pedagoglar va psixologlarni keng jalb qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi qoshida “Axborot va pedagogika texnologiyalari innovatsion markazi” mas’uliyati cheklangan jamiyatining (keyingi o‘rinlarda — Innovatsion markaz) ulushi ishtirokida “Edumedia Corporation” MChJ ta’sis etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki, bolalar telekanali:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Edumedia Corporation” MChJ qoshida yuridik shaxs tashkil etmasdan ta’sis etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikaning barcha hududlarida yetkaziladigan umumfoydalanishdagi ijtimoiy raqamli teleeshittirishlar paketi tarkibiga kiritiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjetga tushadigan yukni kamaytirish va raqobat muhitini shakllantirish maqsadida o‘zini-o‘zi moliyalash prinsiplari asosida, shu jumladan homiylik tushumlari hisobiga va efirda voyaga yetmaganlar tomonidan sotib olinishi yoki iste’mol qilinishi taqiqlanmagan tovar va xizmatlarning pullik reklamasini joylashtirish orqali faoliyat yuritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatga haq to‘lash miqdorini, ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun tariflarni, ishlab chiqariladigan mahsulot uchun narxlarni mustaqil belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun xorijiy mutaxassislar va maslahatchilarni jalb etish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi:
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-iyundagi 350-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.06.2024-y., 09/24/350/0441-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalar telekanalini joylashtirish uchun berilayotgan xonalar va binolarning Innovatsion markaz mablag‘lari hisobidan ta’mirlanishini tashkil qilsin hamda keyinchalik Innovatsion markazning “Edumedia Corporation” MChJ ustav fondidagi ulushini qilingan xarajatlar summasi miqdorida oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalar telekanalini yuqori malakali, ijodiy fikrlovchi va tashabbuskor mutaxassislar, shu jumladan bolalar pedagogikasi va psixologiyasi sohalarida amaliy tajribaga ega, xorijiy tillarni mukammal egallagan mutaxassislar bilan butlashda ko‘maklashsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Toshkent shahrining Mirobod tumani Yangi Zamon 3-tor ko‘chasidagi 1-uy manzilida joylashgan binoning muayyan qismini Innovatsion markazga hamda telekanalga tekin foydalanish huquqi asosida 2024-yil 1-iyulga qadar belgilangan tartibda joylashtirishni ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Telekanal Ijtimoiy himoya milliy agentligining buyurtmasiga ko‘ra oylik efir vaqtining 7 foiz qismiga ijtimoiy himoya sohasidagi hamda telekanal yo‘nalishiga zid bo‘lmagan boshqa ijtimoiy axborot hisoblanadigan roliklarni bepul joylashtirilishini ta’minlasin.
(51-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-iyundagi 350-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.06.2024-y., 09/24/350/0441-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan birgalikda ikki oy muddatda barcha mahalliy telekanallar orqali efirga uzatilayotgan kontentda O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga zid keladigan holatlarni aniqlash va oldini olish bo‘yicha muntazam monitoring qilish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi 2020-yil 1-sentabrgacha ilg‘or xalqaro tajribani hisobga olgan holda bolalar auditoriyasiga mo‘ljallangan ko‘rsatuvlarda reklama joylashtirishga oid cheklovlarni tizimli o‘rganish asosida ularni yumshatish, bolalar teleko‘rsatuvlarida voyaga yetmagan shaxslar tomonidan sotib olish yoki iste’mol qilish taqiqlanmagan tovar va xizmatlar reklamasini joylashtirishga ruxsat berish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi “Edumedia Corporation” MChJga belgilangan tartibda teledasturlarni tarqatish (translatsiya qilish) tarmoqlari xizmatlarini ko‘rsatishga litsenziya berish bo‘yicha zarur choralarni ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi va O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi bolalar telekanaliga berilgan Innovatsion markazning bino va xonalarida qurilish-montaj ishlari olib borilayotgan davrda bolalar telekanali vaqtincha faoliyatini boshlab, televizion dasturlarni uzatishi va translatsiya qilishi uchun markazni zarur texnik jihozlar bilan ta’minlash choralarini ko‘rsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.A. Musayev va O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vaziri A.V. Shin zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 27-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
518-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2020-y., 09/20/518/1617-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 25.06.2024-y., 09/24/350/0441-son)